To'pni to‘xtatish, "qabul qilish" dumalab yoki uchib kelayotgan to'pni to‘xtatish va shundan so‘ng boshqa tegishli harakatlarni bajarish uchun hizmat qiladi.
Yosh futbolchini texnikaga o‘rgatish shunday tuziladiki, bunda o'yinchi to'pni to'liq to'xtatmaydi, balki uni keyingi harakatlarni bajarish uchun moslashtiradi (o‘tkazadi). To‘pni to'xtatish oyoq, gavda va bosh bilan amalga oshiriladi.
Holatni tanlash va tana og‘irligini tayanch oyoqqa o‘tkazish juda muhimdir. Tayanch oyoq mustahkam turish uchun ozgina bukilgan bo'lishi kerak. To'xtatadigan oyoq to'p tarafga yo'naltiriladi va oyoqning to'xtatadigan qismi yuzasi ochiladi. Amartizatsiya yo'li to'pning tezligiga bog'liq. Agar tezlik katta bo'lmasa, u holda to'xtish oyoqni bo'shashtirish bilan amalga oshiriladi.
To'p bilan to'xtatuvchi yuza bir-biriga tekkanda (yoki biroz oldinroq) orqaga qarab harakat boshlanadi, bu harakat asta-sekin sekinlashadi, to'pning tezligi so'nadi.
Oyoqning ichki qismi bilan to'pni to'xtatish dumalab va uchib kelayotgan to'plarni to‘xtatishda qo‘llaniladi. To'xtatish yuzasi va amartizatsion yo'lning uzunligi tufayli ushbu usul yuqori darajadagi ishonchlilikka ega (6-rasm).
6-rasm. Oyoqning ichki qismi bilan to'pni to'xtatish texnikasi.
Yuqori uchuvchi to'plar sakrab to'xtatiladi. Bir yoki ikki oyoqning itarilishi bilan yuqoriga sakrash amalga oshiriladi. To'xtuvchi oyoqning chanoq-son va tizza bo'g'imlari kuchli bukiladi. Oyoq panjalari tashqariga buriladi. To'p to'xtatgandan so'ng, keyngi harakatlar amalga oshiriladi.
Oyoq panjasining ostki qismi bilan to‘pni to‘xtatish dumalayotgan va yuqoridan kelayotgan to‘plarni to'xtatishda ishlatiladi (7-rasm). Dumalayotgan to'plarni to'xtishdagi dastlabki holat – to‘pga qarab, tana vazni tayanch oyoqqa o'tkaziladi. To'p yaqinlashayotganda to‘xtatuvchi oyoqning tizza bo‘g‘imlari ozgina bukilgan bo'lib, to'p tomon yo'naltiriladi. Oyoq uchi yuqoriga 30-40° ko'tariladi. Oyoq tovoni to‘p ustidan 5-10 sm masofa oralig‘da boladi.
7-rasm. To'pni oyoq panjasining ust qismi bilan to'xtatish texnikasi.
To'p oyoq panjasining ust qismi bilan to'qnashganda, orqaga qarab biroz harakat amalga oshiriladi.
Oyoq panjasining ust qismi bilan tushayotgan to‘pni to‘xtatish uchun uning tushish joyini aniq bilish kerak. To‘xtatuvchi oyoqning tizza bo‘g‘imi ozgina bukilgan, oyoqning uchi ko'tarilgan, oyoqning o‘zi esa bo'shashgan holatda bo‘ladi.
To'pni to‘xtatish erga tegish paytida amalga oshiriladi, bu holda to'p oyoq panjasining tagi bilan yopiladi, lekin yerga bosilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |