Asosiy qism Axloq yana insonni tarbiyalovchi ijtimoiy muhit


Axloq yana insonni tarbiyalovchi ijtimoiy muhit


Download 44.61 Kb.
bet2/4
Sana06.10.2023
Hajmi44.61 Kb.
#1694045
1   2   3   4
Bog'liq
Ibn Xaldun ijtimoiy taraqqiyotning mazmuni haqida

Axloq yana insonni tarbiyalovchi ijtimoiy muhit
Biroq, kelajakda hashamat tobora ortib borib, jamiyat uchun salbiy rol oʻynay boshlaydi. “Madaniyatli odamlar”, shu bilan birga “davlat odamlari” hisoblanib, zaiflasha boradi. Ular oʻzlarini himoyalash uchun yollanma askar va qoʻriqchilarga ehtiyoj seza boshlaydi. “Tamaddun va hashamat bilan bogʻliq odob-axloq – bu asl buzuqlikning oʻzidir, zero, inson foydani bilib, zarardan qocha, shu bilan birga toʻgʻri axloqqa ega boʻlsagina inson hisoblanadi. Tamaddun odami esa oʻz ehtiyojlarini qondira olmaydi, bu yo uning noziklashib ketishi oqibatida ojizligidan, yoki haddan tashqari farovonlik va hashamat bilan bogʻliq holda kibrga berilganligidan boʻladi.
“Davlat odamlari”ning dabdabali hayotga intilishi va davlat tarkibiga kiruvchi yollanma qoʻshin uchun xarajatlar bilan bir qatorda turmushning qimmatlashishiga olib keladi. Natijada iqtisodiyot vayron boʻladi, chunki “bu vaqtda davlatlarda xarajatlarning ortishi bilan yanada yangi soliqlar joriy etiladi”.
Jamiyat axloqiy tanazzulga yuz tuta boshlaydi. Ibn Xaldun shu bilan birga inson axloqini (xarakter, temperament) geografik, yaʼni ob-havo yoki iqlim bilan chambarcha bogʻliqligini taʼkidlaydi. Axloq yana insonni tarbiyalovchi ijtimoiy muhit bilan ham bogʻliq. Axloqiy meʼyorlar ushbu tarbiya natijasida oʻziga xos “odatlar”ga aylanib, davlatning rivojlanishi darajasiga muvofiq keladi va fuqarolarning axloqiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. “Bilingki, davlat turli bosqichlardan va yangi holatlardan oʻtadi hamda har bir bosqichda odamlar mazkur bosqich bilan bogʻliq boʻlgan huquqlarga ega boʻladilar va u boshqa bosqichdagi xulqdan farq qiladi”, deb yozadi Ibn Xaldun. Davlat va tamaddun rivojlanishining soʻnggi bosqichlarida axloqqa buzuqlik, yolgʻon, adovat, ayyorlik xos va bularning barchasi “istalgan usul bilan yashash uchun mablagʻlarni qoʻlga kiritish maqsadida” boʻladi. “Sen ularni yolgʻon gapirishda, xavfli oʻyinlarda ishtirok etishda, firibgarlikda, aldashda, oʻgʻrilikda, kafolatlarni buzishda, sudxoʻrlikda va savdo shartnomalariga rioya qilmasliklarida koʻrasan. Soʻngra sen ularning yanada firibgarlik va uning turli koʻrinishlarida tobora mohir va bezbet boʻlayotganliklarini koʻrasan, toki ular boriki odob-axloqni yoʻqotish darajasiga yetib boradilar. Bularning barchasi hatto qarindosh-urugʻlar orasida ham roʻy beradi”.
Shunday qilib, tamaddun va hashamat insoniyat jamiyatining inqirozidan va yakunidan xabar beradi. Ibn Xaldun oʻz fikrini quyidagicha ifodalab, misol keltiradi: “Agar shaharda juda koʻp nordon norinj daraxtini oʻtqazsalar, bu uning halokatidan darak beradi. Shuning uchun koʻpchilik oddiy odamlar hovlisida nordon norinjni ekishdan qoʻrqadilar. Bu norinjning oʻziga xos xususiyatiga bogʻliq emas, chunki nordon norinj va va sarv mevasining na taʼmi, na foydasi bordir. Biroq, bogʻlar va ularni sugʻorish tamaddun bilan bogʻliq boʻlib, qoplanganiga qaramay, tamaddunning intihosini anglatadi, chunki ularni bogʻlarda faqat shakl-shamoyili uchun va hashamatda dabdabaga erishilganidan soʻng ekadilar. Aytganimizdek, bu shaharning halokati va vayron boʻlishining boshlanishi xavfi mavjud boʻlgan bosqich hisoblanadi. Xuddi shunday fikr haqida ham aytiladi”.
Jamiyatning tanazzulga uchrashining asosiy sababi, barcha illatlarning markazi davlat hisoblanadi – bu “Muqaddima” asarining asosiy gʻoyasi. Oxir-oqibatda jamiyatning vayron boʻlishiga davlat amalga oshiradigan turli xil zoʻravonlik shakllari olib keladi. Ibn Xaldun shunday yozadi: “Adolatsizlik faqat birovning mulkini yoki molini biror bir sababsiz hamda kafforatsiz tortib olishda deb hisoblamagin. Bu barchaga maʼlumdir. Adolatsizlik bu ancha umumiy tushuncha. Birovning shaxsiy mulkini oʻzlashtirgan yoki mehnati samarasini kuch bilan tortib olgan, yoki undan noqonuniy tarzda biror bir narsani talab qilgan, yoki unga majburiy tarzda qonunda koʻrsatilmagan har qanday kimsa, oʻsha insonga adolatsizlik qilgan boʻladi.
Xuddi shunday, nohaq boʻlgan soliq yigʻuvchilar zolim hisoblanadi, birovning mulkiga tajovuz qilganlar ham zolim, insonni talon-taroj qilganlar ham zolim, odamlarni oʻz haq-huquqlarini amalga oshirishga monelik qilganlar ham zolim va umuman mol-mulkni koʻpaytiradiganlarning hammasi zolimdir. Bu balolarning barchasi jamiyatni barbod qiluvchi, uning mohiyati boʻlgan davlatga borib taqaladi”.
Ibn Xaldunning oʻz davrining davlatiga nisbatan salbiy munosabati shu qadar aniq ifodalanganki, arab mutafakkiri “feodal davlatning ahamiyatini va sulton yoki hukmdorning ijobiy rolini boʻrttirib koʻrsatgan”[6] degan baʼzi mualliflarning fikrlarini alloma qarashlari toʻgʻrisida bexabarliklari bilan izohlash mumkin. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, davlat koʻr-koʻrona kuch boʻlib, hayotga obyektiv (moddiy) sabablardan kelib chiqib yondashadi va shu obyektiv sabablarga koʻra oʻzi tekinxoʻrlik qilib, jamiyatni oʻldiradi hamda oʻzi ham halok boʻladi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Ibn Xaldunning ijtimoiy qarashlarida birinchi oʻrinda adolat prinsipi turadi. Mutafakkir adolat hukm surgan va qonunlar ustuvor boʻlgan davlatgina mustahkam boʻlishi toʻgʻrisidagi fikrni ilgari suradi. Shu jihatdan, allomaning qarashlarini ilmiy tadqiq etish va oʻrganish Uchinchi Renessans poydevorini barpo etar ekanmiz, bugungi kunda dolzarb boʻlib, juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 44.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling