Asosiy konstruksiyalar. O‘zgaruvchilar. Operatorlar. Funksiyalar. Reja
Download 29.58 Kb.
|
Asosiy konstruksiyalar. O‘zgaruvchilar. Operatorlar. Funksiyalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik amallar.
Ma’lumotlarning xaqiqiy son turi. Ma’lumotlarning xaqiqiy son turi olti qismdan iborat bo‘lishi mumkin: butun qism, nuqta, kasr qism, e yoki E belgisi, o‘nlik daraja, F yoki f suffikslari.
Masalan : 66. .0 .12 3.14F 1.12e-12 Ma’lumolarning uzun xaqiqiy son turi : Oxiriga L yoki l suffikslari kuyilgan xaqiqiy son. Masalan: 2E+6L; Mantiqiy konstanta. Mantiqiy konstantalar true(rost) va false(yolg‘on) qiymatlardan iborat. Ichki ko‘rinishi false – 0, ixtiyoriy boshqa qiymat true deb qaraladi. Satrli konstanta. Satrli konstantalar C++ tili konstantalariga kirmaydi, balki leksemalari aloxida tipi hisoblanadi. SHuning uchun adabiyotda satrli konstantalar satrli leksemalar deb ham ataladi.. Satrli konstanta bu ikkilik qavslarga olingan ixtiyoriy simvollar ketma ketligidir. Misol uchun "Men satrli konstantaman". Satrlar orasiga eskeyp simvollar ham kirishi mumkin. Bu simvollar oldiga \ belgisi qo‘yiladi. Misol uchun: "\n Bu satr \n uch katorga \n joylashadi". Satr simvollari xotirada ketma ket joylashtiriladi va har bir satrli konstanta oxiriga avtomatik ravishda kompilyator tomonidan '\0' simvoli qo‘shiladi. SHunday satrning xotiradagi xajmi simvollar soni+1 baytga tengdir. Ketma-ket kelgan va bo‘shliq, tabulyasiya yoki satr oxiri belgisi bilan ajratilgan satrlar kompilyasiya davrida bitta satrga aylantiriladi. O‘zlashtirish amali. O‘zlashtirish amali (=) o‘zidan chap tomonda turgan operand qiymatini tenglik belgisidan o‘ng tomondagilarni hisoblangan qiymatiga almashtiradi. Masalan, x = a+b; ifodasi x operandga a va v o‘zgaruvchilarni qiymatlarini qo‘shishdan hosil bo‘lgan natijani o‘zlashtiradi. Matematik amallar. C++ tilida 5 ta asosiy matematik amallar qo‘llaniladi: qo‘shish (+), ayirish (-), ko‘paytirish (*), butun songa bo‘lish (/) va modul bo‘yicha bo‘lish (%)(qoldiqni olish). Amallar odatda unar ya’ni bitta operandga qo‘llaniladigan amallarga va binar ya’ni ikki operandga qo‘llaniladigan amallarga ajratiladi. Binar amallar additiv ya’ni + qo‘shish va – ayirish amallariga, hamda mulьtiplikativ ya’ni * ko‘paytirish, / bo‘lish va % modulь olish amallariga ajratiladi. Butun songa bo‘lish odatdagi bo‘lishdan farq qiladi. Butun songa bo‘lishdan hosil bo‘lgan bo‘linmaning faqatgina butun qismi olinadi. Butun sonni butun songa bo‘lganda natija butun songacha yaxlitlanadi. Misol uchun 20/3=6; (-20)/3=-6; 20/(-3)=-6. Inkrement va dekrement. Dasturlarda o‘zgaruvchiga 1 ni qo‘shish va ayirish amallari juda ko‘p hollarda uchraydi. C++ tilida qiymatni 1 ga oshirish inkrement, 1 ga kamaytirish esa dekrement deyiladi. Bu amallar uchun maxsus operatorlar mavjuddir. Inkrement operatori (++) o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga oshiradi, dekrement operatori (––) esa o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga kamaytiradi. Masalan, s o‘zgaruvchisiga 1 qiymatni qo‘shmoqchi bo‘lsak quyidagi ifodani yozishimiz lozim. C++ //s o‘zgaruvchi qiymatini 1 ga oshirdik. Bu ifodani quyidagicha yozishimiz mumkin edi. s=s+1; Bu ifoda o‘z navbatida quyidagi ifodaga teng kuchli: s+=1; Download 29.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling