Asosiy savollar Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi
Download 232.16 Kb. Pdf ko'rish
|
7- mavzu matni PDF
2007-yilda mamlakatimiz miqyosida fermer xo'jaliklari soni 126 mingta, ular tasarrufidagi yer
maydoni 3 mln 800 ming gektardan iborat. O'rtacha olganda har bir fermer xo'jaligiga o'rtacha 30 gektar yer to'g'ri kelmoqda. Ayni paytda qishloq xo'jaligi sohasiga 1 mln. dan ortiq odam ishga jalb qilingan. Bunday ijobiy maqsadlarga erishish istiqbolli, ertapishar va serhosil navlar yaratish, ularni iqlim va tuproq unumdorligiga mos ravishda joylashtirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo'jaligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, dehqon va fermerlarni kredit resurslari, yangi texnikalar, mineral o'g'it va boshqa zarur vositalar bilan ta'minlash, turli zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik usullarni qo'llash kabi ishlarni to'g'ri tashkil etilganligi va o'z vaqtida amalga oshirilgani evaziga bo'ldi. Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda. Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2006-yilda bu ko'rsatkich 86 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlar yetishtirish bo'yicha esa 2000- yilda 15 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2006-yil 75 foizdan iborat bo'ldi. Birgina 2006-yilning o'zida 666 ta shirkat xo'jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta fermer xo'jaligi tuzildi, ularning yar-midan ko'pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta'kidlash lozim. Qishloq joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari, yangicha xo'jalik muno-sabatlari tizimi qaror topmoqda. Jumladan, fermer xo'jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi. Qishloq xo'jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ishlab chiqarish va bozor infra-tuzilmasi shakllanmoqda. Davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan ana shunday e'tibor va amaliy yordam tufayli 2008-yilda fermer xo'jaliklarining paxta yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g'alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi. Download 232.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling