Asosiy qism Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari


Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I)


Download 0.75 Mb.
bet4/11
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1446872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA YALPI ICHKI MAHSULOT KO’RSATKICHINI HISOBLASH SHARTLARI VA USULLARI

Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):

  1. asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;

  2. korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;

  3. tovar zahiralari о’rtasidagi farqlar yoki zahiralarning о’zgarishi.

  • Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yо’llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida tо’lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu о’rinda ta‘kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert tо’lovlari kiritilmaydi.

    Sof eksport (Xn). Mamlakatning import va eksport operatsiyalari bо’yicha xarajatlar о’rtasidagi farq.
    Demak, YAIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:

    YAIM=C+I+G+Xn YAIMni daromadlar bо‘yicha hisoblash


    YAIMni daromadlar bо’yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etgan rezidentlar, ya‘ni ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratilgan, qо’shilgan qiymatlar hisobidan, tо’langan dastlabki daromadlar qо’shib chiqiladi.
    YAIMni daromadlari yig’indisi kо’rinishida hisoblashda asosan quyidagi kо’rsatkichlardan foydalaniladi:

    1. Iste’mol qilingan kapital hajmi (CCA) yoki amortizasiya (A), ya‘ni, joriy yildagi YAIMni ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan investisiya tovarlarini sotib olishga mo‘ljallangan ajratmalar;

    2. Biznesga egri soliqlar (T) – mahsulot bahosini oshiruvchi, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Jumladan, qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar, lisenziya to‘lovlari va bojxona bojlari.

    3. Yollanma ishchilarning ish haqlari (W), ya‘ni xususiy va davlat kompaniyalarining ish xaqi to‘lashga sarflagan umumiy xarajatlari (ish xaqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari

    – nafaqa, bandlik va boshqa ijtimoiy fondlarga).


    1. Download 0.75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling