Asosiy qism: Asosiy hisoblamalar tizimi
Yalpi ichki mahsulotni pirovard foydalanish usulida hisoblash
Download 0.95 Mb.
|
Tojiboyev Suhrob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yalpi ichki mahsulotni pirovard foydalanish usulida hisoblash
YaIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash mumkin. Bu usulda tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’mol uchun qilingan xarajatlar, (TXI) xo‘jaliklarning yalpi jamg‘armasini (YAJ), hamda tovar va xizmatlar eksporti va importi saldolari (EIS) yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIM = TXI + YAJ + EIS Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi: iste’mol tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan summalar (TXX); natura shaklida olingan (mehnat haqqi yoki boshqa tarzda) iste’mol tovarlari va xizmatlar (NTX); uy xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol qilgan tovarlar va xizmatlar (UITX); davlat boshqaruv muassasalari va notijorat tashkilotlarning joriy is’temol xarajatlari: ya’ni sog‘liqni saqlash maorif sanoat va madaniyat kabi sohalarga jamoa iste’moli uchun qilingan xarajatlar (DBNTJIX). Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha ifodalash mumkin: TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yalpi jamg‘armasiga (AVYAJ) asosiy vositalar yalpi jamg‘arilish (AVYAJ), moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralarining o‘zgarishi (AMZO‘), sof Xarid qilingan boyliklar (qiymatliklar) kiradi. Asosiy vositalar bir yildan ko‘proq ishlatiladigan va foydalanish tufayli daromad keltiradigan mehnat qurollaridir. Ularga binolar, inshoatlar, mashina va asbob uskunalar, motor va stanoklar, transportlar, xo‘jalik inventarlari kabilar kiradi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi (AVYAJ) deganda kelgusida daromad olish uchun asosiy vositalarni ko‘paytirish (sotib olish, qurish) uchun qilingan sarflar mablag‘larga aytiladi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi joriy yilda olingan (Xarid qilingan, qurilgan) asosiy vositalar qiymatidan shu yilda hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar farqi sifatida aniqlanadi. AVYAJ = AVS – AVX; Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati. MHTning 1993 yilgi xalqaro standartiga asosan yerning holatini yaxshilashga, tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan sarflar patent, lesenziya va shu kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga kiritiladi. Moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishi (AMZO‘) ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar), tayyor mahsulotlar sotish uchun olingan tovarlar qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu ma’lumotlar asosan buxgalteriya balansi yil oxiridagi qoldiqlaridan yil boshiga bo‘lgan summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. Lekin bunda moddiy zahiralarning saqlanish davridagi narx o‘zgarishlarini hisobga olish zarur. Buxgalteriya balansida moddiy aylanma mablag‘lar: ishlab chiqarish zaxiralari (ICHZ); tugallanmagan ishlab chiqarish (TICH), tayyor mahsulotlar (TM) va tovarlar (ST) ko‘rinishda beriladi. Demak moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralar o‘zgarishini (AMZO‘) ularning o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi. AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM + ST Sof Xarid qilingan boyliklarga ishlab chiqarishda foydalanish yoki iste’mol qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun saqlanadigan qimmatbaho metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu kabilar kiradi. Yakuniy iste’mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to’g’risidagi ma’lumot yakuniy iste’mol talabini qondirish va mamlakat milliy boyligining o’sishi uchun iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash, YaIM ning yakuniy iste’mol yo’nalishlari bo’yicha asosiy proporsoyalarini tahlil qilish imkonini beradi. Joriy narxlarda YaIM iste’moli tarkibida asosiy ulushi yakuniy iste’mol xarajatlari hissasiga to’g’ri keladi. Yakuniy iste’mol xarajatlarida asosiy ulush uy 144 xo’jaliklari xarajatlari hissasiga to’gri keladi va ularning salmog’i 1991-2016 yillarda 54 foizdan 57 foizgachani tashkil etdi. Kuzatilayotgan davrda YaIM tarkibida davlat muassasalarining yakuniy iste’molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada o’zgarib turdi va 1991 yildagi 20,7 foizdan 2016 yilda 16,1 foizga kamayish tendensiyasiga ega bo’ldi. Notijorat tashkilotlari tomonidan uy xo’jaliklariga ko’rsatilgan nobozor xizmatlarining YaIM dagi ulushi o’rtacha 1,1 foizni tashkil etdi. Yalpi jamg’arilish asosiy fondler va moddiy aylanma vositalari o’sishini ifodalaydi. 1991-2016 yillarda yalpi jamg’arilishning ulushi barqaror rivojlanish tendensiyasiga ega bo’lib, YaIM ning o’rtacha 25 foizini tashkil qildi. Yalpi jamg’arilishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg’arilishi tashkil qilib, iqtisodiyotda investitsion faollikni ifodalaydi. Mazkur ko’rsatkichning ulushi 1991 yildagi 25,1 foizdan 2016 yilda 27,8 foizgacha o’sdi. Xulosa Milliy hisoblar tizimi (MHT) bozor iqtisodiyoti sharoitida makrodarajadagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini muvofiqlashtirishda hamda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda foydalaniladi. MHT ikki tomondan iborat balans ko‘rinishdagi jadvallardan tuzilgan. Bir tomonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kirimi ko‘rsatilsa, ikkinchi tomonida ularning iste’moli, ishlatilishi ko‘rsatiladi. Tomonlar jami summalari teng bo‘lib, balans ko‘rinishini oladi. Milliy hisoblar – bu xalq xo‘jaligi bo‘yicha milliy daromad va pirovard mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda foydalanish jarayonlarini xarakterlaydigan jamlanma iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar nizimi makrodarajada kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlarini (mahsulot ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarini) o’zaro bog’liqlikda ifodalaydigan iqtisodiy ko’rsatlichlar jadvallaridan iborat. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi hamda bu operatsiyalar tomonlarining hisoblarida qiymat ko‘rinishida daromad (kirim) yoki xarajat (chiqim) sifatida ko‘rsatiladi. MHTda barcha operatsiyalar 3 sinfga ajratiladi. Bular: tovar va xizmat operatsiyalari; ayirboshlash operatsiyalari; moliyaviy operatsiyalar. MHTdagi sektorlar hisoblari, hamda iqtisod tarmoqlaridagi hisob axborotlari quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. yalpi ichki mahsulot (YaIM) sof ichki mahsulot (SIM) yalpi milliy daromad (YaMD) sof milliy daromad (SMD) pirovard istemol (PI) yalpi foyda (YaF) sof foyda (SF) milliy jamg‘arma (MJ) milliy boylik (MB) va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar Hudayberdiyev U. Statistika. O’quv qo’llanma. 2019 O’zbekiston Respublikasi ,,Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonun. Xalq so’zi, 2002-yil 26-dekabr Shodiyev X. Statistika nimani o’rgatadi. T.: ,,O’zbekiston”. Xudayberdiev U. X., Xоliqulоv A.N., Turdibekоv YU . I. Statistika. O`quv-uslubiy qo`llanma. Samarqand, SamISI, 2012. Shodiyev X. A. va boshqalar. Stаtistikа. Dаrslik, T.: tafakkur bo`stoni, 2013. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling