Asosiy ma’lumotlar Reja
Download 74.43 Kb.
|
7-mavzu
Manba:https://knoema.ru/atlas/ Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlakatga eng ko’p qo’shnilari – Xitoy, Koreya, Tayvan, Gongkong hamda AQSh va ASEAN mamlakatlaridan kelishgan. 2018 yilda eng ko’p xorijiy mehmonlar Tokioda bo’lishgan (21.8 mln. kishi/kecha), undan keyin Osaka (13.9 mln.), Xokaydo ( 8.2 mln.), Kioto ( 5.7 mln.). Yaponiyada boshqa sohalar kabi xalqaro va milliy turizmni rivojlanishiga katta ahamiyat qaratilgan. Yaponiyada ko’ngil ochar turizm yaxshi rivojlangan. Mamlakatdan xorijga safar qilganlar soni 2018 yilda 19.0 mln. kishini tashkil etgan. Ular o’sha yil 29.1 mlrd. dollarni sarflashgan (har bir kishiga 1532 dollardan). Yaponiyaning chetga chiqish turizmi asosan AQSh, Kanada, Meksika, Argentina, Braziliya, Xitoy, Malayziya, Gonkong, Tailand, Koreya, Singapur, Avstraliya hamda Janubiy-Osiyo mamlakatlariga to’g’ri keladi. Odatda dam olish va ko’ngil ochish ehtiyojlarini qondirishni yaponlar mamlakatni tark etmasdan amalga oshirishayapti, yoki yaqin masofaga Xitoy, Syangan, Koreya respublikasi, Singapurga sayohat bilan o’tkazishapti. Bir vaqtning o’zida Yaponiyaning hududlararo turistik aloqalari mustahkamlanayapti. Yaponiyadan AQShga qit’alararo turistik oqim eng intensiv hisoblanadi. Ammo, umumiy olganda uzoq safar, ayniqsa Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrika yoki Janubiy Osiyoga borish aholi o’rtasida unchalik mashhur emas. Aholi o’rtasida muntazam o’tkazilayotgan so’rovlar Yaponiyada uzoq turizmning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash imkonini beradi. Amerikaliklar singari kunchiqar mamlakat aholisi uzoqqa safar qilishga pul mablag’lari yetarli emasligi, shaxsiy xavfsizligiga tahdid mavjudligini sabab qilib ko’rsatadilar. Ammo, yaponlarda sayohat yo’nalishini tanlashda milliy pazandalikdagi farq va mavjud til to’siqlari ko’proq tashvish uyg’otadi. So’rovlar chog’ida 37% va 36 % so’raluvchilar ana shuni bosh to’siq sifatida vaj qilib ko’rsatishgan. Yaponiya turizmni yanada rivojlantirish uchun keyingi yillarda quyidagi sohalarda ish olib bormoqda: ichki turizmni kuchaytirish, viza tizimlarini osonlashtirish, jahonning eng yuqori talablariga javob beradigan turistik regionlarni rivojlantirish, turistlarga nisbatan do’stona munosabatlarni rivojlantirish, ishbilarmonlik turizmi uchun Yaponiyani ideal joy sifatida reklama ishlarini kuchaytirish. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan mamlakatimiz uchun Yaponiyadek rivojlangan mamlakatning boy tajribalaridan kengroq foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 74.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling