Asosiy qism yan Amos Komenskiy hayoti va faoliyatini
Download 448.79 Kb. Pdf ko'rish
|
tegirmondir», deb maqomini keltiradi. Uning eng katta xizmati shundaki, u o’rta
asrdagi kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga qarshi chiqdi, bolalarga insoniy muomala qilishni talab qildi. «Yaxshi yo’lga qo’yilgan maktab qonunlari» nomli asarida o’quvchilar xatti-harakatlariga taalluqli qimmatli qoidalar bayon etilgan. Komenskiyning pedagogika sohasidagi merosi ta’lim-tarbiyada ahamiyati juda kattadir. Uning ko’p tillarga tarjima qilingan darsliklari ko’pgina mamlakatlarda, shuningdek, XVII-XVIII asrlarda Rossiyada ham keng tarqaldi va 150 yildan ko’proq davr davomida eng yaxshi darslik sifatida xizmat qilib keldi. Uning asrlari, qimmatli fikrlari hozir ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q. XULOSA Mavzu yuzasidan olib borilgan nazariy tadqiqotlar hamda mavjud adabiyotlarni o’rganish orqali ta’lim nazariyalarining mohiyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilish orqali quyidagi xulsalarga kelindi: Ta’lim nazariyalarining mohiyati va vazifalari quyidagilardan iborat. - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; - ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. Ta’limning assosiativ-reflektorli konsepsiyasi bosh miyaning shartli refleksiv faoliyati tasavvurlariga asoslanadi, persepsiya va assosiasiyalar o’rtasidagi munosabatlarni ochib beradi. Ma’nosi shundaki, inson miyasi sezgi organlari signallarini yodga olibgina va voqyealar o’rtasidagi bog’liqliklarni (assosiasiyalar) aniqlab olish va qayta tiklash qobiliyatiga ham egadir. O’qitishning ketma-ketligi quyidagi bosqichlardan kelib chiqadi: 1. Harakat bilan dastlabki tanishish, OOD yaratish, ya’ni o’quvchi hayolida harakatlar taxminiy asosini (OOD) qurish. OOD - o’rganilayotgan harakatni matn yoki grafik usulda tuzilgan modeli, uni to’g’ri bajarish shartlari sistemasidir, OODning bir necha turlari mavjud: to’la, to’la bo’lmagan, invariantli. 2. Mmoddiy harakatlar. O’quvchilar o’z harakatlarini o’quv topshirig’iga binoan tashqi moddiy shaklda, o’z harakatlarini OOd (instruksiya) bilan solishtirib bajaradilar. 3. Tashqi nutq bosqichi. Bir necha bir-biriga o’xshash harakatlarni bajargandan so’ng instruksiyaga murojaat etish zaruriyati qolmaydi. O’quvchilar ushbu vaziyatdao’zlashtirayotgan harakatlarini, o’sha operasiyani ovoz chiqarib aytadilar. Ularning ongida o’quv ma’lumotlarini umumlashtirish, qisqartirish sodir bo’ladi, harakatlar esa avtomatlasha boshlaydi. 4. Ichki nutq bosqichi. O’quvchilar bajarayotgan harakatlarini ovoz chiqarmay ichlarida gapiradilar, shu bilan birga eng murakkab, harakatlarning muhim elementlarini gapira oladilar, bu uni yanada aqliy umumlashtirish, qisqartirishga imkon beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling