Asosiy imlo qoidalarini joriy etish to`g`risida


Download 59.5 Kb.
Sana02.09.2020
Hajmi59.5 Kb.
#128293
Bog'liq
узбек тили100 тест


Узбек тили фанидан тест

1. O`zR Vazirlar Mahkamasining “Asosiy imlo qoidalarini joriy etish to`g`risida”gi qarori qachon qabul qilingan?

a) 1995-yil 24-avgust

b) 1995-yil 6-may

c) 1996-yil 1-sentabr

d) 1993-yil 2 sentabr

2. XV-XIX asrlarda xalqimiz foydalangan til qanday nomlanadi?

a) eski o`zbek tili

b) eski turkiy til

c) qadimgi turkiy til

d) hozirgi o`zbek ili

3. Turkiy tillar oilasiga nechta til kiradi?

a) 30 ga yaqin

b) 50 ga yaqin

c) 40 ga yaqin

d) 20 ga yaqin

4. Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklaridan biri bo`lgan asar nomini toping.

a) “Devonu lug`otit turk”

b) “Qutadg`u bilig”

c) Muhabbatnoma”

d) “Qissasi Rabg`uziy”

5. Qaysi yozuv turkiy runik yozuvi ham deb ataladi?

a) o`rxun yozuvi

b) so`g`d

c) uyg`ur, arab

d) hammasi

6. Alisher Navoiy asarlarida nechta so`zdan foydalangan?

a) 26 035 ta

b) 17 600 ta

c) 21 193 ta

d) 27 085 ta

7. Turkiy tillarni birinchi bo`lib kim tasnif qilgan?

a) Mahmud Koshg`ariy

b) Alisher Navoiy

c) Yusuf Xos Xojib

d) Mahmud Zamaxshariy

8. Hozir dunyoda eng keng tarqalgan yozuv qaysi?

a) lotin


b) kirill

c) ingliz

d) arab

9. O`zbek atamasi tarixda ilk bor qachon atoqli ot ma`nosida qo`llangan?



a) XII asrda

b) XI asrda

c) XIII asrda

d) XIV asrda

10.Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq qanday nutq hisoblanadi?

a) og`zaki nutq

b) yozma nutq

c) adabiy nutq

d) badiiy nutq

11. Harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq qanday nutq?

a) yozma nutq

b) og`zaki nutq

c) adabiy nutq

d) badiiy nutq

12. Qaysi so`zlarda egalik qo`shimchalari qo`shilsa, fonetik o`zgarish ro`y bermaydi?

a) orzu, qulun, huquq

b) burun, parvo, obro`

c) ko`ngil, o`rin, taroq

d) mavqe, obro`, burun

13. Ko`ngil, singlisi, kongress so`zlarining birinchi bo`g`ini qaysi qatorda to`g`ri izohlangan?

a) ko`ngil so`zida ochiq, singlisi, kongress so`zlarida yopiq bo`g`in

b) har uchala so`zning birinchi bo`g`ini ochiq bo`g`in

c) har uchala so`zning birinchi bo`g`ini yopiq bo`g`in

d) ko`ngil, singlisi so`zlarida ochiq, kongress so`zida yopiq bo`g`in

14. Berilgan so`zlarning qaysi birida birinchi bo`g`in ochiq bo`g`in hisoblanadi? 1) dengiz; 2) shtanga; 3) singlim; 4) ko`ngil.

a) 1, 4


b) 1, 2, 3, 4

c) 2, 3


d) 1, 3, 4

15. Sintaksisda nima o`rganiladi?

a) so`z birikmalari va ularning turlari, gap va gap turlari

b) so`z turkumlari

c) tinish belgilari

d) tovushlar

16.Qaysi so`zning yopiq bo`g`ini unli va jarangli undoshdan iborat?

a) iztirob

b) qadriyat

c) yoqimli

d) fazilat

17. Qator undoshli so`zlar berilgan javobni belgilang.

a) stol, do`st, daraxt

b) traktor, paxta, chaqqon

c) ikki, million, metall

d) paxta, nimcha, o`simlik

18. Faqat ochiq bo`g`inli so`zlarni toping.

a) g`o`za, baraka, ibora

b) arava, ashula, ilgari

c) ilova, olim, andisha

d) ijod, izza, rubob

19. To`g`ri yozilgan so`zlarni toping

a) hammasi to`g`ri

b) badiiy, tabiiy

c) taassurot, taajjub

d) muomala, muassasa

20. Qaysi qatorda so`zlar bo`g`inlarga to`g`ri ajratilgan?

a) de-ngiz, ko`-ngil

b) tang-lay, deng-iz

c) sin-gil, ko`n-gil

d) tong-gi, ten-gi

21. inkor bog`lovchi qatnashgan gapning kesimi qanday shaklda bo`ladi?

a) tasdiq shaklda

b) inkor shaklda

c) inkor va tasdiq shaklda

d) hammasi to`g`ri

22. Yozma nutqning harflar tizimini o`rganadigan tilshunoslik b`olimi …

a) grafika

b) fonetika

c) orfografiya

d) orfoepiya

23. Antonimlar berilgan qatorni toping

a) suyuq, quyuq, yirik, mayda

b) kech, xayr, tuz, kul

c) qarash, boqish, nazar, nigoh

d) bahs, tortishuv, munozara, mubohasa

24. Iliq so`zi qaysi so`z bilan qo`llansa o`z ma`nosida qo`llanadi?

a) ovqat


b) suhbat

c) muomala

d) gap

25. Uslubiy betaraf so`zlar qatorini belgilang.



a) yaxshi, qalam, ketdi

b) ildiz, kvadrat, neytron

c) tagcharm, qolip, poshna

d) alalxusus, azm, adil

26. “Ilonning yog`ini yalagan” iborasiga ma`nodosh bo`lgan so`zni toping.

a) mug`ombir

b) jahldor

c) sog`lom

d) sezgir

27. Qoida, sur`at, shoir, muomala so`zlari o`zbek tiliga qaysi tildan o`zlashgan?

a) arab tilidan

b) fors-tojik tilidan

c) rus tilidan

d) bu so`zlar o`zbekcha so`zlar hisoblanib, boshqa tildan o`zlashmagan

28. Baxt, donishmand, dazmol so`zlari o`zbek tiliga qaysi tildan o`zlashgan?

a) fors-tojik tilidan

b) arab tilidan

c) rus tilidan

d) bu so`zlar o`zbekcha so`zlar hisoblanib, boshqa tildan o`zlashmagan

29. Ma`lum bir geoegafik hududga atab qo`yilgan nomlar qanday nomlar hisoblanadi?

a) joy nomlari

b) shaxs nomlari

c) turdosh otlar

d) narsa-buyum otlari

30. Xato yozilgan so`zlarni toping.

a) kunga boqar, laylak qor

b) gulhamishabahor, asalari

c) Quyi Chirchiq, qo`larra

d) zebigardon, Uchariq

31. To`g`ri yozilgan so`zlarni toping.

a) Markaziy Osiyo, gulbeor

b) qorbo`ron, yer yong`oq

c) o`rin bosar, Qashqadaryo

d) laylak qor, qo`ltiqtumor

32. Yangi paydo b`olgan so`zlar qanday so`zlar hisoblanadi?

a) bir ma`noli

b) ko`p ma`noli

c) polisemantik

d) atamalar

33. Berilgan sinonim so`zlar orasidan dominant so`zni toping

a) gavdali

b) jussali

c) barvasta

d) barzangi

34. Mungli kuy yurakni tirnar edi. Ushbu gapda ma`no ko`chishining qaysi turi sodir bo`lgan?

a) metafora

b) metonimiya

c) sinekdoxa

d) kinoya

35. Ibora bilan ifodalangan egani toping

a) Uning oyoq olishi bizga yoqmadi

b) O`zbekiston Respublikasi bizning vatanimiz

c) Har kim bilganicha idrok etadi

d) Yolg`in so`z kishining qadrini tushuradi

36. Omonim so`zlar berilgan qatorni toping

a) yara, son, kul, soz, shim

b) do`st, o`rtoq, birodar, og`ayni

c) bosh, katta, kam, sog`, tez

d)yig`lamoq, shirin, go`zal, nam

37. Qanday so`zlarga paronim so`zlar deyiladi?

a) aytilishi bir-biriga yaqin, ammo ma`nosi har xil b`olgan so`zlar

b) shakli bir xil, ammo ma`nosi bir-biriga yaqin bo`lgan so`zlar

c) aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma`nosi har xil bo`lgan so`zlar

d) qarama-qarshi ma`noli so`zlar

38. Quyidagi hodisalarning qaysi biri faqat bir so`z turkumi doirasidagina vujudga keladi?

a) antonimlar

b) paronimlar

c) omonimlar

d) to`g`ri javob yo`q

39. So`z birikmasi berilgan qatorni toping

a) qalin qor

b) u o`qidi

c) olma, o`rik va shaftoli

d) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

40. Otli birikma qo`llangan qatorni aniqlang

a) havo bulut

b) kitobni o`qib

c) mahkam ishlab

d) barchasi

41. Qaysi qatordagi so`z birikmasida hokim so`z fe`lning ravishdosh shakli bilan ifodalangan?

a) maydonni qurshab

b) to`rtinchi fasl

c) kuyni tinglamoq

d) o`ziga ishonish

42. Hokim so`zi sifat bilan ifodalangan boshqaruvli so`z birikmasini toping

a) asal kabi shirin

b) kamalakdek egik

c) oydan-da go`zal

d) tovushdan tez

43. Quyidagilarning qaysi biri qaratqichli birikma hisoblanadi?

a) yigit husni

b) oltin soat

c) uzum yedi

d) yog`och ko`prik

44. Mavhum otni toping

a) dev


b) yer

c) olmazor

d) tugma

45. Shavkat eng oldin onasi bilan quchoqlashib xayr-xo`shlashdi. Ushbu gapdagi shaxs oti qanday sintaktik vazifada kelgan?

a) ega

b) aniqlovchi



c) to`ldiruvchi

d) hol


46. Tushum kelishigi shaklini olgan so`z doimo qanday fe`llarda bog`lanadi?

a) o`timli fe`llarga

b) o`timsiz fe`llarga

c) o`timli va o`timsiz fe`lga

d) fe`llarda umuman bog`lanmaydi

47. Qaysi kelishik qo`shimchasi fonetik qoida asosida yoziladi?

a) jo`nalish kelishigi

b) tushum kelishigi

c) o`rin-payt kelishigi

d) chiqish kelishigi

48. Tushum kelishigidagi so`zning sintaktik vazifasini toping

a) vositali to`ldiruvchi

b) vositasiz to`diruvchi

c) qaratqich aniqlovchi

d) ega

49. Kitob o`qidim birikmasida qaysi kelishik qatnashgan?



a) tushum kelishigi

b) qaratqich kelishigi

c) bosh kelishigi

d) chiqish kelishigi

50. Sintaktik usul bilan hosil qilingan ko`plikni toping.

a) ko`p odamlar, ancha yillar

b) uylar, binolar

c) do`stlar, uchta kitob

d) binolar, bir talay qizlar

51. Bir kuni Hakimbek kitob o`qib o`tirib, baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi. Ushbu gapdagi chiqish kelishigidagi ismning sintaktik vazifasini toping.

a) to`ldiruvchi

b) o`rin holi

c) sabab holi

d) ot kesim

52. Qo’shma otlar qatorini aniqlang.

a) qo’ziqorin, achchiqtosh, uchburchak

b) tustovuq, oy, quyosh

c) osh-posh, ko’z-po’z, aka-uka

d) bola, daftar, kitob

53. Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar...

a) turdosh otlar deyiladi

b) faoliyat-jarayon otlari deyiladi

c) shaxs otlari deyiladi

d) bunday ta’rif yo’q

54. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni belgilang.

a) -chi, -soz, -kor, -xon, -dosh, -boz, -vchi

b) ser-, ba-, be-, -no

c) -lik, -chilik, -gich, -gi, -k, -q, -oq

d) -zor, -loq, -iston, -goh, -xona

55. Shaxs otlari ishtirok etgan gapni aniqlang.

a) Eshikni ochishim bilan dadam qo’lidagi gazetasini, oyim supurgini tashlab menga qaradi.

b) Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini aniqlagandek, shavq bilan chopadi.

c) Mashinada kichkina sovutgich ham bor edi

d) Hayhotday hovli fayzsiz edi.

56. Narsa otlari yasovchi qo’shimchalarni aniqlang.

a) - gich (-qich, -kich), -gi (qi), -k, -q, -oq

b) -zor, -loq, -iston, -goh, -xona

c) - chi, -soz, -kor, -xon, -dosh, -boz

d) -(i)ndi, -ma, -don, -shunos, -paz

57. O’rin-joy otlari yasovchi qo’shimchalarni belgilang.

a) -zor, -loq, -iston, -goh, -xona

b) -chi, -soz, -kor, -xon, -dosh

c) -gich (-qich, -kich), -gi (qi), -k, -q, -oq

d) barchasi to’g’ri

58. Hokim so`z ot va otlashgan so`zlar bilan ifodalansa, qanday ataladi?

a) otli birikma

b) fe`lli birikma

c) so`z qo`shilmasi

d) ot-kesim

59. To`ldiruvchili birikmani toping

a) kitobdan ko`chirmoq

b) ikki yil

c) katta kuch

d) qishloqdagi binolar

60. Aniqlovchili birikma qatnashgan qatorni toping

a) katta kuch

b) otdan baland

c) ikki yil

d) qishloqdagi binolar

61. Kelishiklar yordamida birikish qanday so`z birikmasi uchun xos?

a) boshqaruv, moslashuv

b) boshqaruv, bitishuv

c) faqat boshqaruv

d) boshqaruv, bitishuv, moslashuv

62. Oddiy darajadagi sifatni toping.

a) xayolchan

b) eng baland

c) yam-yashil

d) dangasaroq

63. Dono, aqllilar hech qachon yo`ldan adashmaydi. Ushbu gapdagi sifatlar haqidagi to`g`ri hukmni toping.

a) hammasi to`g`ri

b) otlashgan

c) ko`plikda

d) ega vazifasini bajargan

64. Ushbu gapda sifat bajargan sintaktik vazifani toping. Kuy ta`sirida tog`lar avvalgidan azizroq va ulug`vorroq ko`rinib ketdi.

a) vaziyat holi

b) sifatlovchi-aniqlovchi

c) ega


d) kesim

65. Sifat kesim vazifasini bajargan gapni toping.

a) Yonbag`irlar ko`m-ko`k

b) Kech kirib, ajib bir so`lim payt boshlandi

c) Yo`lning bir tomoni azamat toshlar qalashgan yonbag`irlik, bir tomoni soy

d) Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg`oqqa sapchib oqardi

66. Naqadar go`zal jonivorlar bular. Ushbu gapdagi sifat darajasini aniqlang.

a) orttirma daraja

b) oddiy daraja

c) qiyosiy daraja

d) ozaytirma daraja

67. Ko`makchilar yordamida birikish so`z birikmasining qaysi turi uchun xos?

a) faqat boshqaruv

b) boshqaruv, bitishuv

c) boshqaruv, bitishuv

d) boshqaruv, bitishuv, moslashuv

68. Qaysi shakl so`zlashuv uslubiga xoslangan?

a) daftar varog`i

b) daftarning varog`i

c) bizning daftar

d) daftar varoq

69. Moslashuvli birikma qatnashgan qatorni toping

a) yurtimiz jamoli

b) choy quti

c) qiz bola

d) insonparvarlik yordami

70. O`zbekistonlik bolalar yelkasida millat yuki borligini sezishi kerak. Ushbu gapda nechta moslashuvli birikma bor?

a) 2 ta


b) 1 ta

c) 3 ta


d) moslashuv yo`q
Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling