Asosiy savallar: To‘pni uzatish, zarba berish va to'xtatish texnikasini o'rgatish uslubiyati Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar


To'pni olib qo‘yishni o‘rgatish uslubiyati


Download 1.27 Mb.
bet10/11
Sana25.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1227982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
portal.guldu.uz-Futbol o‘yinida shug`ullanuvchilarning o‘yin texnikasini

To'pni olib qo‘yishni o‘rgatish uslubiyati
To‘pni olib qo‘yishdagi muvaffaqiyat asosan o'yinchining raqib va ​​to'pga bo'lgan masofani, ularning tezligini, hujum qilish vaziatini va boshqalarni aniq baholay olish qobiliyatiga bog'liqdir. Shuning uchun to‘pni olib qo‘yish usullarini o'rganayotganda to‘p uchun yakkakurash va o'yin mashqlari eng samarali hisoblanadi.
Dastlab "tepib" , "to'xtatib", so'ngra "oldinga tashlanib" va "sirpanib" olib qo‘yish o'rgatiladi.
Fintlarni o‘rgatish bilan bir qatorda, yosh futbolchilar to'pni olib qo‘yish bilan tanishadilar.
Aldamchi harakatlarni (fintlar) o'rgatish usulubiyati
Fintlardan foydalanish ham hujumda, ham himoyada ko'plab taktik vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradi. Fintlarni bajarishning turli usullari mavjud.
Mashg'ulotlarning boshida yosh futbolchilarga aldamchi harakatlar qanday amalga oshirilishini tushuntirish kerak. Mashqlari avval qarshiliklarsiz bajariladi, keyin passiv va cheklangan qarshiliklar bilan. bajariladi
"To'p ustidan o'tish" fintining texnikasi. Raqibga 2 - 2,5 m yaqinlashganda o'yinchi to'pning ustidan bir oyog'ini o‘tkizib tanani yon tomonga biroz egadi. Keyin tananing yuqori qismi keskin ravishda qarama-qarshi tomonga buriladi va to'pni boshqa oyoq kaftining ust qismini ichki tarafi bilan raqibning oldidan o‘tkaziladi.
"Oyoqning osti bilan soxta to'xtatish" fintining texnikasi. To'p raqibga nisbatan uzoq bo‘lgan oyoq bilan olib yuriladi, shu oyoq to'pning tepasidan o‘tkaziladi (go'yo to‘pni oyoqning osti bilab to‘xtatish maqsadida). Oyoqning bo‘ldir qismi avval oldinga, keyin orqaga chayqaladi, to'p esa oldinga dumalashda davom etadi. Agar raqib aldamchi harakatga chalg‘ib to'xtasa, o'yinchi to'pni oldinga surib, raqibdan qochib ketadi (39-rasm).
39-rasm. Chalg‘itib to'xtatish.

"Aldamchi zarba berish harakatini qo‘llash" finti (40-rasm). O'yinchi oldindagi mo‘ljallga qarab (ustuncha, konus) to‘pni olib yuradi. U yerga 2-3 metr yetmasdan o‘nga (chapga) zarba bermoqchi bo‘lganini ko‘rsatadi, lekin tezda chapga (o'ngga) harakatlanishni davom ettiradi.



40-rasm. Aldamchi zarba berish harakati.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling