Aynan shu xossasiga ko’ra, ular tasniflanadi.
1. Quriydigan moylar – zig’ir, nasha, ko’knor, perilla, lallemansiya, tunga moyi
2. Yarim quriydigan – kungaboqar, kunjut, soya, yong’oq, paxta, maxsar va karamdoshlar
oilasiga kiruvchi o’simliklar moyi
3. Qurimaydigan – kastor, bodom, yeryong’oq
O’simlik moylari ishlatilishiga ko’ra, oziq-ovqat va texnik moylarga bo’linadi.
1. Oziq-ovqat moylari – zaytun, yeryong’oq, soya, paxta, kungaboqar, ko’knor, nasha,
kakao, bodom, kunjut, yong’oq, xartol moylari
Bu moylar oziq-ovqat, konditer, nonvoychilik, margarin, konserva mahsulotlari tayyorlashda va
chorva hayvonlari uchun yem-hashak tayyorlashda ishlatiladi.
2. Texnik moylar – tunga, perilla, lallemansiya, kanakunjut moylari
Texnik moylar lak-bo’yoq, rezina, elektrotexnika, aviatsiya, avtomobil, sovun tayyorlash,
meditsina, parfyumeriya va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo’llaniladi.
Tarkibida moy tutuvchi madaniy va tabiiy xolda o‘sadigan o‘simliklar respublikamizda
keng tarqalgan. Moyli ekinlarning tarkibida 20 foizdan to 60 foizga qadar moy mavjud bo‘lib,
bu moylar oziq-ovqatda, konservalar ishlab chiqarishda, qandolat va non maxsulotlari
tayyorlashda keng ishlatiladi.
Yer sharida moyli ekinlar ekiladigan maydonlar 140 mln. gektardan ziyodroqni tashkil
qiladi. Ular orasida soya eng ko‘p maydonga, ya’ni, salkam 74 mln gektar yerga ekiladi. Hozirda
bu o‘simlikni ekishga respublikamizda , qolaversa, viloyatimizda ham keng sharoit yaratib
berilmoqda. Kungaboqar 18,5 mln gekarga, raps 22 mln gektardan ziyodroqqa, yeryong‘oq
salkam 22 mln gektarga, zig‘ir 7,5 mln., kunjut salkam 7 mln gektarga ekilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |