Asosiy qism. 1 Ethernet tarmog‘i
Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi
Download 57.21 Kb.
|
kompyuter tarmoqlari
Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi
Tarmoq topologiyasi kompyuterlarning faqat jismoniy o'rnini emas, bundan ham muhimroq kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqli signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishiga barqarorlik darajasini, tarmoq qurilmalarining murakkablik darajasini, axborot almashish usullarining qaysi bin mos tushishini, foydalanilishi mumkin bo'lgan axborot uzatish vositalari (aloqa yo'li), tarmoqning ruxsat etilgan o'lchami (abonentlar soni va aloqa yo'lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va boshqa ko'p masalalarni aniqlab beradi. Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarningjismoniy o'rni tarmoq topologiyasini tanlashga, umuman olganda, kam ta'sir ko'r- satadi, har qanday kompyuterlarni joylashish holatidan qat'i nazar, oldindan tanlangan topologiya bo'yicha xohlagan vaqtda ulash mumkin (1.10-rasm). Agarda, ulanayotgan kompyuterlarning jismoniy joylashgan o'rni doirasimon bo'lsa ham ularni bemalol «Yulduz» yoki «Shina» topologiyalari bo'yicha ulash mumkin. Aksincha, kompyuterlar qandaydir markaz atrofiga joylashgan bo'lsa, ularni o'zaro «Shina» yoki «Halqa» topologiya ko'rinishida ulash mumkin. Nihoyat, kompyuterlar bir chiziq bo'ylab joylashgan taqdirda ham, ularni o'zaro «Yulduz» yoki «Halqa»simon ulash mumkin. Kabellarning jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa, boshqa masaladir. Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda, to'rtta bir-biridan farqli tushunchalarni nazarda tutiladi, bu tushunchalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:
Bu ma'noda, masalan, «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun ko'p hollarda faqat «Yulduz» deb yuritiladi;
belgilari. Bunday ta'rif topologiyaning ancha to'g'ri ta'rifidir; axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi — bu alohida kompyuterlar o'rtasidagi axborot almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari; axborot topologiyasi — bu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining yo'nalishidir. Misol uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog'i axborotlarni uzatish uchun estafeta usulidan foydalanishi mumkin (ya'ni bu halqa ma'nosida) va bir vaqtning o'zida barcha axborotni alohida ajratilgan bir kompyuterdan uzatishi ham mumkin (ya'ni bu yulduz ma'nosida). Mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog'i jismoniy topologiyali «Yulduz» (passiv) va «Daraxt» (passiv) ko'rinishiga ham ega bo'lishi mumkin. Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday tarmoq axborot topologiyasi ma'nosida yulduz, deb hisoblanishi mumkin, agarda, bir server va bir necha mijoz asosida yig'ilgan tarmoq bo'lsa, faqatgina shu server bilan aloqa qilinadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining kamligi haqidagi fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi deyish adolatli bo'ladi (bu holda - server). Xuddi shuningdek, har qanday tarmoq axborot ma'nosida «Shina» topologiyasi, deb atalishi mumkin, agarda, u bir vaqtning o'zida server va shuningdek, mijoz bo'ladigan kompyuterlar yordamida qurilgan bo'lsa. Har qanday boshqa «Shina» hollari kabi, alohida kompyuterlarning buzilishi bunday tarmoqqa kam ta'sir qiladi. Markaziy hisoblash tarmoqlar topologiyasi haqidagi tahlilni tugatar ekanmiz, ta'kidlab o'tish kerakki, tarmoq turini tanlashda topologiyaning turi asosiy omil bo'la olmaydi. Masalan, tarmoqning standartlik darajasi, axborot almashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning narxi va tanlangan dasturiy ta'minot muhim omillar bo'la oladi. Lekin boshqa tomondan olib qaraganimizda, ba'zi tarmoqlar turli bosqichda turli topologiyalarni ishlatish imkonini beradi. Endi tanlash bu bobda o'tilgan jami fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda butunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi. 1.5 Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi. Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir. Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir. Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi. Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi: Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha; Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha; Boshqarish usuli bo’yicha; Axborotni uzatish tezligi bo’yicha; Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzilishi bo’yicha. Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin: Mintaqaviy tarmoqlar- ( MAN–Metropolitan Area Network); Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network); Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q. Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni etadi. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida Download 57.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling