Asosiy qism
Kamchiliklar va muammolar
Download 1.28 Mb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturning maqsad va vazifalari
- Birinchi bosqich
- Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
- 1.3 «Talim to’g’risida»gi Qonun
- Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)
- Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)
- Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida 2.1 O’zbekiston Respublikasining Ta`lim tizimini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari
- 2.2 Ta’limning inson rivojlanishiga ta’sir
- Birinchisi
- O’zbekiston Respublikasi
- Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
1.2. Kamchiliklar va muammolar Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integratsiyaning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Ta'lim -tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir. Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog'lanmagan. Maktabgacha ta'lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog'cha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi o’rtasida sezilarli tafovut mavjud. Maktablarda va boshqa o’quv yurtlarida ta'lim jarayonining o’zidagi va o’qitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki o’quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yo’q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o’z o’rnini aniqlay olmaydi. Ularda o’zlariga ishonch shakllangan emas. O’rta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirmoqda, xolos. Majburiy to’qqiz yillik ta'limga asoslangan o’n bir yillik umumiy o’rta ta'lim ilmiy asoslanmagandir, u o’quvchilarda kasbga yo’naltirish va ta'limning amaliy yo’nalganligi yetarli darajada bo’lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanishini ta'minlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta'limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda. Ta'lim tizimidagi mavjud umumta'lim va kasb-hunar dasturlari o’rtasida uzviylik va vorislikning yo’qligi sababli tayanch va o’rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo’naltirilganlik va mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o’z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo’lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar. o’quv jarayoni bilim darajasi o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lib, ta'limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o’quv dasturlari bo’yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti. O’quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to’liq xoli bo’lganicha yo’q, ularda ma'naviyat va ahloq asoslarini o’rgatuvchi, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha o’rin berilmayapti. Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta'lim muassasalariga o’tish ko’proq og'izda bo’lib, amalda esa ularda ta'lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o’quv-uslubiy bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan o’tmagan o’qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda. Bir bosqichli oliy ta'lim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlarni va ilg'or xalqaro tajribani to’liq hajmda hisobga olmayotir. o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlari yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat bozorining o’zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormayapti. Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga yetarli darajada qo’shilganlari yo’q. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, ta'lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o’tkazish vazifalari belgilab olinmagan. O’quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob'ektivlik va tezkorlikni ta'minlamaydi. Kasb-hunar ta'limining obro’si hamda o’qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta'lim xizmati ko’rsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud emas, ta'lim tizimini ko’p variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda. O’qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo’lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar etishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 foizi oliy ma'lumotlidir. Maktablarning o’qituvchilar bilan ta'minlanganligi o’rtacha 93 foizni tashkil etgani holda, bu ko’rsatkich ayrim viloyatlarda 77-80 foizdan, muayyan fanlar bo’yicha esa 50 foizdan oshmaydi. Ilmiy va ilmiypedagog kadrlarning o’rtacha yoshi "ulg'ayib" bormoqda. Respublika oliy o’quv yurtlarida 40 yoshga to’lmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlar o’rtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir. Islox qilish omillari Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islo qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat: Respublikaning demokratik xuquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan izchil ilgarilab borayotganligi; mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo'nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yoliga izchil o'tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayyotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topganligi; milliy o'zlikni anglashning o'sib borishi, vatanparvarlik, o'z vatani uchun iftixor tuyg'usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat; O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondag i mavqei va obro'-e'tiborining mustahkamlanib borayotganligi. Dasturning maqsad va vazifalari Mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: "Ta'lim to’g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiqta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash; ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash: Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta'lim oluvchilarni ma'naviy ahloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akrreditasiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; ta'lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag'lar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 2.2.Dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratish.Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur: "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiqta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash; Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish; Ta'lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma'naviy-ahloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo'yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va joriy etish; O'quv-uslubiy majmualarning hamda ta'lim jarayoni didaktik va axborot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish; O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun zarur moddiy-texnika, o'quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash; Ta'lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablag'lar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish, davlat ta'lim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda ta'lim xizmati o'rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish; Ta'lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati va ularga bo'lgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish; Xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro donorlik tashkilotlari va fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek respublika ta'lim sohasiga chet el investisiyalarini jalb etish bo'yicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro'yobga chiqarishning monitoringini olib borish. Ushbu bosqichda bolalarni olti-etti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan o'quvchi o'rinlari zarur moddiy-texnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta'minlangan holda izchil tayyorlanadi. Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro'yobga chiqarish yo'nalishlariga niqliklar kiritiladi. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.Majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga, shuningdek o'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta'limga o'tish to'liq amalga oshiriladi.Ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o'quvtarbiya jarayoni yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'mi nlanadi. Uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish amalga shiriladi.Ta'lim xizmat ko'rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to'liqishga solinadi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiqkadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liqta'minlanadi.Milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o'zini o'zi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi.Ta'lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot tarmog'iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olinadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta'lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi; fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiqbo’lishini va hayot o’zgarishlariga moslashuvchanligini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta'lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg'or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir. 1.3 «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida nutq so’zlab, ta'lim-tarbiya tizimida islohatlar o’tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar. “Ta'lim to’g’risidagi” ushbu qonun 5 bo’lim, 34 moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir.
Qonunning 3- bo’limida ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya kilish, 4-bo’limida ta'lim tizimini boshqarish masalalari yoritilgan, 5- bo’limda esa Yakuniy qoidalar ifodalab berilgan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning to’laqonli ro’yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishiini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko’rsatiladi: «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir: Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro’yobga chiqarishning ikkinchi bosqichda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishi alohida urg’u beriladi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, yana shuningdek, ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash; o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi; milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish; ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta’minlanadi. Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida 2.1 O’zbekiston Respublikasining Ta`lim tizimini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek,‖ Ta`lim – tarbiya sohasining yaxlit , uzliksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlarini izchil davom ettirish lozim ‖11 Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish , tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish , dunyoqarashini shakllantirish , nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab beradi . Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi: -maktabgacha ta‘lim; -umumiy o‘rta ta‘lim; -o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi; -oliy ta‘lim; -oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim; -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta‘lim. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin. Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin , har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo`ladi. Respublikamizda kasb – hunar kollejlari va akademik litseylar tizimini shakllanganligi , ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos, hatto chet ellarda tan olindi. Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori darajada ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tarkibiy qismlarining funksiyalari aniq belgilangan va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni tizimli bajarilishini ta‘minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash o‘zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ba‘zi holatlarga e‘tibor bilan qarash imkonini beramaydi. Shu bilan birga,uzluksiz ta‘lim kasb-hunar kollejlarida amaliy ko‘nikma va bilimlarni berishda, oliy ta‘limning sifati ta‘minlanayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ushbu kollejlarda malakali mutaxasislarni tayyorlash mumkin. Bu jarayonga oliy ta‘lim muassasalari mutaxasislik fanlari o‘qituvchilarini jalb etish bilan ikki ta‘lim turi o‘rtasidagi integratsiyani jadallashtirish mumkin. Shu bilan birga,oliy ta`limning zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ikki bosqichli tizimi - bakalavr va magistratura yaratilishi ta`lim tizimida yuksak malakali kadrlar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga amaldagi oliy malakali ilmiy va ilmiy –pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimining kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ta`lim tizimidagi o`zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida tubdan isloh qilishning ob`ektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Yetuk qadrlarni tayyorlashda oliy ta‘lim tizimining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligi uzluksiz ta‘limning bu bo‘g‘iniga qaratilayotgan e‘tibordan ham bilib olishimiz mumkin. Buni quyidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar miqiyosida ham ko‘rishimiz mumkin: 2011-2012 O‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qat‘iy talab qo‘yildi: -birinchidan, ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini; -ikkinchidan, xorijiy tillar , ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o‘quv dasturlari har bir ta‘lim yo‘nalishining o‘ziga hosligidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilmoqda. Ma‘lumki xorijiy tilni bilish allaqachon davr talabiga aylanib ulgurdi. Prezidentimizning 2012yil 10-dekabrdagi ‖Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi Qarori chet tillarini o‘rganishning kompleks tizimini ya‘ni uyg‘un kamol topgan yuksak ma‘rifatli, zamonaviy tomonidan yuksak fikrlaydigan yosh avlodni shakillantirish , O‘zbekistonning jahon ahamiyatiga integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizimni yanada kuchaytirishni nazarda tutdi. Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha 2011-2016- yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish uchun 277 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganligi diqqatga O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dunyoning barcha davlatlari baholanmoqda. Ko‘plab xorijiy davlatning nufuzli shaxslari bizning ta‘lim tizimimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlarni bildirishmoqda. Xususan, Dortmund texnika universiteti professori Gabriele Mentges ta`kidlaganidek, Mamlakatingizda iqtidorli o‘qtuvchi va talabalarni davlat tomonidan keng miqiyosda qo‘llab quvvatlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Imtiyozli stipendiyalar va mukofotlar joriy etilgan, ko‘rik tanlovlarni muntazam o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan.‖ Ayni chog‘da o‘zbekistonlik yoshlar xalqaro olimpiyadalar, san‘at va madaniyat ko‘rgazmalarida hamisha yuqori saviyada qatnashib kelmoqdalar. Ularning hammasi mamlakat raxbarining ta‘lim-tarbiya sohasiga qaratayotgan yuksak e‘tibori, bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohatlar va kompleks chora tadbirlar samarasidir‖.Shunday iliq fikrlarni Rene Tollemer, Xalqaro tibbiyot akademiyasi ekspermizasi a‘zosi, Tuluza universiteti professori (Fransiya) , Lyuza Serdeyra, universiteti prorektori (Portugaliya) , Dayen Adachi, Vashington universiteti vitse- prezidenti yordamchisi (AQSh). Ushbu iliq fikrlarning bildirilishi bizning ta‘lim tizimimiz Jahon Hamjamiyati tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki yurtimizda buyuk ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lish uchun yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun , davlat boshqaruvi tomonidan , zaruriy ta‘lim yo‘nalishlarini va ular bo‘yicha bilim oladigan mutaxasislarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash yangi o‘quv-uslubiy asoslarni yaratish hamda boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozim. Shunday qilib , ‖Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ asosida mamlakatimiz ta‘lim tizimining imkoniyatlaridan foydalanish , uzluksiz ta‘limni yanada takomillashtirish asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir 2.2 Ta’limning inson rivojlanishiga ta’sir Inson rivojlanishining asosiy maqsadi odamlarning farovonligini ta‘minlash, sog‘lom va bunyodkorlik hayotidan yetarlicha bahra olish imkoniyatini beradigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda ekologik muhitni yaratishdan iborat.Inson rivojlanishi konsepstiyasida ta‘lim asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasi davomida ta‘lim va ilm-fanni yuqori darajada rivojlantirish ijtimoiy, texnik hamda iqtisodiy taraqqiyotning muhim dvigatellari hisoblangan.Statistik ma‘lumotlar kambag‘allik muayyan darajada ta‘lim darajasiga ham bog‘liq ekanini tasdiqlaydi. Bu bir tomondan, kam rivojlangan mamlakatlarning o‘z ta‘lim sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashi uchun moliyaviy resurslarining cheklanganligi bilan izohlanadi. Ikkinchi tomondan, mamlakatning yuqori darajali ish unumdorligini va pirovardida iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasini ta‘minlash imkoniyati ham aynan ta‘lim darajasiga bog‘liqdir.Aholisi ancha savodli mamlakat ishlab chiqarishni rivojlantirish, ish o‘rinlarini tashkil etish borasida nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda odatda ishsizlik va ishga layoqatli aholining ish izlabboshqa davlatlarga borish darajasi past.O‘qimishli odamning ma‘lumotsiz odamga qaraganda ish topishi osonroq. Barcha mamlakatlarda ishsizlik darajasi har doim ma‘lumoti past yoki yo‘q aholi orasida yuqoridir. Ta‘lim aholining salomatlik darajasi va uning kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi, ya‘ni inson rivojlanishining yana bir muhim ko‘rsatkichi bilan bevosita bog‘liqdir. O‘qimishli aholi o‘z sog‘lig‘ini asrab-avaylaydi, profilaktika choralarini yaxshi qo‘llaydi, asosan sog‘lom turmush tarziga rioya qilib hayot kechiradi, kasallikni o‘z vaqtida aniqlaydi, o‘ziga birinchi yordam ko‘rsatadi, malakali tibbiy yordamga murojaat qila oladi. Inson rivojlanishining asosiy parametrlari — ta‘lim ko‘rsatkichlari va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ulushini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar hajmi taqqoslansa, yuqorida aytilgan gaplar o‘z tasdig‘ini topadi. Ayrim mamlakatlar darajasida ta‘lim ko‘rsatkichining ahamiyati yalpi ichki mahsulot yuqori ko‘rsatkichiga har doim ham mos kelmasa, mamlakatlar aholi jon boshiga daromad miqdori bo‘yicha jamlansa, bunday muvofiqlik o‘z-o‘zidan oydinlashadi. Ta‘lim darajasi ko‘rsatkichining oshishiga qarab yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi ham o‘sadi. Ta‘limning insonning ma‘naviy va aqliy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyatini shakllantirishga ta‘sirini aniqlashda uning muhim jihatlarini bir-biri bilan bog‘liq holda davlat, jamiyat va shaxs nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mezoni qabul qilingan. Shaxs darajasida — bu shaxsning o‘z iste‘dodini to‘liq namoyon etish, tabiat in‘om etgan aqliy qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatidir. Ayni paytda bu insonga ishda o‘zini namoyon etish imkonini beradigan umumiy va kasbiy bilimni egallashdir. O‘qimishli kishining ma‘naviy olami nisbatan boy, hayoti faqat moddiy farovonlik bilan cheklanib qolmaydi. Ta‘lim insonga o‘zining ma‘naviy ehtiyojlarini amalga oshirish, hayotini to‘laqonli va mukammal qilish imkonini beradi. Davlat darajasida — davlat mamlakat aqliy salohiyatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi darkor. ―Iqtisod fanlari‖ni keng joriy etishda zarur bilimga ega bo‘lish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va uning milliy boyligini to‘plashning muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Aholining ma‘naviy boyligi mamlakatda huquqiy madaniyatni, shuningdek, xalqning ozod, demokratik, huquqiy davlatda yashash va mehnat qilish, o‘z huquq va erkinliklarini anglash,ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish qobiliyatini uzviy hamda oson shakllantiradi. Biz yuqorida Ta‘lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanashini, jamiyatning muhim muammolarini hal etishda ham u asosiy o‘rin egallashini va ta‘lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismi sifatida qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va gumanitar muammolarni bartaraf etishga mislsiz ta‘sir ko‘rsatishini takidlab o‘tdik. Barcha mamlakatlar rivojlanishga intiladi. Ammo jahonda qaysi mamlakat yaxshi, qaysi mamlakat kamroq rivojlanganini qanday mezonlar bo‘yicha aniqlash mumkin? ―Rivojlanish‖ va ―taraqqiyot‖, ―rivojlanish‖ va ―ijtimoiy adolat‖, ―rivojlanish va ―tenglik‖, ―rivojlanish‖ va ―barqarorlik‖ tushunchalari o‘rtasida qanday uzviylik bor? Bu savollarning javobi rivojlanishning asosiy maqsadi qanday aniqlanishiga, ya‘ni uning maqsadi boylik to‘plashmi yoki boshqa — odamlar farovonligini oshirish, har bir inson erkinligi va ijtimoiy himoyalanishi uchun sharoityaratish, u ijodiy va samarali mehnat qilishi uchun tegishli sharoit bilan ta‘minlash, inson va tabiatning birday mavjud bo‘lishi muammolari qanday hal qilinishiga bog‘liq. Bu borada BMT Rivojlanish dasturi aynan oxirgi tezisdan inson rivojlanishi konstepstiyasi uchun asos sifatida foydalandi.Inson rivojlanishi konstepstiyasin Ta‘limning insonning ma‘naviy va aqliy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyatini shakllantirishga ta‘sirini aniqlashda uning muhim jihatlarini bir-biri bilan bog‘liq holda davlat, jamiyat va shaxs nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mezoni qabul qilingan. Shaxs darajasida — bu shaxsning o‘z iste‘dodini to‘liq namoyon etish, tabiat in‘om etgan aqliy qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatidir. Ayni paytda bu insonga ishda o‘zini namoyon etish imkonini beradigan umumiy va kasbiy bilimni egallashdir. O‘qimishli kishining ma‘naviy olami nisbatan boy, hayoti faqat moddiy farovonlik bilan cheklanib qolmaydi. Ta‘lim insonga o‘zining ma‘naviy ehtiyojlarini amalga oshirish, hayotini to‘laqonli va mukammal qilish imkonini beradi. Davlat darajasida — davlat mamlakat aqliy salohiyatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi darkor. ―Iqtisod fanlari‖ni keng joriy etishda zarur bilimga ega bo‘lish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va uning milliy boyligini to‘plashning muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Aholining ma‘naviy boyligi mamlakatda huquqiy madaniyatni, shuningdek, xalqning ozod, demokratik, huquqiy davlatda yashash va mehnat qilish, o‘z huquq va erkinliklarini anglash,ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish qobiliyatini uzviy hamda oson shakllantiradi. Biz yuqorida Ta‘lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanashini, jamiyatning muhim muammolarini hal etishda ham u asosiy o‘rin egallashini va ta‘lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismi sifatida qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy vagumanitar muammolarni bartaraf etishga mislsiz ta‘sir ko‘rsatishini takidlab o‘tdik. Barcha mamlakatlar rivojlanishga intiladi. Ammo jahonda qaysi mamlakat yaxshi, qaysi mamlakat kamroq rivojlanganini qanday mezonlar bo‘yicha aniqlash mumkin? ―Rivojlanish‖ va ―taraqqiyot‖, ―rivojlanish‖ va ―ijtimoiy adolat‖, ―rivojlanish‖ va ―tenglik‖, ―rivojlanish‖ va ―barqarorlik‖ tushunchalari o‘rtasida qanday uzviylik bor? Bu savollarning javobi rivojlanishning asosiy maqsadi qanday aniqlanishiga, ya‘ni uning maqsadi boylik to‘plashmi yoki boshqa — odamlar farovonligini oshirish, har bir inson erkinligi va ijtimoiy himoyalanishi uchun sharoityaratish, u ijodiy va samarali mehnat qilishi uchun tegishli sharoit bilan ta‘minlash, inson va tabiatning birday mavjud bo‘lishi muammolari qanday hal qilinishiga bog‘liq. Bu borada BMT Rivojlanish dasturi aynan oxirgi tezisdan inson rivojlanishi konstepstiyasi uchun asos sifatida foydalandi. Inson rivojlanishi konstepstiyasining boshlanishini insoniyat tarixining boshlang‘ich davrlari, ko‘plab madaniy va diniy manbalardan topish mumkin. Nafaqat qadimdagi muarrixlar, balki faylasuflar ham (Demokrat, Platon, Arastu, Lukrestiy va boshqalar) ijtimoiy rivojlanish mohiyatini anglashga harakat qilgan. O‘rta asrlarda yashab ijod qilgan Didro ana shunday faylasuflar sirasidan. U insonni Er yuzida eng qadrli, madaniyat sohasidagi yutuqlarning yagona bunyodkori, aql sohibi, hamma narsaning ibtidosi va intihosi deb hisoblagan. Rivojlanish timsoli tenglik va ijtimoiy odillik bilan chambarchas bog‘li1dir. Inson rivojlanishi konstepstiyasining asosiy jihatlaridan sanalgan ushbu dastlabki qoidani Sharqning buyuk mutafakkir va faylasuflari ham o‘z asarlarida qayd etgan. Buyuk AbuAli ibn Sino ta‘kidlaganidek, ―inson aynan boshqalarning ehtiyojini qondirishi tufayliinsonligini namoyon etadi va boshqalar ham shu tariqa harakat qiladi. Kimdir ekin ekadi, kimdir non yopadi, yana kimdir tikish qilsa, boshqasi igna yasaydi va shu yo‘sinda hamma birbirining ehtiyojini qondiradi. Navoiyning fikricha, inson — yerda yaratilgan eng aziz va mukarram zot. Aynan inson va uning manfaatlari ahamiyatlilik, zarurlik va qadr-qimmatning asosiy mezonidir. Yer yuzida hamma narsa inson uchun yaratilgan. ―Yer yuzida yaratilgan barcha narsalar, quyosh, yeru-osmon, tog‘lar, tekisliklar, dengiz va daryolar, o‘simliklar, hayvonlar, gullar, qushlar, havo, olov, yil fasllari, ya‘ni tabiat go‘zalliklari, uning bitmas-tuganmas boyliklari insonga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan . Beruniyning ta‘kidlashicha, mamlakat farovonligi undagi ilm-fanning ahvoli, taraqqiy etishiga ham bog‘liq. Uning fikricha, insonning eng katta baxti bilimga egaligidir, chunki unga aql berilgan. Baxtni ana shunday tushunishgina jamiyatda tinchlik va hotirjamlikka olib keladi. ―Inson haqiqiy rohat-farog‘atga yetgani sari unga yetishgabo‘lgan intilishi kuchayib borgandagina o‘sha farogatni chin dildanhis qiladi. Inson ruhi o‘zi bilmagan narsani anglaganida ham ana shunday holat ro‘yberadi‖, insonning eng oliy burchi esa boshqalar, ayniqsa, kambag‘allarga g‘amxo‘rlikqilishidir.Inson rivojlanishi konseptsiyasining zamonaviy tushunchasiga iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Amarti Senning ―Rivojlanish imkoniyatlarni kengaytirish demakdir‖ deb nomlangan asarida chop etilgan nazariy ishlanmalari kata ta‘sir ko‘rsatdi. Bu asarda u rivojlanish jarayonini faqat moddiy yoki iqtisodiy farovonlikning oshishi sifatida emas, balki inson imkoniyatlarini kengaytirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqdi. A. Sen mazkur jarayonni ko‘plab variantlar orasidan eng maqbulini tanlab olish uchun inson erkinligini kengaytirish bilan bog‘ladi. A. Sen konstepstiyasi asosida rivojlanishga insonga e‘tibor qaratilgan jarayon sifatida ta‘rif berildi. Natijada ushbu g‘oyalar BMT Rivojlanish dasturi ekspertlari guruhi tomonidan birlashtirilib, ilk bor 1990 yildagi Inson rivojlanishi to‘g‘risidagi ma‘ruzada taqdim etildi. Shundan so‘ng har yili shunday ma‘ruzalar tayyorlana boshlandi. Inson rivojlanishi konstepstiyasining asosiy qoidasi odamlar nafaqat iqtisodiy rivojlanish vositasi, balki uning asosiy maqsadi qisoblanishini taqozo etadi. «Inson rivojlanishi — odamlar o‘z salohiyatini to‘liq rivojlantirib, o‘z ehtiyoj va manfaatlariga muvofiq sermahsul ijodiy hayot kechira oladigan atrof-muhitni yaratishdir. Tanlash imkoniyatini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish juda muhim hisoblanadi. Inson rivojlanishining eng asosiy sharti uzoq va sog‘lom turmush kechirish, yaxshi xabardor bo‘lish, munosib hayot kechirish uchun zarur mablaqqa ega bo‘lish, jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatidan iboratdir». Inson rivojlanishi konstepstiyasi iqtisodiy rivojlanishning an‘anaviy nazariyasiga zid emas. Biroq u iqtisodiy rivojlanishni nafaqat iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini oshirish, balki inson rivojlanishiga ham qaratgan holda ularning cheklanganligi va ijtimoiy munosabatlardan muayyan darajada uzilib qolishining oldini oladi. Iqtisodiy o‘sish va inson rivojlanishi maktablari o‘rtasidagi tafovut shundan iboratki, iqtisodiy o‘sish o‘z e‘tiborini faqat bir narsa, ya‘ni daromad olishni kengaytirishga qaratsa, inson rivojlanishi inson tanlovini — u xox iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy yoki siyosiy tanlov bo‘lsin, kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Konstepstiya inson rivojlanishiga ikki yoqlama yondashuvni ko‘rib chiqadi: Birinchisi — bu salomatlikni mustahkamlab, bilim egallash va kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish orqali inson imkoniyatlarini kengaytirish: Ikkinchisi — bu odamlarning ishlab chiqarish maqsadlari, madaniy, siyosiy faoliyat va dam olish uchun o‘zi egallagan qobiliyatdan foydalanish jarayonidir. Shunday qilib, ushbu konstepstiya inson rivojlanishini faqat ishlab chiqarish faoliyati uchun resurslarni shakllantirish va moddiy boylikni ko‘paytirishga yo‘naltirmagan. Daromad, inson rivojlanishi konstepstiyasiga ko‘ra — garchi juda kam bo‘lsada, inson egalik qilishni istaydigan tanlovlardan biri, xolos. Biroq bu inson hayotining murakkabligi va xilma-xilligini belgilay olmaydi. Bunda salomatlik, ta‘lim, yashash muhiti, harakatlar va so‘z erkinligi ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois rivojlanish daromad va boylikni oshirishdan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi darkor. Uning maqsadi faqat odamlar bo‘lishi kerak. Daromad eng so‘nggi maqsad emas, balki iqtisodiyot, ijtimoiy faoliyat, ta‘lim, sog‘liqni saqlash va boshqa soqalarda odamlar imkoniyatlarini kengaytirish vositasi hisoblanadi. Shu tariqa inson rivojlanishining maqsadi odamlarni moddiy farovonlik bilan ta‘minlash, sog‘lom va bunyodkorlik hayotidan yetarlicha bahra olish imkoniyatini beradigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda ekologik muhitni yaratishdan va eng asosiysi esa bilim saviyasini mustahkamlashdan iborat. Shu bilan birga aholining savodxonlik darajasini, aholining boshlang‘ich, o‘rta hamda oliy ta‘lim bilan qamrab olinishini aks ettiruvchi va shu tariqa mamlakatda ta‘lim tizimi ahvolini ifoda etuvchi ta‘lim darajasi yuksaltirishdan iboratdir. Inson rivojlanishi konseptsiyasida ta‘lim asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. So‘nggi o‘n yilda jahon hamjamiyatida ta‘limni rivojlantirish borasida ulkan yutuqlarga erishildi. 1970 yilda jahonda odamlarning 36 foizi hatto bazaviy ma‘lumotga ega emasdi. Ammo, 2009 yilda aholi sonining ikki baravar o‘sishiga qaramay, bunday odamlar soni 26 foizga kamaydi. 1975 yilgacha dunyoda katta yoshli har ikkinchi kishi yozish va o‘qishni bilmagan bo‘lsa, ayni paytda savodsiz odamlar soni deyarli yarim baravarga qisqardi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "o‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasidagi vazifalarni amalga oshirish chora tadbirlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi. Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. O‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy yilda birinchi marta 10-sinflarga o‘quvchilar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobor olib borildi. Bunda asosan ota-onalar va o‘quvchilarning xohish va istaklari inobatga olindi. Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fiklarnini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidladi. 2016/2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlagan bo‘lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o‘qishga kirgan. 288 ming, ya’ni oltmish foizidan ortig‘i 10 sinflarda o‘qishlarini davom etirmoqda. Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga mos yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi. Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8-9 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi. Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, test sinovlarining shaffofligini ta’minlash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berdi. Yig‘ilishda yoshlarda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga bo‘lgan talabning oshib borayotganini, bunda muhim bo‘lgan test sinovlari tizimining esa eskirgani qayd etildi. Davlatimiz rahbari mutassadi rahbarlarga ta’lim tizimini takomilashtirish, o‘quv adabiyotlari bilan sifatli ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida tegishli topshiriqlar berdi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan: birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti; ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda; to‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilmaganligi ushbu sohada ko‘plab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda; beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi sezilmayapti, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati hanuzgacha qoniqarsiz bo‘lib qolmoqda; oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilmagan; yettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab: alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati kamida uch yil bo‘lgan bakalavriat hamda kamida bir yil bo‘lgan magistraturani joriy etish, bunda magistraturada mutaxassislar tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy) (kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlarga ixtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etish; oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari xorijiy fuqarolarni suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning viza talabnomalariga asosan o‘qishga kirish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning kirish vizalarini o‘rnatilgan tartibda konsullik va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda rasmiylashtirsin. 3. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibi joriy etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda: a) ikki oy muddatda Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, bunda asosiy e’tiborni:baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirishga;ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, shu jumladan, muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etishga; semestr yakuni bo‘yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin bo‘lgan fanlar sonini belgilashga va ularni topshirish muddatini o‘zgartirishga qaratsin; b) 2018 yil 1 dekabrgacha bo‘lgan muddatda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; v) 2019 yil 1 martgacha bo‘lgan muddatda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida “talabaning o‘zlashtirish darajasi — professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni” tamoyilini joriy qilishning aniq mexanizmlarini belgilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rsin. Bunda ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rish belgilansin; g) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining vaqtini o‘quv jarayoniga xos bo‘lmagan ishlarga sarflashning oldini olish hamda ularni talabalar bilan ko‘proq ishlashga yo‘naltirish, shu jumladan, “Ustoz — shogird” tizimini joriy etish maqsadida o‘quv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-o‘qituvchilar “vaqt me’yorlari”ning yangi mexanizmlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlansin. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin. 6. Barcha oliy ta’lim muassasalarida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etilsin. Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilansin: ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish; oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish; talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi yetakchisi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. Belgilansinki, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab: oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o‘tkazish natijalari bo‘yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi; O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda: oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqsin hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan eng yuqori ball berish va ushbu fanlar test sinovidan ozod qilish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin: mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyati oliy ta’lim muassasalari tomonidan televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng aholi e’tiboriga yetkazilishini ta’minlash; hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarining keng muhokamasida oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash; innovatsion va texnologik g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan aniq choralar ko‘rish; iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, faol tadbirkorlar bilan dolzarb masalalarda seminar va davra suhbatlarini doimiy ravishda o‘tkazib borish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanishlarni olib borish; oliy ta’lim muassasalari rahbariyatining mamlakatni isloh qilish jarayonida faol ishtirok etish borasidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar belgilash, har bir rektor va prorektor uchun ushbu yo‘nalishda alohida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash, ularning ijrosini nazorat qilish. 10. Belgilab qo‘yilsinki: oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimi o‘rniga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimi joriy etiladi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga yuklanadi; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari — tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlarining, innovatsion rivojlanish vaziri — barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining faoliyati natijalarini ularning “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har oyda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilib boradi; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda tegishli oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan hisobotlari har yili Vazirlar Mahkamasining majlislarida muhokama etiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokama natijalariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari rektorlarining egallab turgan lavozimiga loyiqligi yoki noloyiqligi masalasini ko‘rib chiqadi; oliy ta’lim muassasalari rektorlarining faoliyati samaradorligiga baho berishda o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilinganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochishda ularning tashabbuskorligi inobatga olinadi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalari talabalarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirishga va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasida “Yosh ekspertlar guruhi”ni tashkil etish; o‘quv mashg‘ulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e’tiborni talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq mexanizmlarni amalga oshirishga qaratish; har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni o‘qitishni alohida o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish. 12. Yosh olim va talabalarga hamda tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun topshiriladigan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 13. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmuni va mohiyatini televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida tushuntirish bo‘yicha chiqishlarni tashkil etish yuzasidan har bir oliy ta’lim muassasasining yillik reja-grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 2 ta shtat birligini ajratgan holda Axborot xizmatini tashkil etish; oliy ta’lim muassasalari tuzilmalarida ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 1 tadan shtat birligini ajratgan holda matbuot kotibi lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: a) oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar, davriy jurnallar bilan ta’minlash, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam ravishda yangilab borishni; ilg‘or xorijiy o‘quv hamda ilmiy adabiyotlar va jurnallarni xarid qilish ishlariga keng imkoniyatlar yaratish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish va o‘quv jarayoniga joriy etishni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin; b) Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda: a) bir oy muddatda quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin: oliy ta’lim muassasalariga xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy natijalarini xalqaro miqyosda keng nashr etish, respublika yetakchi ilmiy jurnallarining bosqichma-bosqich yuqori impakt-faktorga ega bo‘lishini ta’minlash; oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida optimallashtirish, mavjud axborot tizimlarini integratsiyalash, tahliliy ma’lumotlar tayyorlashning samarali tizimlarini joriy etish; b) abituriyentlar hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish tizimini bosqichma-bosqich yaratish bo‘yicha 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda chora-tadbirlar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. S. Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O. B. Murodov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. U. Madjidov zimmasiga yuklansin. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling