Asosiy tushuncha va iboralar Neoliberalizm, davlat roli, «sport sud’yasi»


Download 19.29 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi19.29 Kb.
#1368158
1   2   3   4
Bog'liq
29-mavzu

. Chikago monetarizm maktabi

Keynschilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chikago maktabi vujudga keldi. Uning monitar (pul bilan bog'liq) g'oyalari Chikago universitetida 20-yillarda paydo bo'ldi. Ammo neoUberal yo‘nalish harakatida Amerika monetarizmi mustaqil keyinschilik ilg‘orlik pozitsiyalami faqat 50-yillar oxiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912-2006) nashrlari muhim ahamiyat kasb etdi (1976- yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investitsiyalar) o‘miga aynan pulli omillarni afzal ko‘rdilar.
1958-yilda A.U. Fillipsning empirik egri chizig‘i paydo bo‘lishi bilan pul hisohidagi ish haqining yillik foiz o‘zgarishi va ishsizlik dara- jasi (hissasi) o'rtasidagi bog‘lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913-yillar Anglivadagi real ma’lumotlardan foydalanilgan. 1964-yil P.Samulson o‘zining mashh’ir «Ekonomiks» darsUgining 6-nashriga shu grafikni kiritdi vauni «Fillips egri chizig'i» deb atadi. Awalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflatsiyasiz to‘la bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa ko‘ra, baholar mo'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq hodisalar bo'lib chiqdi. Ular askincha, konfliktli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirishga inflat- siyani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa, odatda, ishsizlar ko‘payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqti- ning o'zida turg‘un baholar va to'la bandlikka bo'lgan ishonch, barqa- ror baho va to'la bandlik o‘rtasida tanlash bilan o‘rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig'ini har tomon- lama o'rganib, (egri chiziq) har doim ham turg'un emasligini aniqladi. Ayniqsa, 60-yillar oxirida ko‘pgina mamlakatlarda inflatsiya o'sishi «mantiq»qa qarama-qarshi ishsizUkning pasayishi emas, balki uning o'sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya va ishsizlikning bir vaqtda o'sishi bilan ro'y berdi.


    1. Download 19.29 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling