Korxona aylanma mablag’larining namunaviy to’zilmasi
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag’lari ishlab chiqarishning texnologik tashqil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlarning harakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizasiya qilish sharoitlari va shu kabilar bilan izohlanadi. Aylanma mablag’lar to’zilmasining tarmoqlar bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (3.1-jadval).
3.1-jadval
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
Aylanma fondlarning guruh va elementlari
|
Butun sanoat
|
Qora metallurgiya
|
Mashina-so’zlik
|
Energe-tika
|
Engil sanoat
|
Oziq-ovqat sanoati
|
1. Ishlab chiqarish zahiralari - jami
|
70,2
|
65,0
|
55,3
|
98,3
|
90,0
|
78,8
|
Jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
xom ashyo va asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar
|
46,2
|
23,8
|
37,5
|
-
|
76,7
|
52,2
|
Yordamchi materiallar
|
6,6
|
11,0
|
2,3
|
24,1
|
5,7
|
6,1
|
Yoqilg‘i
|
1,7
|
2,0
|
0,7
|
37,4
|
0,5
|
1,6
|
Ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar
|
3,9
|
11,0
|
2,0
|
23,0
|
1,7
|
2,0
|
Qadoqlash va o‘rov materiallari
|
3,0
|
0,5
|
0,6
|
0,3
|
1,2
|
11,3
|
Instrumentlar, xo‘jalik asboblari va qimmat bo‘lmagan, tez eskiruvchi boshqa predmetlar
|
9,8
|
16,7
|
12,2
|
19,5
|
3,2
|
5,6
|
2. Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar
|
24,0
|
18,3
|
42,2
|
0,5
|
9,8
|
19,5
|
3. Kelgusi davr harajatlari va boshqa mehnat predmetlari
|
5,8
|
16,7
|
2,5
|
1,2
|
0,2
|
1,7
|
Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Aylanma fondlar to’zilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o‘zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli hildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashqil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin.
Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va to’zilmasiga xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Yani korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag’larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo’lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag’larning tarkibi va to’zilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag’larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, yani pul - tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Do'stlaringiz bilan baham: |