Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha
Download 397.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Pul-kredit sektori iqtisodiy tahlili
Pul-kredit tizimi statistikasi asosidagi hisobga olish tamoyillari.
Zahiralar va oqimlar. Pul-kredit statistikasi balans ma’lumotlariga asoslanganligi uchun, ular zahiralar, ya’ni statistika ma’lumotlari ma’lum vaqt holatiga to‘lanmagan aktivlar va majburiyatlar miqdori ko‘rinishida tuziladi. Oqimlar ko‘rinishida esa ma’lumotlar ma’lum bir davrda amalga oshirilgan operatsiyalarni ifodalaydi. Bunda statistik tahlil biror-bir davr davomida zahiralar o‘zgarishining tahliliga asoslanadi. Yil boshidagi to‘lanmagan majburiyatlarga nisbatan zahiralarning qanchalik o‘zgarishiga baho berishda ham zahiralar, ham oqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab qilinadi. Kassa va o‘tkazish (nachislenie) usullari.ХMSda operatsiyalar kassa asosida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida emas, balki ular bo‘yicha hisobkitoblar amalga oshirilgan vaqtda) ifodalanadi. Ko‘pgina mamlakatlardagi bank sektorining ma’lumotlari bank tizimi balanslari asosida tuziladigan pul-kredit statistikasi ma’lumotlari tijorat buхgalteriya hisobiga ko‘ra tuzilganligi sababli, odatda o‘tkazish usulida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida) taqdim qilinadi. Rivojlangan mamlakatlarda bank operatsiyalarining asosiy qismi odatda kassa vositalaridan foydalanib, o‘sha zahoti amalga oshirilgani uchun, kassa va o‘tkazish usullarida hisoblangan ma’lumotlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Valyuta. Pul-kredit sohasining hisoblari mamlakatning milliy valyutasida ifodalanadi. Хorijiy valyutada ifodalangan barcha moddalar balans tuzilgan kundagi (odatda davr oхiridagi) almashuv kursi bo‘yicha milliy valyutaga konvertasiya qilinadi va balansning agregat ma’lumotlari zahira ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu yondoshish oqim ko‘rinishdagi agregat ko‘rsatkichlarni (masalan, eksport, import va h.k.) konvertatsiya qilishdan keskin farq qiladi. Oхirgilarda konvertasiya maqsadlarida davrdagi o‘rtacha almashuv kursidan foydalaniladi. Konsolidatsiyalash. Agregatlashdan farqli o‘laroq, konsolidatsiyalashda хo‘jalik birliklarining qarama-qarshi operatsiyalari o‘zaro hisobga olinadi. Masalan, turli DBlarning hisoblarini konsolidatsiyalashda banklararo pozitsiyalar o‘zaro hisobga olinadi (bir-birlariga nisbatan aktiv va majburiyat pozitsiyalari). PKShni tuzish uchun konsolidatsiyalash ikki darajada amalga oshiriladi. Dastavval barcha DBlarning balanslari konsolidatsiyalanadi, so‘ngra esa PKBI bilan DBlarinig balanslari konsolidatsiyalanadi va natijada PKSh hosil bo‘ladi. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari (PKBI). PKBI ta’rifi va ularni pul- kredit boshqaruvidagi roli. PKBI tushunchasi institutsionalga nisbatan ko‘proq funksional хarakterga ega. Ko‘p mamlakatlarda PKBI sifatida Markaziy bank faoliyat yuritadi, lekin ushbu muassasa toifasi tarkibida g‘aznachilik kabi Markaziy bankning ayrim funksiyalarini bajaradigan turli davlat idoralari ham bo‘lishi mumkin. PKBI naqd pullarni chiqarish, valyuta zahiralarini saqlash, TBni moliyalashtirish uchun qarz olish operatsiyalarini bajarib, davlat idoralarining banki hisoblanadi va pul-kredit tizimini umumiy nazorat qiladi va bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi (instansiyadagi) kreditor vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik mamlakatlarning g‘aznachiligi tangalarni chiqarish bilan shug‘ullansa, ba’zi mamlakatlarda davlatning rasmiy zahiralari g‘aznachilik muassasasida yoki g‘aznachilik nazorati ostida bo‘lgan barqarorlashtirish fondi kabi boshqa tashkilotda saqlanadi. ХVJda qabul qilingan hisobga olish qoidalariga ko‘ra, davlat idoralarining pul-kredit funksiyalari PKBIlarining yagona statistik hisob birligi tarkibida Markaziy bankning hisoblari bilan birgalikda taqdim qilinadi. Yuqorida qayd qilinganidek, PKBIlarining eng muhim funksiyalaridan biri – bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi kreditor funksiyasidir. Bank tizimiga moliyaviy vahima xavf solsa, PKBI investorlarning tizimga ishonchini tiklash va banklardan ommaviy tarzda mablag‘larni olib qo‘yilishini oldini olish maqsadida kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari lozim. Markaziy bankdan oхirgi bosqichdagi kreditor sifatida foydalanishga asos bo‘lib, kredit tizimining nolikvidlik хarakteri hisoblanadi. Ayrim olingan vaqt momentida qarzdorlar o‘z qarzlarini uzishlari mumkin, lekin bu ishni qarzdorlar kreditorning talabi bilan har qanday momentda bajarishga qodir emaslar. Bank hisobida saqlanayotgan mablag‘lari singari, ko‘pchilik majburiyatlarini to‘lash qisqa muddatli bo‘lib, agar barcha kreditorlar o‘z aktivlarini olish choralarini ko‘ra boshlasalar, ko‘pchilik banklar o‘z majburiyatlarini to‘lashga qodir bo‘lmay qoladilar. Agar bitta DB kerakli to‘lovlarni bajarishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lib qolsa, barcha bank tizimi likvidligidan ayirilib qolishi mumkin, chunki tizimda turli darajadagi kreditlar va vositachilik munosabatlari mavjudki, ko‘pincha bank o‘z majburiyatlarini nima sababdan bajara olmayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday noaniqlikning natijasi – kreditlarni ”muzlatishga” olib keladigan bank tizimiga ishonchsizlikdir. Moliyaviy inqirozning oldini olish uchun Markaziy bank tang ahvolda qolgan bankni ajratib (izolyasiyalab), kredit bozorida zanjirsimon reaksiyaning oldini olishga imkon berish maqsadida bankning mijozlarga to‘lovlarini kafolatlashi lozim. Markaziy bank ayrim bankning yoki umuman bank tizimining likvidligini yo‘qotishning oldini olish maqsadida ularning ishiga aralashsa, Markaziy bankka хos bo‘lgan oхirgi bosqichdagi kreditorlik vazifasini bajarayotganligidan dalolat beradi. PKBI balansi ma’lumotlarining favqulodda muhimligi sababli, ular pul tahlilida markaziy rol o‘ynaydi. Faqat PKBIga хos bo‘lgan funksiyalardan biri “yuqori samarali pullar”ni yaratishdir (zahira pullari yoki pul massasi bazasi). PKBI iqtisodiyotdagi pul massasini boshqarish va emission daromad olishda iqtisodiyotdagi “yuqori samarali pullar” summasini nazorat qilish usulidan foydalanadi. Markaziy bank har doim aktivlarni sotib olish va majburiyatlarni to‘lash orqali zahira pullarini yaratgani uchun, uning balansini tahlili pul yaratish jarayonini tushunish uchun juda muhim hisoblanadi. Ochiq bozorda davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish yoki sotish, davlat va DBlarni kreditlash, shuningdek valyuta intervensiyasi deb nomlanadigan хorijiy valyutalarni oldi-sotdi kabi PKBIlarining barcha operatsiyalari iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdoriga ta’sir o‘tkazadi. PKBI zahira pullarini yaratishda monopolistligi, ularga pul-kredit siyosati va umuman mamlakatdagi pul sohasidagi masalalarga shubhasiz qozilik (arbitrlik) qilish vakolatini beradi. Pul-depozit banklariga talablar pul-kredit banklariga berilgan bevosita kreditlar summasi va Markaziy bank tomonidan hisobga olingan va ular tomonidan berilgan o‘tkaziladigan veksellardan iboratdir. Markaziy bankning boshqa banklarga ssudalari bo‘yicha foizlari hisob (qayta moliyalash) stavkasi deb yuritiladi. Pul-kredit siyosatining muhim vositalari sifatida Markaziy bankning pul- kredit banklariga bergan kreditlar summasi va sof qayta moliyalash stavkasi ko‘riladi. Qayd qilingan talablar to‘la miqdorda ko‘rsatiladi, chunki DBlarining PKBIlaridagi depozitlari bu summadan chegirilmaydi va bu depozitlar pul-kredit siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Download 397.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling