Asosiy mazmuni


Download 71.09 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi71.09 Kb.
#1527721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

O’g’ishmalar – Yonlama og’ishmalar quyidagi prinsiplarga asosan nazorat qilinadi: Birinchidan, ular faqat temir yo’llarda erishilishi mumkin bo’lgan tezlik talabiga javob beradigan burchak ostidagi egri chiziqlar asosida, hamda ularga doimiy parallel o’q orqali kelishi mumkin bo’lgan 4 yoki 6 g’ildirakli mag’ildiraklar harakatini hisobga olganholda qurilishi; Ikkinchidan, mukammal holat to’g’ri chiziq hisoblanar ekan, solishtirmamukammallik to’g’ri chiziqdan o’g’ishmaning minimum bo’lishini ya’ni, egrilikning maksimal ehtimoliysimarkazga yaqin joylashishini; Uchinchidan, tezlik kamayishining oldini maksimal darajada olish uchun kichik egri o’g’ishmalar iloji boricha stansiyalar hamda to’xtash joylari yaqinida, kattaroq og’ishmalar esa markazga yaqin joylashgan bo’lishi kerak.
Og’ishmalarning ta’sirini o’rganish uchun, temir yo’l faqatgina yagona gorizontal yo’l va undan o’tuvchi, kesib o’tish uchun yetarli hisoblangan belgilangan tezlikda harakatlanayotgan, cheksiz darajada kichik vertikal g’ildirakdan iborat deb tasavvur qilaylik. Shunday bo’lsa ham, biz g’ildirak o’z markazga intilma kuchiga teng darajadagi, g’ildirakning tezligini kamaytirmasdan qo’shiladigan, qo’shimcha energiyasiz tekis chiziqdan og’ishga muvaffaq bo’lmaydi.
*1 - Shuni aytib o’tish joizki, Dublin and Kingstown Railwayning Dalkey bo’limida foydalanilgan atmosferadan tashqari tartibda ishlab chiqilgan o’ziga xos og’ishma va gradientlar, bug’-lokomotiv sistemasi bilan bog’langan quyidagi kitobdan o’rin olmagan. Pnevmatik to’lqinlar haqidagi tajribalar ularni bu kitobdan chiqarib tashlasada, uning muhim o’rin tutganligi uni butunlay boshqa bir tarix egasi bo’lishiga zamin yaratadi1.
Agarda rels egri chiziq asosida qayrilgan bo’lsa, hamda g’ildirakning tashqi qismi sezilarli darajadagi, deylik ikki inch, qalinlikka ega bo’lsa, sodir bo’ladigan ishqalanish g’ildirakning bir qismi va relsning boshqa qismi yedirilishiga sabab bo’ladi, chizmaningqisqartirilgan o’ng konusi balandligi rels og’ishmasi markazining g’ildirak o’qidan sodir bo’lgan gorizontal chiziqbilan kesishuv nuqtasida deb tasavvur qiladigan bo’lsak; va g’ildirak periferiyasi(tashqi qoplami) tomonidan belgilangan konik yuza(konusning yon yuzasi)ga mos keluvchi yuzaga qadar yediriladi.
G’ildirakning markazga intilma kuchi sababli yo’qotiladigan energiyadan tashqari, rels va g’ildiraklar ishqalanishi tufayli ham energiya yo’qotiladi.
Ammo agar temir yo’l ikki parallel,aytaylik 5 fut, oraliqdagi relslardan iborat bo’lsa, va ikki yoki uch juft g’ildirakka ega bo’lgan, har bir jufti bir o’qga biriktirilgan va o’zaro parallel aylanish uchun shunday ikki yoki uch o’q orqali vagonga biriktirilgan bir nechta vagonlar bir poyezdga birlashtirilsa,hamda bir dvigatel orqali harakatga keltirilsa, nafaqat relslar va g’ildirak o’rtasidagi ishqalanish, balki markazga intilma kuchning ham oshganligiga guvohi bo’lamiz.
Ichki relsdagi g’ildiraklar tashqi relsdagi g’ildiraklarga nisbatan kichikroq aylana hosil qilishga harakat qiladi va qarama-qarshi yo’nalishda relsga ishqalanayotgan bir paytda tashqi g’ildiraklar me’yordan ortiq bo’sh joyga duch keladi; bu esa o’qlarning qattiq qayrilishi, ramka va o’qlarni bog’lab turgan qismlarning deformatsiyasiga olib keladi. Bundan tashqari har bir juft g’ildirakning markazga intilma kuchi juftdagi g’ildiraklarning bir-birinikidan farq qiladi, va shunday vagonlardan bir nechtasini olib ketayotgan dvigatel bunday qarhiliklar yig’indisiga qarshi turishi kerak bo’ladi. Bu hodisaga nisbatan yana shuni aytib o’tish kerakki, og’ishmaga to’g’ri chiziq bo’ylab yoki egri og’ishmaga qarama-qarshi kirish va undan chiqishda, dvigatel va har bir vagon og’ishmaning radiusiga nisbatan boshqacharoq yo’nalish oladi va shu bilan yuqorida aytib o’tgan hodisamizning ta’sirini yanada kuchaytiradi. Og’ishmalardan foydalanishning yomon oqibatlarini yumshatish uchun ikki usul muomalaga kiritildi: g’ildiraklar g’ildiraksiga konussimon shakl berish hamda, tashqi relsni ko’tarish.
G’ildiraklar g’ildiraklariga konussimon, konuslar asosi bir-biriga yo’nalgan holda, shakl berish orqali; markazga intilma kuch tashqi g’ildirak qirrasini rels chetiga yo’naltirgan bir paytda, g’ildiraklar diametrining tengsizligi, ichki g’ildirak qirrasining o’z relsidan chiqishiga va teng va silindirsimon g’ildiraklar egrichiziq bo’ylab harakatlanganda yuzaga keladigan ishqalanishdan xalos bo’lishga olib keladi.
Bu tengsizlikning qay darajada bo’lishi; 1-chidan, og’ishma radiusi; 2-dan g’ildiraklar hajmi; 3-dan ular orasidagi masofa – boshqacha qilib aytganda temir yo’l interval(rels qovurg’a)siga; 4-dan ular harakatlanayotgan tezlik; va 5-dan rels interval(rels qovurg’a)lari orasidagi qo’shimcha masofa hamda, g’ildirak qirralarining tashqi qismidagi kenglikka bog’liq.
Yuqoridagi beshtaomildan 2tasi: og’ishmaning radiusi va tezlik temir yo’l chizig’ining turli qismlarida turlicha bo’lganligi sababli, vagon va dvigatellar bularning barchasiga birdek moslashgan bo’la olmaydi. Shunga qaramay bulardan biri ma’lum darajada ikkinchisiga ta’sir o’tkazishi mumkin, ya’ni, tezlik og’ishmaga qarab o’zgartirilishi, pasaygan tezlik markazga intilma kuchni kamaytirishi, shu bilan g’ildiraklani o’z o’rnidan siljitishi va diametrlardagi o’zgarishni kamaytirishi mumkin. Bundan kelib chiqqan holda, g’ildiraklarning konussimonligiga erishish uchun tezlik o’gishma radiusiga proporsional ravishda kamaytirlishi kerak2.
Ikkinchi usul: og’ishmalarda tashqi relsni ko’tarish, boshqa g’oyalar bilan bir qatorda, Tredgoldning 1825*2-yilda chop etilgan “Temir yo’llar va vagonlar haqidagi amaliy traktat»ida keltirilgan. 1835- yilda chop etilgan Traktatning ikkinchi nashrida esa quyidagilar keltirilgan:“Temir yo’lga sezilarli darajadagi egrilikka ega og’ishma berilganda, og’ishmaning markaziga qadar tashqi relslar biroz ko’tarilgan hamda har ikkala chiziqda har taraflama pishiq ishlanganbo’lishi kerak. Og’ishmaning markaziga qadar tashqi relslarning biroz ko’tarilishiga sabab esa, sezilarli darajadagi egrilikka ega og’ishmali yo’llarda kuzatilganidek; vagonni to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanishiga qarshilik ko’rsatishidagi ishqalanishning oldini olishdan iborat.
Imkon qadar to’g’ri chiziqdan foydalanish darkor, ammo egri chiziq orqali istalgan obyektni bajarishda relslar tegishli suratda quyilgan yoki tayyorlangan bo’lishi kerak, chunki hech qaysi to’g’ri chiziqli relslar kombinatsiyasi burchaklar tufayli noto’g’ri harakat va relslarning yon qismiga bo’lgan bosimning ortishiga olib keladi.”
2 Wealesning “Ilmiy e’lonlar”iga ko’ra, yuqorida eslab o’tilgan mashhur shaxsning qiziq hotirlari, 1838-yilning 20-fevralida chop etilgan kitobning uchinchi nashrida to’plangan.
G’ildirak qirralarining tashqi relslarga (markazga intilma kuchning ta’siri ostida) ishqalanishining oldini olishga qaratilgan bu usul,ma’lum bir darajada g’ildiraklar g’ildiraklarining konussimon qilib ishlanishidan ko’zlangan maqsadni puchga chiqaradi.
Ko’rinib turibdiki, istalgan natija erishish uchun barcha detallarning alohida e’tibor va aniqlik bilan o’rganib chiqilishimaqsadga muvofiq.
De Pambour bu masalalarga birinchi bo’lib analitik yondashgan shaxs hisoblanadi; uning izlanishlari natijasi sifatida, uning quyidagi mulohazasi*3ni keltirishimiz mumkin; 20mil soatiga o’rtacha tezlik, 500 fut radiusga ega og’ishma, g’ildiraklarning diametri 3fut, o’lchami 4*7futga teng va relslar oralig’ida g’ildiraklar uchun qo’shimcha masofa 2 dyum bo’lganda – g’ildiraklar g’ildiraklariga beriladigan eng kam egilish 1/12ga teng, ya’ni g’ildirak asosining radiusi birning 12-darajasiga teng konusga tegishli bo’lishi kerak. U quyidagilarni ta’kidlaydi*4:
“Egilishga odatda 1/7 kattalik beriladi. Uning bu darajada katta ahamiyat kasb etishi, g’ildirak qirralarining relsga ishqalanishi ehtimolining oldini olish, hamda kuchli yonlama shamol yoki relslardagi kutilmagan defektning yuzaga chiqishi hollarida vagonlarning quyi relsga tushishini ta’minlashdan iborat. 1/12 darajadagi egilishda g’ildirak qirralarining relslarga ishqalanish xavfi yo’qligini ko’rib turgan ekanmiz, 1/7 daraja bu xavfning o’rinsiz ekanligini ko’rsatadi.”
Pambour yana yuqoridagi og’ishma radiusi, tezlik, g’ildiraklar egilish darajasi, chiziq o’lchami va g’ildiraklar kattaligida tashqi rels 2.83 dyum*5ga teng qo’shimcha balandlikka ega bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi3.



Download 71.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling