Asosiy savallar: To‘pni uzatish, zarba berish va to'xtatish texnikasini o'rgatish uslubiyati Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar


Download 1.27 Mb.
bet3/11
Sana25.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1227982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
portal.guldu.uz-Futbol o‘yinida shug`ullanuvchilarning o‘yin texnikasini

Yakunlovchi faza- keyingi harakat uchun dastlabki holatni qabul qilish. Zarbadan so‘ng oyoqning to‘g‘riga-yuqoriga harakati davom etadi. Umumiy tortishish markazi (UTM), zarba berish paytida tayanch maydoni ustida bo‘lib, oyoq harakati tarafiga siljiydi.
Harakatlarning ushbu tuzilishi to'p tepishning ko'plab usullariga xosdir. Yuqoridagi talablarga rioya qilish to'pga turli usullar bilan kuchli zarba berish imkonini beradi.
To'pning parvoz yo'nalishi to'pni zarba berilgan joyga bog'liqdir. Agar gorizontal tekislikda zarba to'pning o'rtasiga berilsa, to'p to'g'ri va pastlab uchadi.
To'p traektoriyasi kesilgan zarbalar natijasida sezilarli darajada o'zgaradi. Bunday holda, zarba yo'nalishi to'pning UTM-dan o'tmaydi, bu uning aylanishiga sabab bo'ladi. To‘pning ost qismiga tepilganda aylanish gorizontal o'q atrofida bo'ladi, to'p markazidan o'ngga yoki chapga zarba berilganda aylanish vertikal o'q atrofida bo'ladi.
Oyoqning ichki tarafi bilan zarba berish asosan qisqa va o'rta uzatmalar berishda ishlatiladi, shuningdek yaqin masofadan darvozaga zarba berishda (1-rasm).

1-rasm. Oyoqning ichki tarafi bilan zarba berish texnikasi.


Oyoqni tepa qismining ichki tarafi bilan zarba berish o'rta va uzun uzatmalar berishda, darvoza tomonga qanotdan uzatmalar berishda va turli masofadan darvozaga zarba berishda qo‘llaniladi (2-rasm).



2-rasm. Oyoqni tepa qismining ichki tarafi bilan zarba berish texnikasi.


Oyoqni tepa qismining o‘rtasi bilan zarba berish uzoq masofalarga zarba berishda va o‘rta va uzoq masofalardan darvozaga zarba berishda qo‘llaniladi. Yugurib kelish, oyoqning orqaga ko‘tarish va zarba harakati bir tekislikda amalga oshiriladi va boshqa usullarga qaraganda katta kuch bilan amalga oshiriladi. Oyoq va to'p o'rtasidagi sezilarli tegish maydoni aniq zarba berishga imkon beradi (3-rasm).



3-rasm. Oyoqni tepa qismining o‘rtasi bilan zarba berish texnikasi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling