Asosiy savallar: To‘pni uzatish, zarba berish va to'xtatish texnikasini o'rgatish uslubiyati Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar


Download 1.27 Mb.
bet1/11
Sana25.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1227982
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
portal.guldu.uz-Futbol o‘yinida shug`ullanuvchilarning o‘yin texnikasini





2-MAVZU: Futbol o‘yinida shug'ullanuvchilarning o‘yin texnikasini takomillashtirish va mahoratini oshirish.


Asosiy savallar:


1. To‘pni uzatish, zarba berish va to'xtatish texnikasini o'rgatish uslubiyati
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar: "zarbalar", "to'xtashlar", "olib yurish", "fintlar", "egallab olish", "yugurish", "sakrash", "to'xtash", "burilish".
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarda to‘p bilan harakatlanish texnikasi mahoratini oshirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Talabalarga to‘p bilan harakatlanish texnikasi takomillashtirish



1-savol bayoni:
To'p bilan harakatlanish texnikasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: "zarbalar", "to'xtashlar", "olib yurish", "fintlar", "egallab olish". Harakatlanish uslubiga quyidagilar kiradi: "yugurish", "sakrash", "to'xtash", "burilish".
To'pga zarba berish (uzatish) - o'yinning asosiy vositasidir. Ular oyoqlari va boshlari bilan turli xil usullar bilan amalga oshiriladi, ularning o'ziga xos turlari bor.
To‘pga zarba berish quyidagicha tasniflanadi:
masofaga ko'ra - qisqa (10 m gacha), o'rtacha (20 m gacha) va uzoq (20 m dan ortiq);
yo'nalishiga ko‘ra - oldinga, yonga, ortga, diagonal;
trayektoriyasiga ko‘ra - past, o'rta, baland;
ijro etish usuliga ko‘ra - to'g'ri, kesilgan;
ijro muddatiga ko‘ra - o'z vaqtida, erta, kechiktirilgan;
tezligiga ko‘ra - tez, o'rta, sekin;
qo'llanilgan kuchiga ko'ra - maksimal, o'rta, kichik.
"Zarbalar" texnikasini faqat to'pni tepish bilan tenglashtirmaslik kerak. To'pni uzatish ham to'pga zarba berish texnik elementlaridan biridir.
"Zarbalar" texnikasini to'pni oyoqning ichki qismi bilan uzatish orqali o'rgatiladi. Bu eng oddiy uzatmalardan biri va shu bilan futbolda eng ko'p qo‘llaniladigan usuldir.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling