Asosiy savollar Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi


Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o’zgarishlar


Download 232.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana15.06.2023
Hajmi232.16 Kb.
#1485360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7- mavzu matni PDF

 
2. Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o’zgarishlar.
 
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar ichida qish-loqda yuz bergan o'zgarishlarni 
alohida ta'kidlash joiz. Qishloqda tub islohotlar o'tkazishning bir necha o'ziga xos omillari bor. 
Bu borada davlat rahbari ta'kidlaganidek, istiqlolga erish-gach qishloqni ustun darajada 
rivojlanishini ta'minlamasdan, qishloq xo'jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklamas-dan 
turib mamlakatda iqtisodiy islohotlar samaradorligiga erishib bo'lmaydi, mamlakat aholisining ko'pchiligini 
tashkil qiluvchi qishloq mehnatkashlari turmushini yanada to'kinroq qilish vazifasini bajarib bo'lmasdi. 
Ayni chog'da mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining salmog'i yuqori edi. 
1996-yil boshiga kelib agrar sektor hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 
24 foizi, mamlakat mehnat re-surslarining 27 foizi to'g'ri keldi. Bu - birinchidan. 
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizi qish-loqlarda istiqomat qiladi. Tug'ilish 
ko'p bo'lgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb masalalardan 
hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig'i 18 yoshga yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda 
eng katta ishchi kuchi po-tensiali joylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'ringa ega ekanini 
ko'rsatadi. 
O'zbekiston hukumati qishloqning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'mini yuksak baholab, uni 
yanada yuksaltirishga doimiy e'tibor berishining boisi ana shunda. Shuning uchun ham I. Karimov Oliy 
Majlisning 1995-yil 29-dekabrda bo'lib o'tgan IV sessiyasida shunday degan edi: «Men bir haqiqatni aytib 
charchamasam ke-rak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o'tkazish, qishloq xo'jaligini 
taraqqiy ettirish, qishloq xo'jahgida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O'zbekiston 

Download 232.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling