Asosiy qism marketing tadqiqotlarning ahamiyati, mazmuni va shakllari


) Servis va turizm korxonalari raqiblarning marketing tadqiqotlari


Download 1.35 Mb.
bet10/14
Sana04.04.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1327957
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Turizm marketining xususiyatlari

5) Servis va turizm korxonalari raqiblarning marketing tadqiqotlari


Raqobat bu ma‘lum sohada bir xil maqsadga erishish uchun ayrim yuridik yoki jismoniy shaxslar (raqib)lar o’rtasida ko’rash.
Turistlik firma raqobat muhitining xususiyatlari bozor rivojlanish darajasini, unda ishlash murakkablash, ko’pgina marketing tafsilotlar: sotish hajmi va sharoitlari, narxlar, reklama usullari, savdoni rag’batlantirish belgilab beradi.
Raqobat ko’rashiga turizm sohasida ko’pgina omillar o’z ta‘sirini o’tkazadi.

  1. Raqib firmalar soni ko’paysa va ular o’lcham hamda imkoniyatlar nuqtasi nazaridan nisbatan mutanosib bo’lsa, kurash kuchayadi.

  2. Agar turmahsulotga bo’lgan tala basta-sekin o’sib borsa, raqobat kuchayib boradi. (Bozor tez rivojlansa, kurash susayadi. Chunki hammaga o’rin yetadi, aksincha, bozor o’sishi susaysa, korxonalar bozor ulushi uchun kurash boshlaydi).

  3. Turistlik bozoridagi raqobat kuchayishi ruy beradi, chunki turistlik xizmatlarga talab mavsumiy o’zgarishlarga buysinadi, Shu tufayli firmalar, odatda narxni pasaytirishga va sotish hajmini oshirish maqsadida, boshqa harakatlardan foydalanadi.

  4. Agar turistlik mahsulotlar yetarlicha tabaqalashgan bo’lmasa, raqobat kuchayadi. 5. Raqobat qo’llaniladigan amallar samarasiga muvofiq holda kuchayadi:

ularning samarasi qanchalik yuqori bo’lsa, boshqa firmalar ham unga intilib, harakatga kirishadi. Bu yerda raqiblar harakat tezligini va raqiblarning harakatini to’g’ri baholash uchun ularning salohiyati to’g’risida axborotni o’rganish katta ahamiyatga ega bo’ladi. Agar raqiblar asta-sekin yoki umuman harakat qilmasa, firma vaqtdan yutadi, raqiblar bunga bardosh bera olmaydilar. Bunday bilimga ega bo’lish strategik harakatlardan salohiyatli samara olishda afzallik yaratadi.
6. Agar tarmoqdan chiqish raqobatni davom ettirishga nisbatan qimmat bo’lsa, raqobat kuchayadi: chiqish uchun to’siqlar qancha yuqori bo’lsa, Shunchalik firmalar bozorda qolishga va imkoniyati boricha foyda kam bo’lsa ham raqobat kurashida qatnashishga harakat qiladilar.
Raqiblar marketing tadqiqotlarini uchta asosiy bosqichga bo’lish mumkin:
1. Raqobat muhitni marketing tadqiqotlari: raqobat kuchlarni tuzilishi va harakatning tahlili.
Turistlik bozorda raqobat tafsiloti faqat o’ziga xos bo’lishiga qaramasdan, barcha bozorlarda raqobat kurinishlari umumiylikka ega. Bu holat har xil bozorlarda aniqlagan qonunlarni turistlik bozorda qo’llashga imkon beradi.
M. Porter turistlik korxona raqobat muhitini shakllantiradigan beshta kuchni ajratib beradi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling