Nazorat savollari
1. Kapital bahosi nima?
2. Kapital bahosi qanday aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi omillarni izohlang.
3. Qarz mablagʻlari orqali moliyalashtirishda kapital bahosini aniqlash tartibini izohlab bera olasizmi?
Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat
muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu
davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o’zgarib turadi. Asosiy
kapital tarixiy (to’liq boshlang’ich), joriy (qayta baholangan qiymati – shu
paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish
qiymati, balans (aralash) qiymati, o’zgarmas baholardagi qiymati va boshqa
usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning
hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa
tortishda va milliy boylik hajmini hisoblashda o’z funktsiyasi mavjuddir. To’liq boshlang’ich qiymat – bu asosiy kapital ob’ektining korxona sotib
olish xarajatlari, tashib keltirish va montaj xarajatlarini o’z ichiga oluvchi
qiymatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |