Asosiy qism yan Amos Komenskiy hayoti va faoliyatini


Download 448.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana08.02.2023
Hajmi448.79 Kb.
#1177440
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


REJA: 
KIRISH 
ASOSIY QISM 
1. Yan Amos Komenskiy hayoti va faoliyatini
2. Yan Amos Komenskiy yashagan davr va uning ijtimoiy qarashlari
3. Yan Amos Komenskiyning pedagogik faoliyati, sinf-dars tizimining 
yaratilishi 
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI 


KIRISh 
Мавзунинг долзарблиги. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida 
ta’kidlanganidek, «Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlardanoq, 
buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya 
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari 
bilan uyg’unlashtirish asosida jaxon andozalari va ko’nikmalari darajasiga 
chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda»
1
.
Pedagogika nazariyasidan har bir bo’lg’usi o’qituvchi-bakalavr, qaysi fan 
mutaxassisi bo’lib yetishishidan qat’iy nazar o’quv-tarbiyaviy faoliyatni 
muvaffaqiyatli olib borishi uchun zarur bo’lgan pedagogik bilimlar va 
ko’nikmalarning umumiy xajmini, o’qituvchi-murabbiyga xos umumiy kasbiy va 
shaxsiy fazilatlarni shunindek ta’lim va tarbiya nazariyalarini egallashlari lozim. 
Ayni paytda o’rta maxsus va kasb xunar ta’limi o’qituvchilarining o’ziga xos 
xususiyatlari ham mavjud. Shunga ko’ra xar bir mutaxassis-o’qituvchi shaxsi 
o’ziga xos betakrordir va bu xolat o’z navbatida bakalavr-bo’lhusi o’qituvchilarni 
pedagogikadan tayyorlash mazmuni, umumiy va o’ziga xos jihatlari va 
aloqadorligi o’zaro uyhunlikda namoyon bo’ladi.
Ta’lim nazariyasi talabaning umumpedagogik bilim darajasini kengaytiradi, 
pedagogik merosimizga xurmat bilan munosabatda bo’lishga o’rgatadi. Ta’lim va 
tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta’lim, uning rivojlanish jarayoni 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichda ilmiy 
bilimlar darajasi bilan bohliqligi to’hrisida aniq tasavvur hosil qiladi. Bo’lajak 
o’qituvchi pedagogika tarixi kursini o’rganish davomida boshqa psixologik-
pedagogik o’quv fanlari, pedagogik tushunchalar yuzasidan fikr yuritadi hamda 
ularning mohiyatini tushuna boradi.
Yan Amos Komenskiy progressiv g’oyalari bugungi kunda mustaqil 
O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi islohotlari, uning maqsad 
vazifalari bilan o’ziga xos uyg’unlikni ko’rsatdi. 


Aynan ilm-ma’rifat orqali jamiyatdagi progressiv yo’nalish asosi portlash 
effektini amalga oshirish Prezidentimiz I.A.Karimovning asosiy g’oyalaridan biri 
hisoblanadi. 
Ta’lim mazmunini standartlashtirish, yangi pedagogik texnologiyaga 
asoslanish Yan Amos Komenskiy o’z davrida ilgari surgan progressiv g’oyalarning 
davomidir 
U yoki bu pedagogik konsepsiyalar, ta’limotlarni tavsiflaganda shu 
ta’limotlar ijodkorining hayoti va faoliyatidagi eng muhim voqyealarni asos qilib 
olish nazarda tutiladi.
Respublikamizning 
hozirgi 
davrdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish 
uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni 
XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni 
talab qiladi. Buning uchun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashini 
o’zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga 
ko’tarish zarur. Bunday murakkab ijtimoiy vazifani hal etishda boshqa fanlar qatori 
ilmiy asosga qurilgan milliy pedagogika zimmasiga katta mas’uliyat tushadi. 
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonunda: «O’zbekiston Respublikasi ta’lim 
to’g’risidagi siyosatini umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, 
madaniyat va fan bobida ko’p asrlik an’analarini, jamiyatning istiqboldagi 
rivojlanishini hisobga olgan holda yurgizadi», — deyilgan. 
Shu bilan bir qatorda, ta’lim va tarbiya bilan hamma, ya’ni butun jamiyat 
a’zolari shug’ullanishlari kerak ekanligini ham hayotning o’zi ko’rsatdi. Bu 
mas’uliyatli vazifada o’z faoliyatini ta’lim-tarbiya sohasiga bag’ishlagan kishilar 
bilan bir qatorda jamiyatning bilimli va obro’-e’tiborli a’zolari, oliy ma’lumotli 
mutaxassislar o’z hissalarini qo’shishi kerak. Chunki ular o’zlarining bilimlari va 
yuqori malakalari bilan mehnat jamoalarida katta e’tiborga egadirlar. Xamma 
joyda ularning so’zlari yuqori ta’sir kuchi bilan ajralib turadi. 

Download 448.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling