Asosiy savollar Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi


Download 232.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana15.06.2023
Hajmi232.16 Kb.
#1485360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7- mavzu matni PDF



7-MAVZU IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING 
SHAKLLANISHI. O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING 
RIVOJLANISHI. 
 
Asosiy savollar 
1. Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.
2. Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o’zgarishlar.
3. Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.
4. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va O’zbekistonda unga qarshi qo’llanilayotgan 
chora tadbirlar.
5. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari. 
 
Tayanch iboralar: bozor iqtisodiyoti, mulk, xususiylashtirish, xususiy korxona
avtomobilsozlik iqtisodiy inqirozi, bank, valuta, Osiyo Taraqqiyot banki, dehqon xo'jaligi. 
 
1. Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, xususiylashtirish bu - iqtisodiy islohotlarning tamal toshidir. 
Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o'laroq O'zbekistonda o'tish davrida xususiylashtirishni vau-
chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish 
uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo'mitasi ta'sis qilindi. 
1994-yilda uning vazifalari o'zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash 
Davlat Qo'mitasi deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo'mitasi maqomining o'zgarishi muhim ahamiyatga 
ega bo'ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g'oyat muhim vazifasini bajarar edi. 
O'zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki xususiylashtirishdan tushgan 
barcha mablag'lar tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun berilishi jihatidan ham o'ziga xos, o'z yo'liga ega 
bo'lgan davlat sifatida ko'zga tashlandi. 
Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning hu-quqiy asosini vujudga keltirish
qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy 
islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo'mitasi tuzildi. 
O'zbekistonda ko'p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida 
mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga 
asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay-landi. Sirdaryo shoyi to'qish fabrikasi va boshqa qator 
korxonalar ijaraga o'tib ishlay boshladi. Bu yerda to'plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini 
xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi. 
Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng 
avvalo mahalliy xususi-yatlar va talablarni hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi 
zamon ilg'or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko'rish mumkin? 

Download 232.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling