Plazma metallurgiyasi - metall va krtishmalarni plazma gaz reaktorlari va plazma pechlarida olish hamda qayta ishlash, plazmali qizdirish usulidan foydalanish. 20-asr 50-yillaridan rivojlana boshlagan. Rudalar plazmada qayta ishlanadi; bunda ular yo plazma oqimiga kukun holida purkaladi yoki elektr oʻtkazuvchi material bilan aralashma hosil qiladi.
Plazma tezlatkichlar - tezligi 10– 103 km/s va undan yuqori boʻlgan plazma oqimi hosil qilish uchun ishlatiladigan qurilmalar. Ulardagi ionlarning kinetik energiyasi 10 eV dan 105—106 eV gacha yetadi. Energiyaning pastki chegarasida past temperaturali plazma generatorlari — plazmatronlarga, yuqori chegarada — zaryadlangan zarralar tezlatkichlariga oʻxshaydi.
|
Plazma (yun. plasma — shakllangan) — toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz holatigaoʻtishi sublimatsiya deb ataladi.
|
Poʻlatlar — temirning uglerodli qotishmalari, tarkibida 2,14 % dan kam uglerod boʻladi.
|
Progressiv texnologiya - bu texnologik innovatsiyalarni joriy etish natijasi bo'lgan rivojlanishning yuqori bosqichidagi texnologiya (mavjudiga nisbatan). Ushbu toifaga yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish usullari, shu jumladan ishlab chiqarishga joriy etilganda dastgoxlar, yaxshi amaliyotlarga asoslangan texnologiyalar kiradi.
|
Qattiq qotishmalar — yuqori (1000° dan yuqori) tragacha qizdirilganda oʻz qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli xillarga boʻlinadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |