Asosiy morfologik qonuniyatlar: simmetriya turlari,metamorfoz Tayyorladi: Fayzullayeva Sevinch
Download 9.18 Kb.
|
1 2
Bog'liqAsosiy morfologik qonuniyatlar simmetriya turlari,metamorfoz-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
3. O`simlilkar morfologiyasida vegetativ organlarining tuzilishidagi asosiy qonuniyatlardan biri ularning qutibliligidir. Qutiblilikning mohiyati shundaki, o`simlikning yuqorisi (uchi) bilan asosi morfologik va fiziologik jihatdan bir- biridan farq qiladi. Masalan: Daraxtlarning qalamchasi yerga albatta yuqorigi uchi bilan emas, balki pastki uchi bilan o`tkaziladi.3. O`simlilkar morfologiyasida vegetativ organlarining tuzilishidagi asosiy qonuniyatlardan biri ularning qutibliligidir. Qutiblilikning mohiyati shundaki, o`simlikning yuqorisi (uchi) bilan asosi morfologik va fiziologik jihatdan bir- biridan farq qiladi. Masalan: Daraxtlarning qalamchasi yerga albatta yuqorigi uchi bilan emas, balki pastki uchi bilan o`tkaziladi. O`simliklar organlari tuzilishining yana bir muhim xususiyati ularning simmetirik bo`lishidir, ya`ni keng ma`noda olganda, bir xil qismlarning guruhda munosib joylashuvi yoki qismlarning bir xilligidir. U har xil tipda bo`lishi mumkin. Кo`pincha radial simmetriya uchraydi. O`zida ustinsimon poya yoki sharsimon meva aylanasini bir necha graduslarga bo`lib, tekislik o`tkazilgan deb faraz qilinsa, bu tekisliklar ularni teng qismlarga bo`ladi. Boshqa holda o`simlik organi bo`ylab faqat ikkita o`zaro perpendikulyar tekislik o`tkazish mumkin. Bu tekisliklar organni simmetirik teng bo`laklarga ajratadi. Masalan: yong`oq yoki bodomni chaqsak, ana shunday simmetirik bo`laklar hosil bo`ladi. Bu bilateral simmetriya deyiladi. bir o`simlik yoki uning organidan faqat bitta simmetirik tekislik o`tkazish mumkin bo`lsa, monosimmetriya deyiladi. Ba`zi o`simliklar tanasidan ularni simetirik qismlarga ajratadigan birorta ham tekislik o`tkazib bo`lmaydi, ular assimmetirik tuzilgan bo`ladi. Shuning uchun o`simliklarning ba`zi organlari tashqi belgilari bilan bir- biridan juda katta farq qilishiga qaramay, kelib chiqishi bir xil bo`ladi va ular gomologik organlar deb ataladi. 4. Yuksak o`simliklarning turli organlari har xil funksiya bajarganligidan ko`pincha shaklini o`zgartiradi va evalyutsiya jarayonida shunchalik metamorfozlanib kyetadiki, ba`zan, ularning ilgarigi holat ini aniqlash juda qiyin bo`ladi. Masalan: quruq iqlim sharoitida o`sadigan Amerika kaktuslari va Afrika sutlamaguli morfologik jihatidan bir- biriga o`xshaydi. Shuningdek, O`rta Osiyo saxrolarida o`sadigan kandim (toronguldoshlar oilasidan) va butaning (shurodoshlar oilasidan) juda ko`p tashqi belgilari bir- birinikiga o`xshash bo`ladi. O`simliklar olamda ko`pincha korrelyatsiya hodisasi kuzatiladi. Bu hodisa shundan iboratki, o`simliklar bir organing rivojlanishi ikkinchisiga juda bog`liq bo`ladi. Masalan: daraxt va butalar shoxi-dagi yon kurtaklar faqat ikkinchi yilda normal rivojlanadi, agar poyadagi barg yulib tashlansa, kurtaklar shu yilning o`zidayoq rivojlanib, yangi barg hosil qilishi mumkin, g`o`zada chekanka qilish, tamaki yetishtirishda poyasini uchi va yon shoxlarni yulish, yon ildizlarini rivojlantirish uchun ko`chatlarni pikirovka qilish shunga asoslangan Evalyutsiya jarayonida dastlabki ahamiyatini yo`qotgan va batomom yo`qolib ketish oldida turgan bunday organlar rudimentar organlar yoki redumentlar deb ataladi. Rudimentar barglar ko`pgina o`simliklarning ildizpoyasida ham tez- tez uchrab turadi. Ba`zan evalyutsiya jarayonida ayrim o`simlikning biror organi reduksiyalanadi ya`ni yaxshi rivojlangan va murakkab tuzilgan organlar soddalashib chala rivojlangan holat ga tushib qoladi va avvalgi funksiyani yo`qotadi. Masalan, oq saksovulning barglari yupqa tangachaga aylangan. Parazit o`simlik shumg`iyaning barglari ham reduksiyalashgan. Masalan: zirk va do`lananing tikanlari analogik organdir, chunki ular tashqi tomonidan bir- biriga o`xshaydi va bir xil funksiya (himoya vazifasini) bajaradi, lekin kelib chiqishi har xil (zirkning tikanlari o`zgargan barg, do`lananiki o`zgargan novdadir). Sistematik holat i jihatidan har xil bo`lgan o`simlikning bir- biriga yaqin sharoitda yashashi natijasida hosil qilgan o`xshash belgilari, ya`ni tashqi o`xshashlik hodisasi konvergensiya deb ataladi. Masalan: quruq iqlim sharoitida o`sadigan Amerika kaktuslari va Afrika sutlamaguli morfologik jihatidan bir- biriga o`xshaydi. Shuningdek, O`rta Osiyo saxrolarida o`sadigan kandim (toronguldoshlar oilasidan) va butaning (shurodoshlar oilasidan) juda ko`p tashqi belgilari bir- birinikiga o`xshash bo`ladi. ZIRK DO’LANA O`simliklarning evalyutsion morfologiyasini rivojlanishiga Markaziy Osiyo olimlaridan Ye.P. Кorovin, I.A. Raykova, M.G. Popov, M.V. Кultiasov, V.P. Drobov, К.Z. Zokirov, R.V. Кamelin, V.К. Vasilevskayalarning xizmatlari kattadir. Ular issiq, noqulay iqlim sharoitida o`sishga moslashgan o`simliklarning morfologik xususiyat-larini o`rganganlar. Adabiyotlar: 1. Burigin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika “O`qituvchi” T.: 1977. 2. Кursanov. V. A. Кamarniskiy N. A va bosh.- Botanika “O`qituvchi” 1977. I II tom. 3. Hamdamov I, Shukrullayev P va boshqalar- botanika asoslari “Mehnat” T.: 1990. 4. Soxabiddinov. S. “O`simliklar sistematikasi” I II bob. “O`qituvchi” T.: 1976. 5. Hamidov “O`simliklar geografiyasi” “O`qituvchi” T.: 1984. 6. Belolipov. I. V. Sheraliyev. A. Axadova. M. A. “O`rta Osiyo o`simliklari morfologiyasi” SOP, TIPO, T.: 1991. 7. Holdarov. X. Xojimatov. К. X.“O`zbekiston o`simliklari”, “O`qituvchi” T.: 1992. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT http://fayllar.org Download 9.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling