O’simlik lipidlari asosan suyuq holatda bo’ladi va ular moylar deb ataladi. Ular suvda
erimaydi, ammo har xil organik erituvchilar (aseton, efir, benzin va boshqalar) da yaxshi eriydi.
Moylar zahira ozuqa moddasi hisoblanib, o’simliklarda uglevod hosil bo’lishi va nafas olish
jarayonlarida ishlatiladi. Ularning energetic quvvati juda yuqori. 1 gr moy parchalanganda 9500
kaloriya energiya hosil qiladi (1 gr oqsil 4400, uglevod 4180 kal).
Yuksak o’simliklarning juda ko’pi (3/4 qismi) moyli o’simliklar hisoblanadi. Chunki
ular juda oz miqdorda bo’lasa ham tarkibida moylarga ega bo’ladi. Ammo ularning orasida
ayrimlarigina o'zining turli organlarida, ayniqsa, meva hamda urug'larida ko'p miqdorda sifatli
yog' - moylarni saqlaydi. Bunday o'simliklar ozuqabop yoki texnik yog'-moyli o'simliklar bo'lishi
mumkin. Shuning uchun ham bunday o'simlik turlaridan olinayotgan xom-ashyo mahsulotlari
oziq-ovqat tarmoqlarida hamda texnikaning deyarli barcha yo'nalishlarida ishlatiladi.
Dorivorlik va texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan moyli o'simliklarning vakillaridan
olinayotgan moylar ilmiy tabobatda dori-darmonlar tayyorlashda, texnikada esa detallarni
moylashda foydalaniladi.
Moyli o’simliklar ko’plab oilalarda uchraydi, turli xil iqlim sharoitlarida tarqalgan
bo’ladi.Moyli o'simliklar bir yillik, ko'p yillik o't hamda buta va daraxtlardan iborat bo'lib, cho'l, adir,
tog'larda o'sadi.
O’simlik moylari holatiga ko’ra, suyuq va qo’yiq moylarga jraladi. Qo’yiq moylarga
kokos, kakao, palma moyi kabilar kiradi.
O’simlik moylarining asosiy muxim ko’rsatkichlaridan biri – qurish xossasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |