Asosiy mundarijaga o'tish


-MAVZU: FONETIKA VA GRAFIKA ASOSLARINI O’RGANISH METODIKASI


Download 308.63 Kb.
bet9/25
Sana27.12.2022
Hajmi308.63 Kb.
#1069303
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
ona tili o\' m

2-MAVZU:
FONETIKA VA GRAFIKA ASOSLARINI O’RGANISH METODIKASI
REJA:
1. Fonetika bulimini o’rganishning ahamiyati.
2. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish.
Z. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar va ularning yozuvda ifodalanishi.
4. Bo’g’in. Urg’uli va urg’usiz bo’g’inlar.
Kichik yoshdagi o’quvchilar og’zaki va yozma nutqini egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati kata: a) fonetik bilimga asoslangan holda o’qish va yozishga o’rgatiladi; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator orfografik malakalarni shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapning ohangiga ko’ra;  d) so’zning tovush tomonini bilish, uning ma`nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir.
Dasturga muvofiq boshlang’ich sinf o’quvchilar fonetik-grafik ko’nikmalarini egallaydilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar kam so’zlarni bo’g’inlarga bo’lishni, nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zdagi tovushlarni to’g’ri va izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. Maqsadga erishish uchun izchil ish olib borish lozim bo’ladi.
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta`rif berilmaydi, ammo amaliy ishlar olib boriladi. Bunda etakchi usul so’zdagi tovushlarning talaffuzi kamida so’zning leksik ma`nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan: aka-uka, kul-gul,
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridayoq boshlanadi. Ular so’zni tovush tomondan tahlil qilishga o’rganadi. Masalan, kel so’zida k, e, l; yomg’ir so’zida y, o, m, g’, i, r tovushlari borligini aytishlari zarur. Bu esa so’zdagi harflarni tushurib qoldirmay yozish va to’g’ri talaffuz qilishga yordam beradi. So’zning tovush tarkibi ustida ishlash 2—3—4 sinflarda ham davom ettiriladi.
Tovushlar 2 guruhga bo’linadi: unli va undosh tovushlar. Uni o’quvchilarga tushuntirishda quyidagi belgilar hisobga olinadi:
1. Talaffuz qilinish usuli.
2. Ovoz va shovqinning ishtiroki
Z. Bo’g’in hosil qilish xususiyati.
Bu belgilarni o’quvchilar yodlashiga yo’l qo’yilmaydi. U belgilar kuzatish usuli bilan o’rgatib boriladi.
O’zbek yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, tovush yozuvda harf bilan ifodalanadi. 1—sinf o’quvchilari quyidagilarni bilishlari lozim.
1.Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz.
2. Harflarni kuramiz va yozamiz.
Z. J harfi 2 tovushni ifodalaydi.
1-sinfda jarangli va jarangsiz undosh tovushlar o’rganilganda kuzatish metodidan foydalaniladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi lozim. Buning uchun faqat bir undosh tovush bilan farqlanadigan faqir-paqir, dil-til kabi so’zlar taqqoslanib, b-p, d-t undoshlarining farqi amaliy tushuntiriladi. Xuddi shu metodda jufti bor va jufti yo’q jarangli va jarangsiz tovushlar qiyoslanib, tayyorlangan ko’rgazma o’quvchilar diqqatiga havola qilinadi.
Jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, g, y, l, m, n, r, ng
Jarangsiz undoshlar: p, f, k, s, t, ch, sh, x, ts, k, x.
Bolalar jufti yo’q jarangli undoshlar so’zning oxirida kelganda ham talaffuzi yozilishiga mos kelishini bilib olishlari etarli. Jufti bor jarangli undoshlar so’z oxirida kelganda bunday moslik bo’lmaydi. Demak, o’quvchilar undosh tovushlarning imlosi yuzasidan quyidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilishi kerak.
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishini, shuning uchun bunday so’zni tekshirish kerakligini.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda boshqa tovush bilan almashmasligini.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi-kitob).
Bo’g’inning ta`rifi boshlang’ich sinflarda berilmaydi. O’quvchilar savod o’rgatish davrida so’zda nechta unli bo’lsa shuncha bo’g’in bo’lishini bilib oladilar. So’zlarni bo’g’inga to’g’ri ajrata oladigan o’g’uvchi imlo jihatidan to’g’ri yoza oladi. Buning uchun muntazam ish olib borilishi kerak. Mashqlar bajarilish jarayonida:
1. Bir harfni oldingi satrda qoldirib bo’lmaydi va keyingi satrga ham o’tkzilmaydi.
2. pd, s’, ya’ harf birikmali so’zlarni bo’g’inga ko’chirish kabi o’rinlarga ko’proq e`tibor berish kerak bo’ladi. Bunda urg’uning oxirgi bo’g’inga tushushi, qo’shimcha qo’shilganda urg’uning ko’chishi, ba`zi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inda bo’lmasligi ham mumkinligi aytilib, turli mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Urg’u bilan 2-sinfda tanishtiriladi. Urg’u haqida talabalar bilan suhbat o’tkaziladi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o`ziga xos xususiyati, ya`ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o`ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, sistemaga solish va umumlashtirish mumkin bo`lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so`z, so`z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o`ziga xos muhim belgilarini abstraktlashtirish va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo`lgan dastlabki materialning o`zi etarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o`quvchilarda tushuncha juda ko`p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun abstrakt tafakkur ma`lum darajada rivojlangan bo`lishi lozim. Abstrakt tafakkur ta`lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko`nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar kompleksini shakllantirishga qaratilgan bo`lishi zarur. Ko`pgina psixolog olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, sistemalashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O`quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning abstraktlashtirish faoliyatining qay darajada o`sganligiga bog`liq. Abstraktlashtirishda qiynaladigan o`quvchilar so`zlargri taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko`ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo`l qo`yadilar. Masalan, fe`l o`rganilganda o`quvchilar fe`l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, ekmoq, chopmoq kabi fe`llarda leksik ma`no grammatik ma`noga mos keladi. Ko`p fs`llarda bunday moslik bo`lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o`zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o`ylamoq, sevmoq, o`smoq, ko`karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng ma`noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o`rgana boshlagan o`quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko`proq yurish, siljish ma`nosida aniq tasavvur qiladilar. Shuning uchun fe`lni o`rganishning boshlang`ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so`zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bundan hodisani otni o`rganishda ham uchratpsh mumkin. Ayrim o`quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi so`zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o`quvchilarda abstraktlashtirish ko`nikmasini o`stirish, ular diqqatini so`zning aniq leksik ma`nosidan grammatik ma`nosiga qaratish va shu guruhdagi so`zlarga oid umumiy grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, kim? yoki nima? so`rog`iga javob bo`ladigan barcha so`zlar «ot» turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko`plikda kelish), egalik qo`shimchalari bilan o`zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so`zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta`lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi.

Download 308.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling