Asosiy falsafiy muammolar va ularning o‘ziga xosligi Asosiy falsafiy muammolar Asosiy falsafiy yo‘nalishlar
Download 23.63 Kb.
|
FALSAFANING ASOSIY MUAMMOLARI
2. Falsafiy bilish metodlari
Falsafaning asosiy metodi (vositasi) nazariy tafakkur hisoblanadi. Falsafa na kimyoviy reaktivlarga, na mikroskop, na teleskop, na boshqa biror bir texnikaga ega emas; uning asosiy quroli - abstraksiya kuchidir. Falsafiy bilishda qo‘llanadigan vositalarning o‘ziga xosligi ham shu holat bilan bog‘liq. Falsafa Yangi davrga qadar o‘zining asosiy maqsadi hisoblangan keng nazariy xulosalari, umumlashtirishlari uchun yetarlicha faktologik va eksperimental bazaga7 ega emas edi. Shu bois falsafada naqd tajriba ma'lumotlarisiz tafakkurlashga imkon beruvchi nazariy fikr yuritishning asosiy usuli mushohada bo‘lib qolgan edi. Empirik bazasining sayozligi tufayli falsafiy mushohida ko‘pincha kuzatish va eksperimentning ilmiy aniqlangan dalillari bilan bog‘liq bo‘lmagan mantiqiy tuzilishga asoslangan. Falsafiy mushohida doirasida fikriy eksperiment, ekstrapolyasiya, idealizatsiya kabi usullar rivojlandi. Mushohada vositasida moddaning atom va molekulyar tuzilishi va uning o‘zidan o‘zi rivojlanishi to‘g‘risida muhim farazlar shakllandi. Falsafiy bilishning boshqa vositasi - intuitsiyadir. Uning bilishdagi ahamiyatini xitoy mutafakkiri Van Yanmin, fransuz faylasufi A.Bergson va boshqalar ta'kidlagan. Mantiqiy tuzilish hali o‘z-o‘zidan kashfiyotni ta'minlamaydi. Shunga bog‘lab, taniqli kanadalik faylasuf M.Bunge yozgan edi: «Faqat bitta grammatikaning o‘zi hyech kimni poema, garmonika nazariyasi esa - simfoniya yaratishga ilhomlantirmaganidek, mantiqning o‘zigina hyech kimni yangi g‘oyaga olib kela olmaydi. Mantiq, grammatika va musiqa nazariyasi bizga formal xatoliklar va muvofiq fikrlarni topish imkonini beradi, biroq ular bizni «tub mohiyat» («substansiya») - porloq g‘oyalar, yangi nuqtai nazar bilan ta'minlamaydi».8 Bunday g‘oya va nuqtai nazarlarni intuitsiya orqali hosil qilish mumkin. Falsafiy bilishning muhim vositasi bo‘lib, interpretatsiya (talqin, sharhlash) hisoblanadi. Falsafa muayaya fanlardan farq qilib, u bevosita narsalar, tuproq, o‘simlik, inson organizmi yoki yulduzlar bilan bog‘liq emas. U narsalar va narsalar to‘g‘risidagi bilim, talqin qilinadigan bilim bilan ish ko‘radi. Aynan interpretatsiya – matnni boshqacha o‘qish, ma'noni boshqacha tasavvur qilish, boshqacha so‘roqlash - falsafiy g‘oya va kashfiyotlarning asosi hisoblanadi. Download 23.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling