Asosiy texnologik xossalari


Download 452.04 Kb.
bet5/5
Sana20.12.2022
Hajmi452.04 Kb.
#1036281
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektr yuritmalar

mexanik aralashmakimyoviy birikma va qattiq eritmaga bo‘linadi. Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, bir-biridan qochsa, qotishma tarkibiga kiruvchi har bir element atomlari qattiq holatda mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda hosil bo‘lgan kristall donlari mexanik aralashmadan iborat bo‘ladi. Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari kristallanish jarayonida o‘zaro kimyoviy ta’sir etsa, bunday elementlar qotishi natijasida kimyoviy birikma hosil qiladi. Kimyoviy birikmaning kristall panjarasi murakkab bo‘lib, ular ko‘pincha metall va metallmas elementlarning birikishidan hosil bo‘ladi.
Qotishma tarkibidagi elementlardan biri ikkinchisida erisa, sof metall kabi kristall panjarali tuzilish hosil qiladi. Misol uchun, temir Cu, Ni, Zn, Al va boshqa elementlar bilan qattiq eritma hosil qiladi. Qattiq eritmalar hosil qilishda qotishma tarkibidagi qaysi elementning kristall panjarasi saqlanib qolsa, shu element erituvchi element deb, kristall panjarasi saqlanmagan element esa eruvchi element deb aytiladi va A (B), A — erituvchi, B —eruvchi deb nomlanadi. Qotishmalar tarkibiga kirgan elementlarning o‘zaro munosabatlariga ko‘ra, elementlarning eruvchanligi turlicha bo‘ladi. Misda nikel, nikelda mis xohlagancha eriydi. Hamma metallar ham bir-birida yaxshi eriyvermaydi. Ba’zi elementlar yaxshi, o‘rta, yomon va ba’zilari, umuman, erimasligi mumkin. Rentgen nurlari yordamida tekshirilganda shu narsa aniqlandiki, eruvchi element atomlari bilan erituvchi element atomlari o‘rin almashuvi natijasida qattiq eritma hosil bo‘ladi. Atomlarning bunday o‘rin almashuvi uchun A va B elementlarning kristall panjaralari bir xil bo‘lishi va atomlar radiuslari bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak. Odatda, qotishmani hosil qiluvchi asosiy komponentlardan tashqari, qotishma tarkibida oz miqdorda boshqa elementlar ham mavjud bo‘ladi va ular qo‘shimchalar deb yuritiladi. Bu qo‘shimchalar qotishmaga rudani eritib olayotganda yoki qotishma eritilayotganda tushadi. Ular qotishmaning xossalariga aytarli ta’sir etmaydi.
Ma'lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortiqrog‘i ish mexanizmini harakatga keltiruvchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar tomonidan iste’mol qilinmoqda. Sanoat, qishloq xo'jaligi, kommunal va boshqa tarmoqlarning barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda qurilmalardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga
aylantiriladi.Yuritma energiyani ma’lum yo‘naltirilgan maqsadda o ‘zgartirishi kerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar
va boshqaruv vositalari kiritilishi darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik boshqaruv asosida erishiladi.
Elektr yuritma deb mashinalarning ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlarni maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilm alaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga aytiladi. Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit m oment M yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik co yoki chiziqli tezlik v ham da ularga mos harakat yo‘nalishi bo‘laklari Aa, AS kiradi. Yuritma elementlari quyidagilardan iborat. Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o ‘zgartirish va mexanik energiyani dvigatel qurilmasidan mashinaning ish organlariga uzatish uchun mo‘ljallangan. Dvigatel qurilmasi elektromexanik o ‘zgartgich bo ‘lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakllantiradi.
Kuchli o ‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarm og‘i bilan) elektr energiyani



bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o'zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish)xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy
vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiyalarni qo'llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bogliq.
Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va mashinalaming ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha shak
llantirish uchun mo‘ljallangan. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmam avtomatik boshqariluvchi elektromexanik tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb qarash mumkin.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning fimksional sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxema elektr yurit­maning ayrim elementlari va ular orasidagi bog‘lanishlami kengroq o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu yerda ingichka chiziqlar bilan elektr energiyani uza­tish kanallari, qo‘sh punktir chiziqlar bilan mexanik energiyani uzatish kanallari, punktir chiziqlar bilan esa, elektr yuritma yoki bajaruvchi mexanizmning o ‘lchanayotgan koordinatlari to‘g‘risida axborot uza­tish kanallari ko‘rsatilgan. Energiya manbalari (EM) odatda, sanoat elektr tarmog‘i yoki maxsus akkumulyator batareyasi, individual generator ko‘rinishidagi mustaqil manbaa bo‘lishi mumkin. Bu hol asosan uchish apparatlari va kemalardagi «bort» tizim larida qo ‘llaniladi.
Avvallari K E O ‘Q sifatida elektr mashina o ‘zgartgich qurilmalari ishlatilar edi. Hozirda asosan o ‘zgaruvchan tokni o ‘zgarmas tokka aylantirib beradigan kuchli yarim o ‘tkazgich o ‘zgartgichlar tiristorli boshqariluvchi to ‘g‘rilagich (ВТ), tranzistorli-impuls o ‘zgartgichlar hamda o ‘zgaruvchan tok kuchlanishi shaklini o‘zgartirib beradigan turli tranzistorli va tiristorli invertorlar ham da chastota o‘zgartgichlari qo‘llaniladi.
Funksional vazifalari bo'yicha elektr yuritmalar bosh va. yordamchi elektr yuritmalarga bo’linadi.Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operatsiyasini yoki ish mashinasining ijrochi organini harakatga keltiradi. Yordamchi elektr yuritma esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma harakatga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa kesish asbobini detaining bo‘ylamasi bo‘yicha ilgarilama hara­katga keltiradi.

Energiyaning bo‘linishi bo‘yicha elektr yuritmalar guruhli, individual, o‘zaro bog‘langan va ko‘p dvigatellilarga bo‘linadi. Guruhli elektr yuritma sanoatda XIX asr oxirida qo‘llanila boshlandi. Bu yuritmada (2-rasm) bug‘ dvigateli elektr dvigatel M bilan almashtirilgan, bir nechta ish mashinalariga (IMm) harakat uzatadigan uzatish qurilmalari UQm holida saqlanib qolgan.
Muayyan afzalliklaiga ega bo‘lgan yuritmaning bu turi mashinani maqsadga muvofiq tarzda boshqarib bo‘lmasligi, uzatish qurilmalarida energiyani ko‘p isrof bo‘lishi kabi kamchiliklaiga ega. Bundan tashqari bu qurilmalar ko‘p sonli uzatish tasmalari va transmissiyalardan tashkil topganligi uchun, ular ishlatish chog‘ida ishchdlar hayotiga xavf tug‘diradi.

Individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi organining harakatini ta’minlaydi (3- rasm). Shuning uchun, bitta mashina uchun bir necha individual yuritmalar ishlatiladi. Masalan, tokarlik dastgohida individual bosh va ikkita yordamchi yuritmalar ishlatila­di. Individual elektr yuritma tizimida eneigiya elektr zanjirlarida bo‘linadi. Bu yuritma uzatish qurilmalari va ish mashinasi kinematikasini soddalashtirish imkoniyatini beradi. Aksariyat hollarda ish mexanizmining ijrochi organining o‘qi dvigatel rotori (yakor) bi­lan umumiy o‘q hosil qiladi. Individual elektr yurit­maning asosiy afzalliklari bu energiyani bo‘linishidagi isrofning kamayishi, UQ va IM kinematikasini sodda individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi oiganining harakatini ta’minlaydi.


Ko ‘p dvigatelli elektr yuritma deb, elektr dvigatel qurilmasi birgalikda bitta o ‘qda yoki bitta mashinada o ‘qlari o ‘zaro bog‘lanmagan yuritmaga aytiladi (4- rasm).

Bunday elektr yuritmalarda texnologik yoki texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bir emas, balki bir nechta elektr dvigatel qurilmalaridan foydalaniladi. Elektr yuritmaning tarixi XIX asring birinchi yarmidan, ya’ni magnit maydonining tok oqayotgan o‘tkazgich bilan o‘zaro mexanik ta’siri to ‘g‘risidagi qonun, elektromagnit induksiya qonuni hamda bu qonunlar asosida aylanuvchi harakatni amalga oshiradigan o‘zgarmas tok elektr dvigatelini kashf etilishidan boshlangan. Keyinchalik o‘zgaruvchan tokni uzatishning uch fazali tizimini, transformator va asinxron dvigatelning yaratilishi elektr yuritmani sanoatda keng qo‘llash imkoniyatini yaratdi. So‘nggi yillarda turli konstruksion va ko‘rinishdagi elektromexanik o‘zgartgichlardan foydalanish, hisoblash texnikasi vositalarini boshqarish tizimlariga keng ko‘lamda qo‘llash va elektr yuritmaning boshqa funksiyalarini avtomatlashtirish tufayli elektr yuritma nazariyasida yangi yo‘nalishlarga asos solindi.


Birinchi yo‘nalish — elektromexanik o‘zgartgichlardan elektromagnit, pyezokeramik va boshqa dvigatellaming yangi konstruksiyalari xususiyatlarini kengroq o‘rganish.
Ikkinchi yo‘nalish — elektr yuritma tizimi dinamikasini tadqiq etishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligi.
Uchinchi yo‘nalish — yuritma va uning elementlari tavsifini hisoblashning an’anaviy usullaridan voz kechib, yangi samarali usullami yaratish va ularing dastur ta ’minotini amalga oshirish.
Download 452.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling