Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi


Moliyaviy rezervlarni shakllantirish darajalari va omillari


Download 0.61 Mb.
bet11/14
Sana20.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1713030
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilma

Moliyaviy rezervlarni shakllantirish darajalari va omillari
Moliyaviy rezervlarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari orasida xo’jalik yurituvchi subyektning mol-mulkidan yanada samaraliroq foydalanishni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu yerda buning asosiy ko‘rsatkichi aktivlarning rentabelligi sanalib, uni quyidagicha hisoblash mumkin:R = (F : A) x 100, Bu yerda: R – aktivlarning rentabelligi; F – sof foyda; A– tahlil davridagi aktivlarning o‘rtacha o‘lchami.
25.... Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari
Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda uyushgan birjalar tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo operatsiyalarini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish maqsadida savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga mo‘l-jallangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar yuzasidan tuziladigan bitimlarni tartibga solish birjalardagi va birjalardan tashqaridagi oldi-sotdi bitimlariga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni hadya etish, meros qilib olishga, ustav fondiga kiritishga hamda ularning egasini o‘zgarishiga olib keladigan boshqa harakatlarni amalga oshirishga nisbatan qo‘llaniladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirishlariga ular tegishli litsenziyaga ega bo‘lsalar ruxsat etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiriladigan va ularning narxi, egasi, daromad keltirish darajasi o‘zgarishi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yuzasidan qilinadigan o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq har bir bitim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Fond birjalari, fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi savdolarida tuzilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar ular tomonidan tasdiqlangan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan qoidalarga asosan ro‘yxatga olinadi.
Birja savdolarini markazlashtirilgan tizimi qonunchilikda belgilangan tartibda fond birjalari va fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar tomonidan tashkil qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida (savdo tizimlarida) narxlar kotirovkasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalash fond birjalari tomonidan markazlashtirilgan tartibda, shuningdek, birjadan tashqari bozorda dilerlar tomonidan amalga oshiriladi.
Birja tovari – birja savdosi obyekti bo‘lib, uning sifatida turli standartlangan va sertifikatlangan tovarlar bo‘lishi mumkin, masalan, qimmatli qog‘ozlar, xomashyolar, mulk, kredit, valuta va h.k.
26... Rentabellik va uni oshirish yo‘llari
Xo’jalik yurituvchi subyektning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag‘larga yoki realizatsiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlaridan tez-tez foydalaniladi:
-sotuv (sotish) rentabelligi; -o‘zlik kapitalning rentabelligi;
-aylanma aktivlarning rentabelligi; - aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi;
investitsiyalarning rentabelligi.
Sotuv (sotish) rentabelligi xo’jalik yurituvchi subyekt sotuvi (sotishi)ning hajmida sof foydaning salmog‘ini ko‘rsatadi va uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
K = (SF: SH) x 100% Bu yerda: K – sotuv (sotish) rentabelligi;
SF – xo’jalik yurituvchi subyektning sof foydasi;
SH – xo’jalik yurituvchi subyektning sotuv (sotish) hajmi.
O‘z kapitalining rentabelligi xo’jalik yurituvchi subyektning egalari tomonidan investitsiya qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu ko‘rsatkich mablag‘larning boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarga, qimmatli qog‘ozlarga va depozitlarga qo‘yilishi imkoniyati bilan taqqoslanadi. Bu ko‘rsatkich kompaniyaning egalari tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektga joylashtirilgan har bir birlik sof foydaning qancha pul birligi “ishlaganligini” ko‘rsatadi va formula yordamida quyidagicha hisoblanadi:
K = (SF : O‘K) x 100%
Bu yerda: K – xo’jalik yurituvchi subyekt o‘z kapitalining rentabelligi;
SF – xo’jalik yurituvchi subyektning sof foydasi;
O‘K – xo’jalik yurituvchi subyektning o‘zlik kapitali.
Aylanma aktivlarning rentabelligi aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin:
K = SF: JA
Bu yerda: K–xo’jalik yurituvchi subyekt aylanma aktivlarining rentabelligi;
SF – xo’jalik yurituvchi subyektning sof foydasi;
JA – xo’jalik yurituvchi subyektning joriy (yillik o‘rtacha) aktivlari.
Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi ko‘rsatkichi kompaniyaning asosiy kapitaliga nisbatan xo’jalik yurituvchi subyektning etarli foyda hajmini ta’minlash qobiliyatini aks ettiradi.

27/28. VENCHUR KOMPANIYALARIGA KAPITAL QO‘YUVCHI FIRMALAR VA AKTIVLARNI BOSHQARUVCHI FIRMALAR
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firmalardir. Bunday yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.
“Venchur kapitalistlari” (ya’ni“venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu kabi firmalar, ko‘pincha, investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin
. 28. Startaplarni moliyalashtirish
Startaplarni moliyalashtirish innovatsion loyihalarni rivojlantirishning muhim bosqichi sanaladi, chunki hech qanday startap usiz “tug‘ilishi” va haqiqiy beshafqat biznes olamida omon qolishi mumkin emas.
Startapni moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Investorlar o‘z mablag‘larining eng daromadli investitsiya qilishdan manfaatdor, shuning uchun ularning ko‘pchiligi nafaqat dastlabki bosqichda, balki rivojlanish jarayonida ham istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi hollarda startaplarni moliyalashtirishdan maqsad ijtimoiy ahamiyatli faoliyat va umumiy farovonlikni oshirish sanaladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar davlat pul subsidiyalaridan ham foydalanadi. Xayriya – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir rag‘bat bo‘lib, bu grantlar va subsidiyalar shaklida mablag‘larni beg‘araz taqdim etish bilan bog‘liq.
Amaliyotda tadbirkorlarlik biznes loyihalariga investitsiya kiritishning ikki asosiy yondashuvi qo‘llanilmoqda. Birinchisi, startaplarni amalga oshirish uchun beg‘araz grantlarni to‘lashdan iborat. Bu holatda investorning manfaati nomaddiy yutuqda mujassamlashadi.
Startaplarni moliyalashtirishning investitsion fondlari va xususiy investorlar biznes-loyihaga o‘zlarining dastlabki qo‘yilmalaridan bo‘lg‘usi foyda olishga mo‘ljal oladi. Rossiyada startaplarni moliyalashtirishning ikkinchi yondashuvining mohiyati shundan iborat. Investorlar startap g‘oyasini amalga oshirish maqsadida o‘z mablag‘larini tadbirkorlarga o‘tkazib berish shartlarini kelishib oladi.
Mablag‘lar jalb qilishning yuqorida ko‘rsatilgan shakllari loyihani a.žmalga oshirishning har bir bosqichida turli moliyalashtirish manbalari mavjudligini nazarda tutadi. Asosiy investitsion agentlar ikki guruhga bo‘linadi:
1.Xususiy investitsion fondlar
2.Biznes farishtalari
Investitsiya fondlari. Xususiy investitsiya fondlari o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda daromad keltiradigan istiqbolli loyihalarga depozitlardan jalb qilingan aktivlarni investitsiyalashga ixtisoslashgan tashkilotlardir.
Biznes farishtalari xususiy investorlar sanaladi. Ular uchun startaplarni moliyalashtirish – investitsiya fondlari bilan bir xil – kelgusida foyda olish uchun o‘z aktivlarini daromadli ravishda joylashtirish imkoniyati.
29. Startapning rivojlanish bosqichlari
Startapning rivojlanish jarayonida 5 ta bosqich ajratiladi:
1.Ekish bosqichi yoki Pre-Seedstage. Ushbu bosqichda g‘oyalarni qidirish va uni ro‘yobga chiqarishning texnik usullarini ishlab chiqish sodir bo‘ladi. Tashabbus guruhi bozorni tahlil qiladi, biznes-rejani yozadi, texnik topshiriqni shakllantiradi. Undan so‘ng mahsulot prototipini yaratish, uning versiyasini sinab ko‘rish, talabni o‘rganish va moliyalashtirish manbalarini izlash amalga oshiriladi. Agar investor topilmasa, loyiha “so‘nib qoladi”. Afsuski, aksariyat startaplar aynan shunday qismatga duchor bo‘ladi.
2.Ishga tushirish yoki StartupStage. Shunday qilib, investor topildi: mahsulotni bozorga chiqarish mumkin. Bozor sharoitida mahsulot o‘xshash mahsulotlardan ustunligi va afzalligini isbotlashi kerak. Ammo bu bosqichda raqiblarni dog‘da qoldirish unchalik ham oson emas. Startap yaratuvchilari qat’iyatli bo‘lishi, ijodiy fikrlashi va ishbilarmonlik namoyon etishi kerak. Aynan shu jarayonda loyiha eng katta tavakkalchilikka uchraydi. Agar maqsadli auditoriya befarq bo‘lib qolsa, bu hikoyaga shu erda xotima yasaladi.
3.O‘sish yoki GrowthStage. Faraz qilaylik, loyiha raqobat kurashida omon qoldi. Mahsulotga talab yuqori va u ishlab chiqaruvchilar mo‘ljal olgan bozorni asta- sekin egallab olmoqda. Demak, zararsizlik nuqtasiga chiqish va investorlarga qandaydir foyda keltiradigan vaqt kelgan.
4.Kengayish yoki ExpansionStage. Biznes-rejada aks ettirilgan maqsadlarga nihoyat erishildi. Biroq ishlab chiquvchi-kompaniya bu bilan to‘xtab qolmaydi – u o‘z “farzandi”ni yangi bozorlarga ilgari surishni davom ettiradi. Uning pozitsiyasiga endi hech narsa tahdid solmaydi: uni tanishadi, mahsulotlari uchun barqaror talab mavjud, daromadlari esa tobora o‘sib bormoqda.
5.Chiqish yoki ExitStage. Kompaniya o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishgach, loyihani moliyalashtirgan investorlar bu biznesda o‘z ulushlaridan voz kechadi va uni yanada yirik o‘yinchilarga sotib yuborishadi. Bu tadbir ularga yaxshi foyda keltiradi. Aytish joizki, aynan shu lahza uchun ham ular istiqbolli tashabbuslarga mablag‘ joylashtirishadi. Umuman olganda, ayrim investorlar o‘z ulushlarini saqlab qolishi va undan doimiy daromad manbai sifatida foydalanishi ham mumkin.
Startap investorlar va ishlab chiquvchilar uchun nimasi bilan qiziqarli?

29.STARTAP TUSHUNCHASI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Startap” so‘zi inglizcha startup – “startap” tushunchasidan kelib chiqadi va u endigina yaratilgan yoki hali yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi.
Bunda o‘sha kompaniyaning rivojlantirish va ilgari surish lozim bo‘lgan qandaydir biznes g‘oyasi mavjudligi, ammo uning yaratuvchilari hozircha bozor tadqiqotlari va uni amalga oshirish uchun mablag‘ qidirish bilan bandligi nazarda tutiladi.
Ba’zan iste’molchilarga innovatsion tovar va xizmatlarni taklif qilmoqchi, ammo hozirda mutanosib biznes-texnologiyalar va moliyaviy ko‘mak izlash jarayonida bo‘lgan kompaniyalar startaplar deb ataladi. Bunday kompaniyalarning kelajagi ancha mavhum ko‘rinadi.
Faoliyat sohasidan qat’i nazar, har qanday kompaniya startap deb hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, Internet-biznes va “aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi.
“Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina korxonaga asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani yuksak istiqbol kutib turgan ekan Ayni paytda bu kompaniya bizga Hewlett-Packard yoki HP nomi bilan ma’lum-u mashhurdir.
Misol tariqasida Eng mashhur va muvaffaqiyatli startaplar sifatida videofayllar xostingi Youtube, «xalq entsiklopediyasi» – Vikipediya (hech bir bahs-munozara unga murojaatsiz kechmaydi), shuningdek, eng yirik ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va Vkontaktetilga olinadi.
Startaplarning eng yorqin misollari – bu xalqaro miqyosda dovrug‘ qozongan IT- korporatsiyalar: Microsoft, Apple, Google. Ushbu gigantlarning tarixi, chindan ham, mo‘’jaz narsadan – aynan esa, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga ishtiyoqmand bo‘lgan bir qancha hamfikrlarning kichik guruhidan boshlangan. Sezib turganingizdek, startap – ancha mavhum tushuncha. Shuning uchun uningtan olingan xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish joiz:

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling