Asosiy tushuncha va iboralar Neoliberalizm, davlat roli, «sport sud’yasi»
Download 19.29 Kb.
|
29-mavzu
«Ijtimoiy bozor xo'jaligining» mohiyati
GFR neoliberalizm nazariyotchilari «erkin bozor» va adolatli taqsimot prinsiplarini «ijtimoiy tenglik» prinsipi g'oyasi bilan qo'shishga muvafFaq bo'ldilar. Birinchi marta uning konseptual g'oyasi AMyuller- Armakning «Xo'jalik boshqaruvi va bozor xo'jaligi» (1947) kitobida izohlanadi, bunda «Ijtimoiy bozor xo'jaligi» matni ham birinchi bor qo'llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi. V.Rebkening «Nemis iqtisodiy siyosati to‘g'rimi?»(1950) degan kitobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer «ijtimoiy bozor xo'jaligi» modeU mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilinganligini bayon etadi. V. Rebke xarakteristikasi bo'yicha, «ijtimoiy bozor xo'jaligi» - «iqtisodiy insonparvarlik» sari yo'ldir. U o'zining «Insonparvar jamiyat» asarida kollektivizmga — personalizm, hokimiyat konsentratsiyasiga — erkinlik, sentralizmga — detsentralizm, tashkilotchilikka — o‘zini-o‘zi boshqarishni qarshi qo'yadi va boshqalar. 1957-yilda XDSning navbat- dagi syezdida L.Erxard, V.Rebke g‘oyalarini qo‘llagan holda GFR da «ij'timoiy bozor xo‘jaligi»ning 2- bosqichi boslilanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erxard o‘z maqolasida, awalo, «erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo‘jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi» deb ta’kidlangan edi. 1965 yilda partiyaning navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» ni tashkil etish dasturining nihoyasiga yetganli- gini e’lon qildi. Bu dastur mamlakatni «rasmiylashgan jamiyat»ga aylantirildi. 60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizm - ning «barcha uchun farovonlik jamiyati» konsepsiyasi bilan hamo- hangdir. Chunki ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya qilinishi va sinfiy antegonizm inkor etiladi. Bu modellardan tashqari, davlatning faol ijtimoiy vazifasi g‘oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar barqarorligining o‘sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va boshqalar ko‘zda tutiladi. Download 19.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling