P
G = — kg/mm2
Fo
G - kuchlanish, — - cho’zuvchi kuch, kg; Fo - jism ko’ndalang yuzasi, mm2
Narmal va o’rinma kuchlanishlar sxemasi. a - ko’ndalang kesim(F0)ga perpendikulyar kuch. b - ko’ndalang kesim (F1) gaperpendikulyar yemas kuch.
Metallarning mexanik xossalari
Metallar mexanik — mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchanlik, plastiklik va hokazo xossalarga ega. Bunda har xil metal namunalari tegishli mashinalarda sinab ko‘riladi. Metallarning qattiqligiga alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi, chunki mashinasozlik sanoatida metallarning qattiqligini o‘zgartirish usullari mavjud bo‘lib, uning ahamiyati katta. Sharchaning namunada qoldirgan izi qancha katta bo‘lsa, metal shuncha yumshoq va aksincha bo‘ladi.
Metallarning qattiqligi deb, metallning unga bir qattiqroq jismni botishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Qattiqlik metallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bu xususiyat detallar tayyorlashda uning yaroqli yoki yaroqsizligini ifodalaydi. Metall qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash uchun shuncha ko‘p kuch talab etiladi. Metallarning qattiqligi turli usullarda aniqlanadi. Usullardan amalda namunaga toblangan sharcha, konussimon olmos yoki piramidasimon olmosni botirish yo‘li bilan aniqlanadigan usullar ko‘p qo‘llaniladi.
Qotishmalarning xossalari
Ikki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilan olingan murakkab jism qotishma deb aytiladi. Bunga misol sifatida cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, duraluminiy va boshqalarni keltirish mumkin. Ba’zan, qotishmani uning tarkibiga kiruvchi elementlarning kukunlarini aralashtirib, unga shakl berib, hosil qilingan buyumni maxsus pechlarda 1100—1400°C da pishirish yo‘li bilan ham olish mumkin. Misol uchun qattiq qotishmalar, metal keramik detallar shu yo‘sinda olinadi. Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar atomlarining diametrlariga, kristall panjara turiga va ularning suyuqlanish haroratiga ko‘ra:
Do'stlaringiz bilan baham: |