Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
Download 1.46 Mb.
|
asosiy makroiqdisodiy ayniyatlar
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlarMilliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma'lum proporsiyalar yoki tenglik ta'minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste'mol va milliy jamg‘arishga bo‘linishini misol qilib keltirish mumkin.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo‘lishi uchun ayrim ko‘rsatkichlarning aynan teng bo‘lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi. Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblangan YaIM ko‘rsatkichlarining o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi. Y= C+ I + G + Xn Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investisiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi tenglik hisoblanadi. Investisiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir.
Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling