Asosiy mundarijaga o'tish


Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tish


Download 308.63 Kb.
bet19/25
Sana27.12.2022
Hajmi308.63 Kb.
#1069303
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
ona tili o\' m

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tish. Kishilik ohnoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tishdan oldin shu mavzuni o'quvchilar ongli o'zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval osib qo'yiladi. Suhbat metodidan foydalanib shu jadval asosida kelishiklar haqidagi o'quvchilar olgan bilimlar takrorlanadi va ulaming yangi mavzuni o'rganishlariga zamin tayyorlanadi:
— Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo'shimchasi va so'rog'ini
ayting.
—Kelishiklar qaysi so'z turkumiga qo'shiladi?
—Kelishik qo'shimchalari qanday vazifa balaradi? Misollar bilan tushuntiring.
O'quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. Masalan: Bilim davlatdan qimmat. (Maqol)
Davlatdan — ot, chiqish kelishigi qo'shimchasini olgan, -dan qo'shimchasi otni qimmat so'ziga bog'lagan. O'quvchilar javobi umumlashtiriladi.
Shundan so'ng oldindan xattaxtaga yozib qo'yilgan darslikdagi mashq ustida ishlanadi:
—O'qing. Tagiga chizilgan so'z qaysi turkumga kiradi? Shu so'z qaysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo'shimcha bilan qoilangan? Bu qo'shimcha biz olmoshini qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birlikda yozing: Bizni olib bordilar. Kelishik qo'shimchasini va
bog'lanishini tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga
yozing.
—Ikkinchi gapni o'qing. Olmoshning qaysi kelishik qo'shimchasini olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko'z o'ngimizda. Qo'shimchani va so'zlarning bog'lanishini belgilang.
Qolgan gaplar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi:
Bizni olib bordilar.
Bizning ko'z o'ngimizda.
Bizga gapirib berdi va boshq. O'quvchilar javobi yana suhbat yo'li bilan mumlashtiriladi:
—Kishilik olmoshlari qaysi qo'shimchalarni oladi?
—Qaysi kelishik qo'shimchalari olmoshga qo'shilib keladi?
— Bu qo'shimchalar olmoshlarni qaysi so'zlarga bog'laydi? (boshqa so'zlarga)
—Kelishik qo'shimchasini olgan bizning, bizni, bizga, bizda, bizdan kabilar qaysi so'roqiarga javob bo'lyapti? Ular gapda qaysi bo'lak bo'ladi? (2-darajali bo'lak)
—Biz olmoshiga so'roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo'lak bo'lib kelyapti? (Ega)
O'quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari ham kelishik qo'shimchalarini oladi. Kelishik qo'shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali bo'lak bo'lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini balaradi: Biz mehnatni sevamiz.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmosh­larining qaysi kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o'zi bog'langan so'z bilan birikma tarzida ko'chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o'rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo'yish, ot o'rnida qo'llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar balartiriladi.
Keyingi darslarda o'quvchilarning kishilik olmoshlarining kelishik­lar bilan turianishi paytidagi imlosini o'zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to'g'ri foydalanib, nutqda uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik olmoshlaridan o'rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o'rinsiz ko'p ish-latishlarini bartaraf etish uchun o'quvchilarning ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o'qib berilib, tahlil qilinadi.
O'quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini man, san tarzida sheva ta'siriga berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklarni ham yo'qotishdir.
O'quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to'g'ri foydalanishga o'rgatish nutqiy g'alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.

Download 308.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling