Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar
Download 38.87 Kb.
|
процесс 1 маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik o‘tkazuvchanlik.
- Q = / F t
- Solishtirma issiqlik sig‘imi.
- Xarorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti.
dw
T = F------ (1.8) dn Tenglamadagi qovushqoqlik koeffitsienti dinamik qovushqoqlik koeffitsienti yoki qovushqoqlik deyiladi. Qovushqoqlik suyuqliklarning fizik xususiyatlariga va xaroratiga bog‘liq bo‘lib, keng intervalda o‘zgaradi. Dinamik qovushqoqlik SI da Pa s birligida o‘lchanadi. Dinamik qovushqoqlik koeffitsientining shu suyuqlik zichligiga nisbati kinematik qovushqoqlik deyiladi va bilan belgilanadi. = / (1.9) Kinematik qovushqoqlik SI da m2 / s bilan ulchanadi. Ba’zan nisbiy qovushqoqlik tushunchasi xam ishlatiladi. Bunda biror suyuqlik qovushqoqligining suvning qovushqoqligiga nisbati olinadi. Xarorat ortishi bilan suyuqliklarning qovushqoqligi kamayadi, gazlarda esa ortadi. Suyuqliklarning qovushqoqligi gazlarnikiga nisbatan bir necha marta kattadir. Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Xarorat gradienti ta’sirida bir-biriga tegib turgan kichiq zarrachalarning tartibsiz xarakati natijasida issiqlikning tarqalishi issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. Bir jinsli tekis devor orqali o‘tgan issiqlik oqimi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: Q = / F t (1.10) bu erda - issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti; - devor qalinligi; F - issiqlik o‘tayotgan yuza; t - devorning ikkala tomonidagi xaroratlar farqi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti SI da VT/m K birligida o‘lchanadi. Uning qiymati xarorat, bosim va moddaning turiga bog‘liq. Solishtirma issiqlik sig‘imi. Moddaning massa birligi xaroratini bir gradusga ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori solishtirma issiqlik sig‘imi deyiladi va u quyidagi tenglama orqali topiladi: C = Q/m t (1.11) bu erda, Q - jismni isitish uchun sarf bo‘lgan issiqlik miqdori; m - jism massasi; t - jarayonning oxirgi va boshlang‘ich xaroratlari o‘rtasidagi farq. Solishtirma issiqlik sig‘imi SI da J/kgK birligida o‘lchanadi. Xarorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti. Xarorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti jismning issiqlik inertsion xossalarini ifodalaydi. Bu koeffitsient jismni fizik kattaligi xisoblanib, xaroratning o‘zgarish tezligini bildiradi. Xarorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti (, m2/s) quyidagi nisbat orqali aniqlanadi: = /s (1.12) bu erda - issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti; - zichlik; s - solishtirma issiqlik sig‘imi. Bu koeffitsientning son qiymati xarorat, zichlik, moddaning tarkibi va boshqa faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Bosim. Suyuqlik idish devorlariga, tubiga va uning ichiga tushirilgan boshqa jism yuzasiga bosim kuchi bilan ta’sir qiladi. Biror kichiq yuzaga ta’sir qiladigan bosim gidrostatik bosim deyiladi. Download 38.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling