Ideal suyuqlik deb, bosim va xarorat ta’sirida o‘z xajmini o‘zgartirmaydigan yoki siqilmaydigan, o‘zgarmas zichlikka ega bo‘lgan va ichki ishqalanishi (qovushqoqligi) bo‘lmagan suyuqliklarga aytiladi. Aslida esa, xar qanday suyuqlik bosim yoki xarorat ta’sirida o‘z xajmini o‘zgartiradi. Xar qanday suyuqlikda ichki ishqalanish kuchlari va qovushqoqlik bo‘ladi.
Demak, xaqiqatda tabiatda ideal suyuqlik bo‘lmaydi, ya’ni barcha suyuqliklar real suyuqlik xisoblanadi.
Suyuqliklarning asosiy fizik xossalari.
Suyuqliklarning asosiy fizik xossalari zichlik, solishtirma og‘irlik, qovushqoqlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, solishtirma issiqlik sig‘imi va xarorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti va boshqalar bilan xarakterlanadi.
Zichlik. Xajm birligidagi bir jinsli jismning (suyuqlikning) massasi zichlik deb ataladi va bilan belgilanadi.
= m/v,. kg/m3 (1.1)
Solishtirma og‘irlik. Xajm birligidagi suyuqlikning og‘irligi solishtirma og‘irlik deb ataladi va bilan belgilanadi:
= G/V (1.2)
Massa bilan og‘irlik quyidagicha bog‘langan:
m = G/g (1.3)
Massaning miqdorini tenglikka quysak, zichlik bilan solishtirma og‘irlikning o‘zaro bog‘lanish nisbati kelib chiqadi:
= ·g (1.4)
Tomchili suyuqliklarning zichligi va solishtirma og‘irligi elastik suyuqliklarnikidan bir necha marta katta bo‘lib, bosim va xarorat ta’sirida juda kam o‘zgaradi.
Gazlarning zichligi ideal gazlarning xolat tenglamasidan aniqlanadi:
PV = m/M RT (1.5)
Tenglamadan zichlik quyidagi ifodaga teng buladi:
= m/v = PM/RT (1.6)
Zichlik kattaligiga teskari bo‘lgan kattalik solishtirma xajm deb ataladi va bilan ifodalanadi:
= v/m = 1/ = RT/PM = v/m (1.7)
Qovushqoqlik. Real suyuqliklar truba ichida xarakatlanganda, uning ichida ichki ishqalanish kuchlari xosil bo‘lib, siljishiga to‘sqinlik qiladi.
Suyuqlikni bir qatlamdan ikkinchi qatlamga siljishi uchun sarf bo‘lgan kuch qovushqoqlik (yoki ichki ishqalanish) deyiladi. Nyuton qonuniga binoan, suyuqlikning siljishi uchun zarur bo‘lgan kuch shu qatlamning yuzasiga, surilish tezligi gradientiga va shu suyuqlikning qovushqoqlik koeffitsientiga to‘g‘ri proporsional bog‘langan:
Do'stlaringiz bilan baham: |