Asosiy kapitalni baholash


Download 44.66 Kb.
bet3/14
Sana02.01.2022
Hajmi44.66 Kb.
#192040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kapita tarkibi va bahosi 11

To’liq balans qiymat – asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan 
qiymati. Bunda so’nggi o’tkazilgan qayta baholash paytigacha mavjud asosiy 
kapital to’liq tiklash qiymat bo’yicha, undan so’ng kiritilgan asosiy kapital to’liq 
boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi. 
Asosiy kapitalni – milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon 
amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati) dagi qoldiq qiymati ko’rsatkichidan 
foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni o’zgarishi tezligi va 
amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to’g’ri 
keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish 
imkoniyatini bermaydi. 
Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati – bu asosiy 
kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta 
baholash ikki usulda amalga oshiriladi:  
1) indekslar (YaIM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o’rtacha indeks, 
asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo’yicha indeks, deflyator) yordamida; 
2) to’g’ridan-to’g’ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usulda. 
O’zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo’yicha) ning 
eskirishi darajasiga ko’ra “koeffitsientlar” – indekslar yordamida amalga oshirildi.  
Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq 
strukturasi ham o’zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq 
qiymatning to’liq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o’zgaradi. Demak asosiy 
fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to’liq qiymatini o’zgartirishi bilan 
birga qoldiq qiymatini turli tarzda o’zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga 
ta’sir etmasdan qolmaydi. 
Oldin ta’kidlaganimizdek, mamlakatda qo’llaniladigan amortizatsiya siyosati 
ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va uorqali fizik kapital hajmiga 
ta’sir etadi. 

Bu yoki boshqa korxona qanchalik barqaror yoki beqaror bo'lsa, kompaniya qarzga olingan mablag'larga qanchalik bog'liqligini bilib, qo'shimcha kapitalni to'lamaslik yoki jarimani to'lamaslik yoki o'z vaqtida to'lanmagan qarzni to'lamaslik xavfisiz o'z kapitalini erkin boshqarishi mumkin.

Ushbu ma'lumot birinchi navbatda korxonaning pudratchilari (xom ashyo etkazib beruvchilar va mahsulot (ishlar, xizmatlar) iste'molchilari) uchun muhimdir. Ular uchun ular ishlayotgan korxonaning uzluksiz jarayonining moliyaviy xavfsizligi qanchalik kuchli ekanligi muhimdir.

Korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash modellaridan biri sifatida quyidagilarni ajratish mumkin.


Download 44.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling