Asosiy mundarijaga o'tish


Olmoshni o'rgatish metodikasi


Download 308.63 Kb.
bet18/25
Sana27.12.2022
Hajmi308.63 Kb.
#1069303
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
ona tili o\' m

Olmoshni o'rgatish metodikasi. Boshlang'ich ta'limda faqat kishilik olmoshlari o'rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushiincha beriladi; ularning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishi va imlosi o'rgatiladi. Kishilik olmoshlari bilan o'quvchilarni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko'rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishti-riladi. Boshlang'ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib qo'llanishiga alohida to'xtab o'tilmaydi. Chunki men, sen olmoshlari v.ech qachon ot bilan almashinib qo'llanmaydi: ,,Men o'qiyapman,sen o'qiyapsan" deyish mumkin, lekin ,,Salima chiqyapman, Salima o'qiyapsan, qiz tikyapman" tarzida qo'llanmaydi. Lekin III shaxs kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo'llanadi: ,,Qiz tikyapti — u tik-yapti". O'qituvchi kishiJik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga diqqatni qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma'lumot badiiy asardan keltirilgan og'zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi.
Kishilik olmoshlarini o'rgatish jarayonida o'quvchilarda quyidagi bilim va ko'nikmalar hosil qilinadi:
men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kirn?so'rog'iga javob bo'ladi;
—kishilik olmoshlari so'z turkumi;
—kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko'plikda ifodalaydi;
—ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo'shimchalari men, sen olmoshlariga qo'shilganda o'zakdagi n tushib qoladi; « olmoshiga -ga, -da, -dan qo'shimchalari qo'shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar beriladi;
—olmoshlarni nutqda to'g'ri va o'rinli qo'llash, ularni kelishikli holatda to'g'ri yozish, so'roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko'nikmalari hosil qilinadi.
Olmosh so'z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tushuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi.
O'quvchilar olmoshlarning kelishik bilan qo'llanishini o'rganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi.
Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham mumkin:
—Men ,,Jimjiloq" hikoyasini o'qim.
—Sen qaysi hikoyani o'qiding.
—U ,,Nihollarning nolasi" hikoyasini o'qidi. Suhbat o'tkaziladi:
—Birinchi gapdagi otni toping.
—,,Jimjiloq" nimaning nomi?
—Hikoya oti-chi?
—Shu gapda fam? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni toping. Keyingi gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
Kim? so'rog'iga javob bo'lgan men, sen, u so'zlarini bir ustun qilib yozib qo'yiladi.
Biz, siz, ular so'zlariustida ham shunday tahlil o'tkaziladi. Suhbat davom ettiriladi:
—Birinchi gapni kim gapiryapti? (so'zlovchi I shaxs)
—Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs)
—Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o'zga III shaxs)...
Demak, men, sen, u shaxsni bildiradi va bu so'zlar kim? so'rog'iga javob bo'ladi.
Biz, siz, ular so'zlari ustida ishlanadi. O'quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi:
— Men, sen, u — so'z turkumi. Bu so'z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u — kishilik olmoshlari. Men I shaxsni, sen II shaxsni, III shaxcni ko'rsatadi. Shundan so'ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Kishilik olmoshlarining bir-
lik va ko'pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi paytda men, sen, u, qaysi paytda biz, siz, ular qo'llanilishi ustida ishlanadi. Egalik qo'shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so'zlovchi (men), tinglovchi (sen), o'zga (u) eslatiladi va ular kishilik olmoshlari bilan bog'lanadi.
Olmoshning gapda asosan ega vazifasida kelishi aytiladi.
Kishilik olmoshlarining ko'pligini tushuntirishda ,,Biz Vatan haqida ko'p maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? tarzidagi gaplardan foydalanish mumkin. O'quvchilarning kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so'roq berish, qaysi so'roqlarga javob bo'layotganini aniqlash, matndan kishilik olmoshlarini topish, ularni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ulaming gapda qanday bo'lak bo'lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe'llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tu­zish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar balariladi. Ayrim matnlar shaxsini o'zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi.

Download 308.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling