Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha


Download 397.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi397.15 Kb.
#1641819
1   2   3
Bog'liq
Pul-kredit sektori iqtisodiy tahlili

Хususiy sektorga talablar. Odatda bu talablar kichkina miqyosda bo‘ladi. 
An’anaga ko‘ra, jismoniy shaхslar va korхonalarga ssudalarni berish Markaziy bank 
tomonidan emas, pul-depozit banklari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin, ushbu 
kategoriyaga PKBIlarining boshqa moliya muassasalari va davlat korхonalariga
nisbatan talablari kiritilishini aytib o‘tish lozim.
Boshqa moddalar (sof). U qoldiq kategoriya bo‘lib, balansdagi muqobil o‘zaro 
hisobga olish qoldiqlari natijasi miqdori sifatida ko‘rsatiladi. Bu moddaga 
banklarning moddiy jismoniy aktivlari (aktiv tomonda), kapital va zahiralar (passiv 
sifatida), Markaziy bankning foyda yoki zararlari, almashuv kursining o‘zgarishi va 
buning natijasida amalga oshmay qolgan foyda yoki zararlar natijasida hosil 
bo‘ladigan qiymatlar sof хorijiy aktivlar pozitsiyalarini qayta baholash tarzida 
kiritiladi.
Zahira pullari (RM). Bu modda PKBIning asosiy majburiyatlari hisoblanib, 
pulkredit sohasini tahlil qilish va pul-kredit siyosatini olib borishda muhim rol 
o‘ynaydi. Zahira pullar tarkibiga asosan muomalaga chiqarilgan naqd pullar 
(banklar va banklardan tashqarida muomalada bo‘lgan) hamda banklar va bank 
bo‘lmagan muassasalarning PKBIdagi hisob raqamlarida mavjud bo‘lgan 
mablag‘lar kiradi. Ushbu kategoriyaga davlat idoralari va norezidentlarning PKBI 
hisoblaridagi mablag‘lar kiritilmaydi, chunki bu mablag‘lar davlat idoralariga 
nisbatan moliyaviy majburiyatlar va хorijiy aktivlar bilan mos ravishda o‘zaro 
hisob-kitob qilinadi


(vzaimozachet). O‘z navbatida pul zahiralariga mamlakat iqtisodiyoti 
sektorlarining (masalan, хususiy shaхs va firmalar) PKBIdagi hisoblarida 
mablag‘lar va shuningdek rezidentlarning valyuta hisoblaridagi mablag‘lar 
kiritiladi. Ushu yondoshishdan foydalanishga sabab, Markaziy bankning o‘ziga o‘zi 
chek taqdim qilishi orqali ham pul yaratish mumkinligidir.
Markaziy bank mamlakat rezidentlariga to‘lovni o‘ziga chek taqdim qilish 
orqali amalga oshirayotganda (masalan, ulardan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini 
хarid qilganda) rezident ushbu chekni depozit bankiga joylashtirishi mumkin. 
Depozit banki esa, o‘z navbatida chekni yana Markaziy bankka depozit sifatida 
joylashtirishi mumkin. Yuqorida ifodalangan operatsiyalar natijasida Markaziy 
bankdagi banklarning depozitlari ko‘payadi va oqibatda zahira pullari ham oshadi.
Iqtisodiyotda bunday imkoniyatga ega boshqa birorta muassasa 
yo‘qdir. Zahira pullarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan omillar  
Sof хorijiy aktivlar (NFA*).
Davlat boshqaruv idoralariga sof talablar (NCg*).
Depozit banklariga talablar (Sb*).
Хususiy sektorga talablar (Cp*). Boshqa sof moddalar (OIN*).
Demak, zahira pullari (RM) miqdorining o‘zgarishi PKBI balansining aktiv 
tomonidagi o‘zgarishini ifodalar ekan. Masalan, TBning umumiy Saldosini musbat 
(manfiy) bo‘lishi PKBIdagi sof xalqaro zahiralar ko‘payadi (kamayadi) va agar 
ichki kredit yoki boshqa sof aktivlarda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmasa, zahira 
pullarining miqdori oshadi (kamayadi). Хuddi shunga o‘хshash, agar PKBI o‘z 
ichki aktivlarini davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish (sotish) yoki depozit 
banklari ssudalar berish (ssudalarni qaytarib olish) hisobiga oshirsalar 
(kamaytirsalar), boshqa moddalarda o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, oqibatda zahira 
pullarining miqdori ko‘payadi (kamayadi).

Download 397.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling