Asosiy mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Nizomi
Download 71.09 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengashi
- O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Nizomi
2. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Nizomi
Temir yo‘li yuk tashishlarni amalga oshirish bois temir yo‘l trans-porti xizmatidan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va ayrim shaxslar bilan muayyan huquqiy munosabatlarga kirishadi. Bu huquqiy munosabatlar: korxona, tashkilot va muassasalarning yukni tashishga taqdim etish huquqi va temir yo‘li taqdim etilgan yukni tashib berish majburiyati; fuqarolarni temir yo‘lida safar qilish huquqi va temir yo‘li yo‘lovchini va uni bagajini yo‘l xujjatlarida ko‘rsatilgan manzilga etkazib qo‘yish majburiyati; yuk egalarida va yo‘lovchilarda talab qo‘yishga asos bo‘lganida, bunday talab va da’volarni arz qilish va ko‘rib chiqish tartibi hamda qator tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy masalalarni qamrab olgan. Tabiiyki, barcha bunday masalalar temir yo‘li uchun ham va uning xizmatidan foydalanuvchi hamma korxona, tashkilot, muassasa va shaxslar uchun ham umumiy, mukammal bo‘lgan muayyan normalar va qoidalar bilan tartibga solinishi kerak. Yuk, yo‘lovchi va bagaj tashishni amalga oshirish bois vujudga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga solishda, fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan va turli yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi (izohlovchi) umumiy huquqiy meyo’rlar etarli bo‘lmaydi, chunki bu huquqiy meyo’rlar tashish jarayonining o‘ziga xos maxsus shart-sharoitlarini aks ettirmaydi. Shu sababli temir yo‘l transporti taraqqiyotining dastlabki davrlaridayoq temir yo‘li va uning mijozlari o‘rtasida tashish bois vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus huquqiy normalarga zaruriyat paydo bo‘ldi. Barcha davlatlarda, temir yo‘li va uning xizmatidan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning huquqini, majburiyatini va javobgarligini belgilovchi, qonun kuchiga ega va davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan hujjat – temir yo‘li Nizomi yoki shu ma’no-mohiyatga ega bo‘lgan boshqa hujjat (kodeks, nizom) hisoblanadi. Temir yo‘l transportini ibtidosidan to hozirgi davrgacha, ya’ni chor Rossiya va so‘ngra sobiq Ittifoq temir yo‘llarida bir necha bor turli nashrlarda temir yo‘l Nizomi amaliyotga kiritilgan bo‘lib, ular o‘sha davrlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy holatlarini o‘zida aks ettirgan. 1991 yilda Sovetlar tuzimi inqirozga uchraganidan keyin uning o‘rnida mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Latviya, Litva va Estoniya Respublikalaridan tashqari sobiq Ittifoq Respublikalari yangi tashkil topgan davlatlar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) deb nom olgan hamjamiyatga a’zo bo‘lib kirdilar. Sobiq Ittifoq temir yo‘l Vazirligi tugatildi va uni o‘rnida mustaqil davlatlar temir yo‘li ma’muriyatlari paydo bo‘ldi. Mustaqil davlatlar temir yo‘llari ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida 1992 yilda Hamdo‘stlik davlatlari a’zolarining va Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi va Estoniya Respublikasi temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi ta’sis etildi. Ushbu Kengashning 1992 yil 20 oktyabrdagi beshinchi majlisida Hamdo‘stlik davlatlari qatnashchilari temir yo‘llarida yuk va tijorat ishlarini bajarish usulini, temir yo‘lning yuk jo‘natuvchilar, yuk oluvchilar va boshqa turdagi transport bilan o‘zaro munosabatlarini, hamda ayrim yuklarni davlatlararo qatnovda tashish shart-sharoitlar bo‘yicha ko‘rsatmalarni tartibga solish maqsadida sobiq Ittifoq Ministrlar Kengashining Qaroriga muvofiq 1964 yildan amaliyotga kiritilgan Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi temir yo‘l Nizomini, yuklarni tashish Qoidalarini, yuklarni vagonga ortishni va mahkamlashni Texnik shartlarini va boshqa normativ xujjatlarni (01.09.92. yil holati bo‘yicha o‘zgartirishlari va qo‘shimchalari bilan) yagona qonun xujjatlari sifatida saqlab qolishga qaror qilindi. Shu qarorga binoan Hamdo‘stlik davlatlari a’zolari temir yo‘llari har bir davlatda belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan temir yo‘l Nizomi, yuklarni tashish qoidalari va boshqa normativ hujjatlarni ichki qatnovda yuk tashishda qo‘llashga haqli ekanliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek ushbu sobiq Ittifoq temir yo‘l Nizomi 1993 yil 22 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida transport sohasida hamkorlik qilish tamoyillari to‘g‘risidagi Bitimning 4 – moddasi, O‘zbekistnn Respublikasi Oliy kengashining 1992 yil 4 yanvarь qaroriga binoan O‘zbekiston hududida ichki va halqaro qatnovlarda qo‘llanilib kelinda. Xozirda ichki qatnovlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23 oktyabrь 2008 y. № 232 Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Nizomi (quyida Nizom deb yuritiladi) amalda, sobiq Ittifoq temir yo‘l Nizomi esa halqaro qatnovlarda qo‘llanilmoqda. Nizom temir yo‘lini hamda temir yo‘l transportidan foydalanuvchi korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning majburiyati, huquqi va javobgarligini belgilaydi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Nizomi 9 ta bobdan va 156 ta banddan iborat. I-bob “Umumiy holatlar”. II-bob “Yuk xo‘jaligi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qurilmalari”. III-bob “Yuklarni tashishni bashoratlash”. IV-bob “Tashish shartnomasini tuzish va tashish haqlarini undirish”. V-bob “Temir yo‘lini, yuk jo‘natuvchilarni va yuk oluvchilarni huquq va majburiyatlari”. VI-bob “Temir yo‘l shoxobcha yo‘llari”. VII-bob “Boshqa transport turlari ishtirokida to‘g‘ri aralash qatnovlar”. VIII-bob “Yo‘lovchi, bagaj va pochtalar tashishlar”. IX-bob “Temir yo‘lining, yuk jo‘natuvchilarning, yuk oluvchilarning va yo‘lovchilarning javobgarligi. Aktlar, talablar va da’volar”. Download 71.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling