Asosiy qism Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari


Asosiy qism Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari


Download 0.75 Mb.
bet2/11
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1446872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA YALPI ICHKI MAHSULOT KO’RSATKICHINI HISOBLASH SHARTLARI VA USULLARI

Asosiy qism

Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari


Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot kо’rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat kо’rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini ifodalasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular о’zaro farqlanadi.
Bugungi kunga kelib milliy hisobchilik tizimini qо’llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot kо’rsatkichi asosiy makroiqtisodiy kо’rsatkich sifatida tan olinadi.
Kо’pgina iqtisodiy adabiyotlarda YAIMga ishlab chiqarilishda qо’llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat‘iy nazar, mamlakatning jug’rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig’indisi deb ta‘rif berib kelingan.
1993 yilda BMT tomonidan qabul qilingan MHTning yangi talqiniga

pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan kо’ra yalpi ichki mahsulot (YAIM) tushunchasiga aniqlik kiritildi. Yangicha talqiniga kо’ra:

YAIMning «ichki» deb atalishiga sabab, uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki
Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy
hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bо‘lgan (ishlab chiqarish
faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq
yashayotgan) barchamamlakat yuridik shaxsi boshqa iqtisodiy birliklar (korxonalar, uy xо‘jaliklari) rezident mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa о’sha mamlakat rezidenti deb qaraladi.
Elchixonalar va harbiy bazalar о’zlari tegishli bо’lgan mamlakatlarning
iqtisodiy makoni bо’lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YAIMni hisoblashda iqtisodiy va jug’rofiy hudud о’rtasidagi farq deb qaraladi.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil: ishlab chiqarish, xarajatlar va daromadlar usullari bilan hisoblanadi. Har uchala usul bilan hisoblangan YAIM kо’rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda о’zaro teng bо’lishi lozim.
Shu bilan birga har uchala usul bilan YAIM kо’rsatkichni hisoblashda о’ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.
YAIMni hisoblash shartlari:

  1. YAIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlar bozor qiymatini, ular sotilgan yoki sotilmaganligiga qaramasdan о’z ichiga oladi.

  2. YAIM tovarlar va xizmatlarning bozor qiymati orqali о’lchanib, ular qiymat kо’rsatgichida (sо’m, frank, dollar, yevro, dinar, iyena, rubl va boshqa pul birliklarida) hisoblanadi.

  3. YAIMda faqatgina yakuniy tovar va xizmatlar hisobga olinadi.

  4. YAIMga noishlab chiqarish bitimlari bо’yicha tushumlar kiritilmaydi. Masalan, davlat va xususiy transfertlar, avval sotilgan va ishlatilgan buyumlarni qayta sotishdan tushgan tushumlar, qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushumlar.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling