Mikromanipulyator (mikro... va manipulyator) — maxsus asboblarning nozik va aniq harakatlarini mikroskop orqali amalga oshirishga, mas, toʻqimalarda murakkab amallar (operatsiyalar)ni bajarishga imkon beradigan asbob. Mikroskop va shtativlardan iborat.
Monokristall — kristall panjarasn tartibli, maʼlum simmetriyaga ega (toʻgʻri koʻp yoqli), anizotrop xossali bitta kristall. Koʻpchilik qattiq jismlarning M.dan farqi shundaki, ular mayda kristall va kristallitlardan tarkib topgan polikristallitlardir. M. maʼlum temperatura, bosim va kimyoviy tarkibli suyuq, qattiq, gazeimon moddadan hosil boʻladi (mas, flyuorit, ftorli litiy va boshqalar). M. olish uchun reaktiv toza boʻlishi, tashqi sharoit va temperatura oʻzgartirilmasdan saqlab turilishi kerak.
|
Monolit tuzilmalar — bu temir-beton va fibrobeton mahsulotlaridan tashkil topgan qurilish tuzilmalari boʻlib, ularning asosiy qismi, qurilish maydonida beton aralashmalari va temirlar yordamida, oldindan tayyorlangan qolip ga yoki koʻchmas joyga toʻgʻridan-toʻgʻri yotqizilishi orqali amalga oshiriladi.
|
Nano" prefiksi - (yunon tilidan. nanos - "mitti") biror narsaning milliarddan bir qismini anglatadi; nanometr metrning milliarddan bir qismidir
|
Nanokeramika — bu alohida zarrachalarni yuqori haroratda qizdirib yaxlitlash natijasida olingan noorganik metall boʻlmagan material. Bunday uzluksiz materialning tuzilishi bir-biri bilan aloqa qiladigan donalardan iborat boʻlib, oʻlchamlari bir dan bir necha yuz nanometrgacha.
|
Nanomaterial - bu mikroskopik, sun'iy ravishda sintez qilingan strukturaviy elementlarni o'z ichiga olgan material, ularning geometrik o'lchamlari kamida bitta o'lchovda 100 nm dan oshmaydi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |