Asosiy ma’lumotlar Reja
Yaponiya mamlakati turizmini tahlili
Download 74.43 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval.-7.4. Yaponiyaga xorijiy davlatlardan kelgan turistlar top o’ntaligi.
7.4. Yaponiya mamlakati turizmini tahlili
Yaponiya (yaponcha Nippon, Nihon, yaponiyaliklar o’z yurtlarini «Nixon» deb ataydilar, bu so’z ikki ieroglifdan tashkil topgan bo’lib, «Ni» quyosh va «Xon» ildiz, tomir so’zlari birikmasining ma’nosi «quyosh tomiri» demakdir. Odatda bu davlatni «Kun chiqar mamlakat» deb ham ataydilar.) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu. Shimoldan Oxota dengizi, sharq va janubiy - sharqdan Tinch okean, g’arbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan o’ralgan. Poytaxti - Tokio shahri, Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga bo’linadi. Yaponiya hududida 6.8 mingga yaqin orol bo’lib, shimoliy sharqdan janubiy g’arbga qariyb 3,5 ming km ga cho’zilgan. Yaponiya mo’tadil subtropik va tropik iqlim mintqalarida joylashgan, hududining 3/4 qismi qir va tog’lardan iborat. Yaponiyaning go’zal tabiat manzaralari va u yerda joylashgan turistik maskanlar har qanday xorijiy sayohatchilarni o’ziga jalb etadi. Maydoni – 377.9 ming kv. km., aholisi - 125,9 mln. kishi (2020 - yil), tili - yapon, dini - sintoizm va buddizm, konfutsiylik va daosizm, pul birligi - iena. Mamlakatning asosiy orollari ulkan muhandislik inshootlari ya’ni suv osti tunellar va ko’priklar orqali o’zaro bog’langan. Yirik shaharlari: Tokio, Osaka, Iyokogama, Nagoya, Kobe, Kioto, Sapporo, Fukuoka. Milliy bayrami - 23 dekabr - imperator tug’ilgan kun (1933 - yil). Tarixda bu mamlakat uzoq vaqt izolyatsiyada bo’lgan – 1641 yildan 1853 yilgacha xorijliklar uchun yopiq bo’lgan. Hozirgi Yaponiya esa birinchi navbatda – super zamonaviy Tokio, go’zal provinsiyalar, Fudzi tog’ining qorli tepasi, Sakura gullari, Okenavaning plyajlari, Sintoizmning tarixiy yodgorliklaridir. Ikkinchi jahon urushidan qattiq siyosiy va iqtisodiy talofat ko’rgan, hatto taslim bo’lishdek og’ir musibatni boshidan kechirgan Yaponiya bir avlod umri davomida sanoat hamda ilmiy-texnika rivojida dunyoda eng taraqqiy etgan mamlakat darajasiga ko’tarila oldiki, «Yaponiya mo’jizasi» jahondagi barcha olimlar, iqtisodchilar, sotsiologlarni hayratga soldi. Ayniqsa sanoatning va xizmat ko’rsatish sohalarining nihoyatda tez o’sish sur’atlari, jahonda bo’layotgan o’zgarishlarga tezlik bilan moslashuvchanlik, horijdagi ilg’or tajribalarni nihoyatda ustalik bilan ijodiy qabul qilish va yanada rivojlantirish borasidagi nodir qobilyat yaponiyaliklarga xos xususiyatdir. Aynan shu bois u qisqa vaqt ichida iqtisodiy jihatdan jahonda AQShdan keyin ikkinchi davlatga aylandi. Hozirgi paytda Yaponiyada yuqori texnologiyalar (elektronika, robototexnika) kuchli rivojlangan. Bundan tashqari, avtomobilsozlik va kemasozlik ham yaxshi rivojlangan. Uzoq vaqt davomida Yaponiya turizmda ancha orqada edi. Ammo, yigirmanchi asrning 40-80 yillardagi yapon mo’jizasi tufayli u iqtisodiy jihatdan dunyoning ikkinchi davlatiga aylandi, xalq faravon bo’lib ketdi. Oldin xorijga chiqish turizmiga katta etibor berildi, chunki kuchli sanoat tufayli eksport saldosi juda katta plyus bilan chiqar edi.1965-2000 yillarda jahon turizmi 6 marta o’sgan bo’lsa bu mamlakatda 100 marta o’sgan. Asr oxiriga kelib chet elda turistik xarajat bo’yicha dunyoda Germaniyadan keyin ikkinchi o’ringa chiqdi (eng ko’p 1996 yilda bo’ldi: 38.4 mlrd dollarga chiqib ketdi). 2003 yildan boshlab hukumat Yaponiyaga keladigan xorijiy turistlarni oshirish ustida ishni boshlab yubordi. Shu yildan boshlab hukumat turizmga alohida etibor bera boshladi. “Xush kelibsiz”(Yokoso) dasturi bo’yicha 2010 yilga borib 10.0 mln. (2003 yilda esa 5.0 mln. bolgan) turist kelishi kerak edi, bu muvoffaqiyatli amalga oshdi. 2014 yilning iyunida Abe kabineti Yaponiyani qayta tiklash (“Japan is back”) strategiyasini e’lon qildi, uning bo’yica 15 yil ichida turistlar oqimini 3 marta oshirish, 2030 yilga borib esa turistlar sonini 30 mln.ga yetkazish maqsadini qo’ydi. Bu dastur asosan 2019 yilga kelib ortig’i bilan bajarildi. Mamlakatga keladiganlar soni 40.0 mlnga yaqinlashdi. 2013 yilda bu ko’rsatgich bo’yicha mamlakat 27 o’rinni egallagan bo’lsa, 2019 yilda 11 o’ringa chiqib oldi. Yaponiyada quriqlikdagi transport ham, dengiz transporti ham birday rivojlangan. Bu, turizm industriyasini rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Temir yo’llarning uzunligi 27.327 km., avtomobil yo’llarining uzunligi esa 1.111.974 km., ichki daryo portlari 1.770 km. atrofida, ularning sifati esa dunyoda eng zo’rlardan sanaladi. Sayyohlik yo’nalishlari va turlari. Osiyo, AQSh va Yevropadan keluvchilar uchun biznes turizm rivojlangan, mamlakatning ko’plab shaharlarda go’zal va zamonaviy aeroportlar, mehmonxonalar va boshqa binolari bor. Mamlakat Dzyomon madaniyati, budda ibodatxonalari, masalan, Nara shahridagi Yakusidan monastiri, Xoryudzi ibodatxonasi. Nikko shahrining tabiiy go’zalligi, madaniy - tarixiy obidalari. Nantay tog’idagi qadimiy vulqon qoldiqlari. Rinno - dzi budda ibodatxonasi, avliyo Futara-san ziyoratgohi. Shaharning "Muqaddas shahar", - deb e’lon qilinganligi. Mamlakatning o’ziga xos hayvonot dunyosi. Shinam va qulay otellarning ko’pligi. Oshxonalaridagi ajoyib taomlari. Baliq ovlash. Kegon sharsharasi, tog’ gullari. Kiotodagi Ryoandzi tosh bog’i, ibodatxonalari. Kasima shahridagi tabiiy go’zallik, plyajlar. Okinava orolidagi "Busana Terras Bich" kurorti, a’lo baholi otellari, aeroporti, eko turizm (Iriomote orolida), baliq ovlash, hunarmandchilik, muzeylar. Asuka qishlog’idagi qadimiy budda ibodatxonalari, maqbaralar, tosh haykallar, haykaltaroshlik, juda rivojlangan velosiped turizmi bilan mashhurdir. Yaponiyada YONESKOning xalqaro merosi ro’yxatiga kirgan 21ta ob’yekt bor, jumladan, Ximedzi qasri, Kioto va Narining tarixiy yodgorliklari. 2017 yilda Yaponiya 141 mamlakat ichida turizm va sayohat uchun mamlakatning raqobatbardoshligi bo’yicha Osiyoda birinchi, jahonda 4-o’rinni egalalagan. Kunchiqar mamlakati an’analarni zamonaviylik bilan juda ustamonlarcha uyg’unlashtira olgan mamlakatdir. Qadimiy bino va inshootlar zamonaviy oynali osmono’par binolar bilan qo’shni bo’lib turibdi, u g’arb bilan sharqning afsonaviy qorishmasi hamdir. Bu yerdagi ajoyib atmosferada o’ziga xos va juda qiziq yapon arxitekurasini ko’rish mumkin: Kiotodagi “Oltin pavilion”, Imperatorlar saroyi, juda ko’p qadimiy ehromlar. Bolalar uchun hordiq chiqarish ob’yekrlari – Disneylend, “Yuniversal studio” “Disney-si” va h. Har yili o’tkaziladigan choy marosimlari betakrorligi bilan ajralib turadi, ushbu marosimni ko’rgan har bir chet ellik sayyoh ushbu marosimga qatnashgisi, marosimda tayyorlangan har bir choyni iste’mol qilib ko’rishni xohlaydi. Yaponiyaning tabiati shu darajada betakrorki xuddi musavvir chizgan sur’atga o’xshaydi. Ushbu sur’atda siz o’zingizni xuddi jonli ertakka tushib qolgandek his qilasiz. Nafis gullagan sakura daraxtlari insonni o’ziga shu darajada maftun etadiki, ularga mahliyo bo’lgan har bir inson hayotidagi barcha g’am tashvishlarini unutadi. Yosh oilalarga sakura daraxti gullari taqdim etilib ularning oilalariga, baxt-saodat, quvonch va shu bilan birgalikda ularga farzand tilashishar ekan. Yaponiya poytaxti – Tokio dunyodagi eng yirik shaharlardan biri, eng muhim sanoat, transport, turizm, savdo va madaniyat markazi hisoblanadi. Shaharning tashqi qiyofasida Yevropa va Yaponiya arxitekturasining qo’shilib ketgan shakli aks etadi. Tokio – dunyoning eng katta megapolisi, xuddi o’tmishdan eng yaxshi narsalarni olib kelajakka kirib borgan shahar, futuristik Odayba va moliyaviy markazning osmono’par binolari bilan Sindzyuku, xuddi bir dekoratsiyaga o’xshaydigan Fudzi tog’ining korinishi-yu, u bilan qo’shni bog’lar, imperator qasrlari va Kabuki-dza teatri. Tokio dengiz qo’ltig’idan chiqaverishda hamma sohalar bo’yicha sanoati rivojlangan hududning ikkinchi eng yirik markazi– Iokagama shahri joylashgan bo’lib, u dengiz kanali orqali poytaxt bilan qo’shilgan. Bu shaharda mamlakatning eng yirik mehmonxonalari va turizm markazlari joylashgan. Kioto mamlakatning eski poytaxti, madaniy qadriyatlar yuragi, buddizm va sintoizm ehromlari (shaharda 1600 buddizm ehromlari bor) va bog’lari hamda hordiq chiqarish uchun rang - barang mahsulot va xizmatlar bilan mashhur. Sapporo o’zining shahar yaqinida bo’lgan issiq suv manbalari bilan turistlarni jalb qilsa, Osaka hashamatli tematik park – “Universal studios Japan” bilan, Nagoya esa milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan haddan tashqari katta savdo mahallasi bilan, Okinava bir necha o’n orollarda joylashgan o’zining plyajlari bilan turistlarni o’ziga rom qiladi. Ryukkyu esa o’rta asr qasrlari bilan (ularning anchasi YUNESKO ro’yxatiga kirgan) toshib ketgan qasrlari bilan, Xirosimo esa insoniyat boshiga tushgan eng katta musibati bilan, Kamakuru dunyoda eng katta sintoistik ehromi va budda haykali bilan mashhur. Yaponiyada milliy an’analar juda ezozlanadi, bu ularning bayramlarida ham seziladi – Sakura bayrami, guruch ekish bayrami, buddaning tug’ilgan kuni festivali, qor festivali, choy marosimlari, Kabuki teatri, Sumo kurashi. Xullas, Yoponiyada ko’rishga arziydigan joylar ko’p, biz faqat eng zo’r o’ntasini beramiz. 2018yilda Yopniyaning top-o’n diqqatga sazavor joylari: 1) Fudzi tog’i; 2) Imperator saroyi; 3) Xirosima memorial parki; 4) Tarixiy Kioto; 5) Itsukusima orolidagi ehrom; 6) Qadimiy Naradagi tarixiy yodgorliklar; 7) Osaka qasri; 8) yapon geyshalari; 9) Nagoyadagi Atsuta ehromi; 10) Fukuoka qasri. Yaponiyada 10 mln. gektar yerda qo’riqxonalar tashkil etilgan, bu mamlakat hududining 1/4 qismiga to’g’ri keladi, tabiat qo’riqxonalari davlat tomonidan qo’riqlanadi. Shuning yarmini 23 ta milliy bog’ va davlatga qarashli qo’riqxonalar tashkil etadi. 1970 yilda 40 ta dengiz suv osti milliy bog’lari bunyod etilgan. Bunday bog’lar Yaponiyada xalqaro turizmni rivojlantirishga va xorijiy turistlarni qiziqishlariga sabab bo’ladi. Yaponiyaga 2018 yilda kelgan xorijiy tiristlar soni 31.2 mln. kishini tashkil etgan. Xalqaro turizmdan daromad esa 45.3 mlrd.dollarni tashkil etgan. Quyidagi jadvalda Yaponiyaga xorijiy turistlar eng ko’p keladigan mamlakatlar ro’yxati berilgan. Jadval.-7.4. Yaponiyaga xorijiy davlatlardan kelgan turistlar top o’ntaligi.
Download 74.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling