Asosiy qism: Makroiqtisodiyot zonada yalpi talab


rasm. Yalpi talab va yalpi taklif o`rtasidagi movozanat


Download 249.6 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2023
Hajmi249.6 Kb.
#1632969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Хакимова Гулжахон

5 rasm. Yalpi talab va yalpi taklif o`rtasidagi movozanat


4. Yalpi talab va taklif o`rtasidagi muvozanat. Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kеsmasida ro’y bеrishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kеsmada kеsib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli rеal hajmining shakllanishiga hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish rеal hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib kеladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y bеradi.
Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng bo’lishi kerak. Avvalo yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizigining oraliq kesmada mos kelishini ko’rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda Re va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Re narxlarning muvozanatli darajasi va Ye milliy

6-rasm Investitsiya
ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko’rsatishimiz uchun narxlarning muvozanatli darajasi Re emas, balki R1 deb hisoblaymiz. Narxlar darajasi R1 bo’lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi.
Iste’molchilar narxlar darajasi R1 bo’lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste’molchilar o’rtasidagi raqobat narxlar darajasini Re gacha suradi. Narxlar darajasining R1 dan Re gacha ko’tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va iste’molchilarning talabini Y2 dan Ye gacha kamaytirishga olib kelali. Va bu AD, AS to’g’ri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re narx narxlarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.
R AS chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmadagi muvozanat chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini Keyns kesmasida kesib o’tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas. Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Ye va muvozanatli narxlar darajasini Re bilan belgilaymiz.
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U xolda AD2 deb hisoblacak, aksincha, ASYuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o’zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o’zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat narxlar darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida o’zrmgaay qoladi.
Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi. Yalpi taklifning o’zgarishi muvozanat narxlar darajasiga va milliy ishlab chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rib chiqamiz.
Yalpi taklif o’zgarishining ta’siri
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.
4. Talab va taklif tahlili asoslari.
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko‘p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta'siri; narxlarni nazorat qilish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta'siri va hokazo.
Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‘rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma'lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda muvozanatni ta'minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o‘rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba'zi bir xarakteristikalari bilan bog‘langan? Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta'sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo‘yicha farq qiladi? Nima uchun ba'zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz.
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da'vat etadi, bozorga yangi firmalarni o‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta'minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bo‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo‘ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‘ida intensiv bo‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig‘i (Demand) iste'molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga ketishi, iste'molchilarning narx qancha past bo‘lsa, ular shuncha ko‘p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko‘proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste'molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.


Xulosa
Yalpi talab - bu barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bеvosita bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Yalpi taklif - bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.
Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisabtning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.
Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:
a) rеsurslar narxining o’zgarishi;
b) samaradorlikning o’zgarishi;
v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi.
Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog’liq emas; narxlar darajasiga bеvosita bog’liq; yalpi taklifning o’sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig’i grafigi uchta kеsmaga ega: tik, yotiq va oraliq kеsmalar.
Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri chizig’ining kеynscha kеsmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq kеsmada - narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kеsmada esa - yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha rеsusrlar jalb etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.



Download 249.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling