Asosiy qism. 1 Ethernet tarmog‘i
Download 57.21 Kb.
|
kompyuter tarmoqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 1 Tarmoq topologiyalari
Kompyuter tarmoqlari Mundarija: Kirish.
Asosiy qism. 1.1 Ethernet tarmog‘i
Kompyuter tarmog‘ining protokollari Lokal tarmog‘i Komyuter tarmoqlari arxitekturasi Amaliy topshiriq 2.1 Amaliy topshiriqning berilishi va uni bajarilishi 2.2. Amaliy topshiriqning yechimini tekshirish va natijalari Xulosa Adabiyotlar 1. 1 Tarmoq topologiyalari Kompyuter tarmog'ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda, odatda, biz birbiriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganlig vа aloqa yo'llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya tushunchasi, avvalam- bor, mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud. Global tarmoqlarda esa, aloqaning tuzilishi foydalanuvchidan berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o'zining alohida yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo'yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo'lishi mumkin bo'lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo'lmasa-da, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir. Tarmoqning uch xil topologiyasi mavjuddir: • «Shina» (bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yo'liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o'zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi ;
• «Yulduz» (звезда, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyuterlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o'z aloqa yo'llaridan foydalanadi ; «Yulduz» tarmoq topologiyasi. 9 • «Halqa» (кольцо, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan
keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa, zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyu- terdan oladi va bu zanjir yopiq, ya'ni halqasimondir (1.3-rasm). «Halqa» tarmoq topologiyasi. Amalda ba'zi hollarda asosiy topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatilishi mumkin, lekin ko'pchilik tarmoqlar sanab o'tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadi. Endi sanab o'tilgan tarmoq turlarining xususiyatlarini qisqacha ko'rib chiqamiz.
Download 57.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling