Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi
Moliyaviy bozorlarning tarkibiy qismlari
Download 0.61 Mb.
|
Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul bozori
- 22. Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish.
- 23.Moliyaviy infratuzilma tarkibi
21. Moliyaviy bozorlarning tarkibiy qismlari.
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishini quyidagi tarkibiy qismlar birligi sifatida tasavvur qilish mumkin. Moliyaviy bozorlar : -pul bozori -kapital bozori -fond bozori -Valyuta bozori Moliya bozorining asosiy tarkibiy qismlari - pul bozorlari va kapital bozori. Shuning uchun moliya bozorining tuzilishi ushbu majburiy elementlardan boshlanadi. Pul bozori valyuta, buxgalteriya, banklararo bozorlardan iborat. Moliyaviy munosabatlarning ushbu komponentining o'ziga xos xususiyati unga qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan) kreditlarni jalb qilishdir. Kapital bozori uzoq muddatli investitsiya vositalaridan foydalanadigan tovar munosabatlari sohasi hisoblanadi. Ushbu munosabatlarda kapitalga bo'lgan talab va uning ta'minoti bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Moliya bozorining infratuzilmasi ushbu elementni kalitlardan biri sifatida ko'rib chiqadi. Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlar sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, qarz majburiyatlari (debt), aksiyalar (equity) va hosila qimmatli qog‘ozlar (derivatives) moliyaviy aktivlarning asosiy turlaridan bo‘lib hisoblanadi. Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma – firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari – tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda, qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat garovlari, shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Moliya bozori - turli moliyaviy vositalar uchun norasmiy yoki tashkiliy savdo tizimi. Ushbu bozor tizimida pul almashuvi, kreditlash va kapitalni jalb qilish jarayoni mavjud. Ushbu bozordagi asosiy rol egalari tomonidan vaqtinchalik qarzdorlarga pul oqimlarini yo'naltirish bilan shug'ullanadigan moliyaviy institutlarga beriladi. Tovarlarning roli o'z-o'zidan, shuningdek, qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladi. . Moliyaviy rejalar, odatda, miqdoriy modellarda aks ettiriladi. Bu modellar qisman yoki to‘liqligicha firmaning moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida yaratiladi. 22. Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish. Ҳозирги шароитдаги молиявий режалаштириш барча зарурий ҳаракатларни олдиндан кўзда тутишгина (кўра билишгина) эмас. Бу тегишли ишларни амалга ошириш жараёнида юзага чиқиши мумкин бўлганҳар қандай кутилмаган ҳолатларни кўра олиш қобилияти ҳамдир. Албатта, хўжалик юритувчи субъект ўз фаолиятидаги барча рискларга барҳам бераолмайди. Лекин у ана шу рискларни самарали олдиндан кўра билиш ёрдамида бошқариш имкониятига эга. Молиявий режалаштириш амалиётида қуйидаги асосий методлардан фойдаланиш мумкин: иқтисодий таҳлил методи; норматив метод; балансли ҳисоб-китоблар ва пул оқимлари методи; кўп вариантлилик методи; иқтисодий-математик моделлаштириш методи; ва бошқа методлар. Молиявий режалаштириш жараёнининг қуйидаги асосий босқичларини ажратиб кўрсатиш мумкин: хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятининг молиявий натижаларини тадқиқ этиш; оператив режаларнинг ўзгариши асосида молиявий ҳисоботларнинг башорат вариантларини ишлаб чиқиш; ўз режа топшириқларининг бажарилишини таъминлаш учун хўжалик юритувчи субъектнинг молиявий ресурсларга бўлган конкрет эҳтиёжларини аниқлаш; молиялаштириш манбалари (шу жумладан, ўз ва ташқи манбаларнинг) ва уларнинг таркибий тузилишини башоратлаш; хўжалик юритувчи субъектлар молиясини бошқаришнинг тизимини яратиш ва уни ушлаб туриш (қўллаб-қувватлаш); шакллантирилган режаларни оператив ўзгартириш тартибини (процедурасини) ишлаб чиқиш. Молиявий режалаштиришнинг икки тури бўлиши мумкин: стратегик молиявий режалаштириш; жорий молиявий режалаштириш. Talabni shakllantrish Muommolarni aniqlash Uzoq muddatli strategiyani ishab chiqsh O’rta muddatli strategiyani ishlab chiqish Moliyaviy rejalar midoriy modellarda aks ettirlganligi sababli,bu modellar qisman yoki to’liqligicha korxonaning moliyaviy xisobotlaridagi malumotlar asosida yaratildi. Moliyaviy rejalshtirihda eng oson usul keyingi yilga sotuv hajmi bo’yicha progno’z tuzish va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot hamda balansdagi qisimlarni ko’pchiligidagi qiymatlar o’tgan yil darajasida qolishini taxmin qilish kerak bunday usul sotuvdan foizlar usuli deb ataladi.
23.Moliyaviy infratuzilma tarkibi Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan qoida va qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bilan cheklanadi. Qonun statusi (maqomi)ga ega bo‘lgan va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma’lum aspektlarni cheklash uchun xizmat qiluvchi qoidalar mavjud. Ular orasida eng muhimlari har qanday turdagi tovlamachilikdan yuridik hamda jismoniy shaxslarni himoya qiluvchi va shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlovchi qonunlardir. Moliyaviy infratuzilma o‘z ichiga buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘mak-lashuvchi hisob-kliring tashkilotlarini; moliyaviy tizim qatnashchilari-ning o‘zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni oladi. Bir necha asrlar davomida jamiyatning tarixiy rivojlanish tadqiqoti bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aniqlashlariga ko‘ra, moliyaviy tizim infratuzilmasining evolyutsiyasi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish mexanizmini tushunish uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy tizimni tartibga soluvchi ba’zi funksiyalar xususiy kompaniyalarni birlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan, boshqalari esa davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik jihatdan davlat muassasalarining vakolatiga kiruvchi bu kabi alohida vazifalarni bajarish, ko‘pincha, xususiy sektor2 tashkilotlariga topshiriladi. Bunday tartib AQShda va shu kabi dunyoning boshqa davlatlarida qabul qilingan. Ba’zan bunday xususiy sektor tashkilotlari sifatida professional tor ixtisoslashgan assotsiatsiyalar, masalan, AQShdagi Moliya hisobi standartlari bo‘yicha kengash (FASB – Financial Accounting Standard Board); boshqa holatlarda – fond birjalari, uchinchidan – Xalqaro svop sotuvchilari assotsiatsiyasi (ISDA – International Swap Dealers Association)ga o‘xshagan savdo assotsiatsiyalari maydonga chiqadi. Davlat, iqtisodiyotning har qanday boshqa sohasidagi kabi, moliyaviy sohada ham ijobiy rol o‘ynashi va mamlakat iqtisodiy faoliyati samara-dorligining ortishiga imkon yaratishi mumkin. Biroq, muvaffaqiyatli davlat siyosati, asosan, davlatning moliyaviy masalalarga qay darajada aralashishi va uning qaysi chegaradan o‘tmasligi zarurligini to‘g‘ri aniqlash bilan bog‘liq. 24…Moliyaviy rezervlar – xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida. . xo’jalik yurituvchi subyektlarning taraqqiyotini belgilaydigan omillarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan potensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatining rezervlari sifatida maydonga chiqadi. Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi moliyaviy tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo‘yicha xo’jalik yurituvchi subyektning siyosati ishlab chiqiladi. qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom etayotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda investitsiyalar o‘sadi, xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari oshadi. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi juda kengdir. Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi yeng muhim rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir. Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish rezervlarining barcha ko‘rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir. Moliyaviy rezervlar xo’jalik yurituvchi subyekt iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling