Asosiy mikroiqtisodiyot tushunchasi
Download 44.74 Kb.
|
Taqdimot (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tamoyil
Asosiy mikroiqtisodiyot tushunchasi2.38 gruh talabasiAbdusamadov FirdavsinMikroiqtisodiyot — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obʼyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.
Mikroiqtisodiyotning muhim jihati — xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yirikroq tuzilmalar — bozorlar paydo boʻlishi jarayonidagi oʻzaro munosabatlaridir. Mikroiqtisodiyot ayrim sanoat tarmoqlarining tarixiy taraqqiyoti va milliy iqtisodiyotning shakllanishi mantigʻini tushunishga yordam beradi. U ayrim tovarlarga narxnavo qanday belgilanishini, yangi zavodlar qurilishida muayyan sohani va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qanday mablagʻlar ajratilishini va nima uchun investitsiya qilinishini, har yili aniq qancha tovarlar ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot yakka tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar faoliyatini oʻrganar ekan, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlayotgani va rivojlanayotganini, ularning faoliyatiga hukumat siyosati mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlar qanday taʼsir etayotganini ochib beradi
Ishlab chiqarish imkoniyatlari: a) resurslarning cheklanganligi, kamyobligi; b) iqtisodiyotning samaradorligi; d) iqtisodiy tanlov; e) alternativ xarajatlar to ‘g‘risida m a’lumot beradi. Bozor — tovarlami ixtiyoriy ayirboshlash yo‘li bilan taqsimlashning ijtimoiy mexanizmidir. Ratsional (foydali) harakat – resurslar cheklangan sharoitda eng kam sarf-xarajat qilib, foydani maksimal darajada oshirish uchun qilinadigan iqtisodiy harakat. Ratsional harakat, ya’ni foydaga erishish uchun bo’ladigan harakat xarajatlarsiz bo’lmaydi. Shuning uchun xarajat bilan foyda, olingan natijalar taqqoslanadi.Masalan, foydali harakat qilib ishchi ish haqi oladi, tadbirkorlar — foyda, iste’m olchilar esa qoniqish hosil qiladi. Olgan foyda yoki zarariga qarab ulaming yurish-turishlari ham 0 ‘zgaradi. Ishlab chiqarish omillari – mehnat, yer, mashina, asbob-anjomlar, binolar va xomashyolami mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlami bajarishdagi foydalanish xarajatlaridir.Ko’rinib turibdiki, hodisa va jarayonlarni iqtisodiy tahlil qilish usul va qoidalari bir-biri bilan bog’lanib ketadi, biri ikkinchisini to’ldiradi. Iqtisodiy tamoyilIqtisodiy tamoyil– bu umumumlashtirish boiib, o‘zida bir qancha noaniq miqdoriy tushunchalarni birlashtiradi.Iqtisodiy ma’lumotlar – faktlar odatda xilma-xilligi bilan ajraladi: ba’zi bir individlar (shaxslar, xo’jaliklar, institutlar) bunday harakat qilsa, boshqalari unday harakat qiladi. Iqtisodiy prinsiplar shuning uchun ko’pincha o ‘rtacha miqdor sifatida yoki statistik ehtimollar sifatida shakllanadi. Masalan, 0 ‘zbekiston yengil sanoat korxonalarida o’rtacha mehnat unumdorligi aniq ko’rsatilgan bo‘lsa, iqtisodchilar uni umumlashtirgan bo‘ladilar yoki jamoa xo’jaliklarida o’rtacha don hosili har gektardan 45 sentner bo’lgan bo’lsa, iqtisodchilar undan kam yoki ko’p hosil olgan xo’jaliklarni shu 45 sentner hosil olganlar guruhiga qo’shgan bo’ladilar. Lekin bunday umumlashtirishni to’g’ri qo’llab, talqin qilinsa, undan ko’p ma’no chiqadi va foyda bo’ladi.Download 44.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling