Asosiy qism
Xalq ta’limi vazirligining 2019 yildagi 6 ta ustuvor vazifasi belgilandi
Download 1.28 Mb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
Xalq ta’limi vazirligining 2019 yildagi 6 ta ustuvor vazifasi belgilandiXalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.Avval xabar berganimizdek, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan uyushtirilgan matbuot anjumanida qilingan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Anjumanda ta’kidlanganidek, Xalq ta’limi vazirligi soha faoliyati shaffofligini oshirish, aniq ma’lumotlarni to‘plash, aholi bilan muloqot qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun axborot texnologiyalarini faoli joriy etmoqda. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi resurslarni ishga tushirdi. Xalq ta’limi tizimiga homiylik mablag‘larini jalb etish maqsadida MFond jamg‘armasi ochildi. Xalq ta’limi sohasidagi ma’lumotlar ochiq-oshkora, shaffof tarzda qo‘yib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida «Ustoz ovozi» kanali ishga tushirildi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti yaratilgan. Saytga jami 803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti namoyondalari asarlarining elektron varianti joylashtirilgan. www.kitob.uz saytiga badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilmoqda. Saytga o‘quvchilar mutolaasi uchun tavsiya qilingan 125 nomdagi adabiyotlar ro‘yxati joylashtirilgan. Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoyalash, ular huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ta’lim muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Moliya vazirligidan Xalq ta’limi vazirligiga o‘tkazildi. Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’ektlari sifatini nazorat qilish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. 2018 yil davomida Xalq ta’lim vazirligi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish uchun rivojlangan mamlakatlar hamda ularning davlat va xususiy tashkilotlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi. Ular orasida Finlyandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi mamlakatlari vakillari bor. Vazirlik vakillari Janubiy Koreya va AQSH tashrif buyurdilar va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdilar. 2018 yil davomida xalq ta’lim sohasida katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa ham, sohada amalga oshirilishi lozim ishlar ko‘p. Hozirda ishlar asosan muammolarni aniqlash va ularga yechim topish ustida ish olib borilgan bo‘lma, keyingi bir necha yil ta’lim sifatini, o‘quv dasturlarini va darsliklarni takomillashtirishga yo‘naltiradi. 2019 yildagi ustuvor vazifalar: 1. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat ta’lim standartlari o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari qaytadan ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi. 2. Har bir hududda (birinchisi 2019 yilda Qoraqalpog‘istonda) iqtidorli o‘quvchilar uchun «Prezident maktablari» tashkil etiladi. 3. 2019 yildan boshlab, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan «Zamonaviy maktab"barpo etiladi. 4. Jamiyatda o‘qituvchilarning nufuzini yanada oshirish maqsadida «O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi. 5. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan namunali maktablar tarmog‘i («setevaya shkola») kengaytiriladi. 6. Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat ta’lim muassasalari 2 baravarga ortadi.
Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdiO‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 2017—2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi. amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlar merosini o‘rganishi, ularga mos yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi. Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri — yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini xam o‘qitish. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8—9-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini 50 ga yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Prezident soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi
Ma’lumki, uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadigan maktabgacha ta’lim bolalarning sog’lom o’sishi va tizimli o’qitishga tayyorlanishida muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasida 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasi 2016 yilda shu yoshdagi aholining 23,8 foizini tashkil etdi. 2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada maktabgacha ta`lim muassasalari soni 5138 tani tashkil etib, shundan 3065 tasi shahar, 2050 tasi qishloq joylarda joylashgan. Ularda tarbiyalanayotgan 690975 nafar bolalardan 53 foizini o’g’il bolalar, 47 foizini qizlar tashkil etadi . Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinishi foizda (2013-2016 yillar)
Maktabgacha ta`lim muassasalari sonining qishloq va shahar joylar bo’yicha taqsimlanishi, hududlar kesimida (birlik) (2016 yil). Maktabgacha ta`lim muassasalarida mavjud o’rinlardan foydalanish samaradorligi ortib borayotganligi 3-rasmda tasvirlangan. 2010 yilda Respublika bo'yicha har 100 ta o’ringa o’rtacha 76 nafar bola to’g’ri kelgan bo’lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 96 nafarga yetdi. Bu esa maktabgacha ta`lim muassasalariga nisbatan talab oshib borayotganligini ifoda etadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling