Asosiy mazmuni


Download 71.09 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi71.09 Kb.
#1527721
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-MA’RUZA
TEMIR YO‘L TRANSPORTI ASOSLARINING
ASOSIY MAZMUNI
Reja:
1. Kirish
2. Temir yo‘l transportida chet el tajribasi
3. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.

Tayanch so’slar: Temir yo‘l transporti, yuk jo‘natuvchilar, g’ildirak, o’g’ishmalar, tarmoq, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, temir yo‘l Nizomi, yuk, yo‘lovchi va bagaj.




1. Kirish
Transportning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni beqiyos katta. Temir yo‘l transporti muhandislari institutini bitiruvchilar»Temir yo‘l transporti»haqida etarlicha nazariy bilim va amaliyot ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, transport turlari xususiyatlari va tasnifi, ularning uzviy bog‘liqligi va o‘zaro hamkorlikda ishlashini aniq idrok qila bilishlari kerak.
Shu nuqtai nazardan ushbu fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda transport haqida bir butun tasavvur hosil qilish, uning texnik imkoniyatlari va ularni ishlatish, inshootlar va harakat tizimi, tashish jarayonini tashkil qilish haqida bilimga ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat.
Talabalarga yagona transport tizimi haqida va unda temir yo‘l transportining o‘rni, mavqei haqida, temir yo‘l transportining aniq ishlaydigan, tashkiliy imkoniyatlari, katta transport sohasi ekanligi haqida ma’lumot berish ushbu fanning maqsadlaridan biridir.
Transport moddiy ishlab chiqarishing o‘ta zaruriy tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini tashish jarayonida davom etdiradi.
Har xil yuklarni ishlab chiqarilgan joyidan iste’molchilarga etkazish va yo‘lovchilarni tashish bilan transport yangi mahsulot yaratmaydi. Transportning mahsuloti – yuk va yo‘lovchilarni tashish jarayonining o‘zidir.
Zamonaviy transport turlari orasida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy turlardan biri – temir yo‘l transportidir. Temir yo‘llar mamlakatning barcha viloyat va nohiyalarini birlashtiradi, aholining tashish ehtiyojlarini, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining aylanishini ta’minlaydi va shuning uchun ham xalq xo‘jaligida katta ahamiyat kashf etadi.
Temir yo‘l transportining yangi nohiyalarni va ulardagi tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishdagi ahamiyati katta, odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi, o‘zga mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Temir yo‘llarning mamlakat hududlarini himoya qilishda ham ahamiyati beqiyosidir.
Fanni o‘qitish jarayonida transportning mustaqil Respublikamizning o‘zi belgilagan yo‘ldan rivojlanishida tutgan o‘rni, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ishlash xususiyatlariga va kelajak taraqqiyot yo‘nalishlariga e’tibor qaratiladi. Iqtisod sohasi talabalarini o‘qitishda temir yo‘l transportining har bir soha va bo‘lim, hamda ishlash texnologiyasiga alohida o‘rin ajratiladi.
Ushbu o‘quv majmuasini yaratishda Shorustamov A.Sh. muallifligidagi “Temir yo‘llar umumiy kursi»va G Drysdale Dempsey “Practical Railway Engineer” darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi.



Download 71.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling